O‘ZBEKISTON REPBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI
SHARQ TILLARI FAKULTETI
YAQIN SHARQ TILLARI KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: KOMPARALINGVISTIKANING ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Bajardi: O. Aynitdinov
Ilmiy rahbar: Iskandarov T. I.
SAMARQAND 2023
MUNDARIJA:
KIRISH.……………………………………………………………....…..….........3
I-BOB. QIYOSIY – TARIXIY TILSHUNOSLIK
Qiyosiy – tarixiy tilshunoslik (komparativistika).......................................5
1.2 Komparalingvistikaning qarindosh va qarindosh bolmagan tillaridagi o‘rni va ahamiyati ……………………..…............................................................9
II-BOB. ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI KOMPARALINGVISTIKA
Arab mamlakatlarida ta’lim-tarbiyaning olib borilishi va komparativistik tahlili ………………………..…………….……..……………23
2.2. Arab va o‘zbek tillaridagi komparalingvistik qarashlari va uning ahamiyati............................................................................................................... 28
XULOSA. …..………………………..……………............................................. 31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………….................... 33
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Olamdagi narsa va hodisalarni kuzatsangiz, ular taraqqiyotining asosida muntazam qarshiliklar, ziddiyatlar yotganligining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Qarama-qarshiliklar qonuni dunyo taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Turgan gapki, bu qarama-qarshiliklar tilda ham o‘z aksini topgan. Avvalo biron bir xalqni bilmoqchi bo‘lsak uning tili va ma'daniyatini yaxshi bilmog'imiz lozim. Birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov o'z asarida til haqida «Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir»1,-deb aytgan edilar.
Til haqida muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirmonivich Mirziyoyev ham o'z fikrlarini aytganlar: «Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin». Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik kechishmasi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va gʻalabalari bilan chambarchas bogʻliqdir. Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar».2
Do'stlaringiz bilan baham: |