Savol va topshiriqlar


Download 84.85 Kb.
Sana29.04.2020
Hajmi84.85 Kb.
#102273
Bog'liq
savol va topshiriqlar (6)


Savol va topshiriqlar:

  1. Badiiy tasvir vositalarining qanday turlarini bilasiz?

  2. Metafora va metonimiyani misollar asosida tushuntiring.

  3. Ko`chim turlarini badiiy barchalar orqali izohlang.

  4. Badiiy asardagi badiiy tasvir vositalarini tahlil qiling.

  5. Tasviriy vositalarning badiiy asardagi o`rini va ahamiyati haqida gapiring.

2-topshiriq. Avval adabiy tildagi so‘zlarni, keyin shu so‘zlarning Hazorasp shevasida qanday ekanligini qiyos qilib o‘qing. So‘ngra siz ham o‘z shevangizdagi so‘zlardan shu tarzda yozing.

Adabiy tilda: Xorazmning Hazorasp shevasida:


tuxum mayak, yumurta



chaqaloq bavaq, qo ‘undoq bola

echki gechchi

3-topshiriq. O‘zingiz yoqtirgan badiiy asardan (she’r) parcha aytib bering. O‘zbek adiblari va shoirlari haqida taqdimot tayyorlang.

4-topshiriq. “Men sevgan asar” mavzusida insho yozing.

5-topshiriq. She’rni ifodali o‘qing va yod oling.

Shunday yashar odatda odam

Yo‘q, kerakmas, qo‘ying, kerakmas,

Menga orom istamang, do‘stlar,

Xilvat soz deb qistamang, do‘stlar,

Qo‘ying, bunday orom kerakmas.

Nogohonda xayolga botsam,

Yo uxlasam, uyg‘otung darrov,

Nomim tutib, so‘z qoting darrov.

Behudaga bir yoqqa borsam,

Qo‘llarimdan ushlab o‘shal dam,

Kurashlarning safiga qo‘shing,

Qur, yarat deng, hayqir deng, jo‘sh deng,

Shunday yashar odatda odam.

6-topshiriq. Venn diagrammasidan foydalanib mumtoz va zamonaviy


7-mashq: Matnni o‘zbek tiliga tarjima qiling.

Финансы

Финансы - денежная система, включающая в себя все виды денежных средств и происходящие с ними трансформации в процессе их применения. Словом, к финансам относятся наличные деньги, включая инвалюту, безналичные деньги на счетах и во вкладах, ценные бумаги, обладающие способностью быть денежным эквивалентом. Причем, относятся они к финансам независимо от их принадлежности частному лицу или государству.

Взаимодействие в денежной форме между государством, предприятиями и населением называется финансовыми отношениями. Регулирование со стороны государства финансовой системы при перераспределении денежных потоков на всех уровнях экономики называется финансовой политикой.

Финансы - кровеносная система экономики. Как престиж государства измеряется прочностью национальной валюты, так и репутация фирмы определяется финансовой устойчивостью. Показатели финансовой системы - надежный индикатор состояния экономики.

8- topshiriq. O‘qing. Tаsviriy ifоdаlаrni bilib оling. Ularni qo‘llab gaplar tuzing.

Pоmir - dunyо tоmi; tеlеvizоr - zаngоri еkrаn, оynаi jаhоn; shifokor - sаlоmаtlik pоsbоni; bunkеr - po‘lat еtаk; yo‘lbаrs - hаyvоnlаr pоdshоsi; gaz - zаngоri оlov; Fаrg‘оnа - yashil vоdiy; pilk - kumush tоlа; mаtеmаtikа - aql gimnаstikаsi; kitоb - ilm kаliti; rаssоmlаr - mo‘yqаlаm sоhiblаri; mаshhur kinо аrtisti - kino yulduzi; bоkschi - charm qo‘lqоp ustаsi; suv - ekin qоni; o‘rmоn - yashil boylik; аrchа - o‘rmоn mаlikаsi.

9-topshiriq.Matnni o‘qing. Tasviriy ifodalarni toping va daftaringizga ko‘chirib yozing.



Har bir fasl o‘ziga xos chiroy, tarovatga ega, lekin fasllarning go‘zali kuz bo‘lsa kerak. Uni oltin kuz, deb bejiz aytishmaydi. Atrofga qarang, daraxtlarning barglari oltinday tovlanadi. Barglarning ayrimlari daraxt tagidagi maysalar ustiga oltin tangalardek to‘kiladi. Havo iliq, yoqimli shabada yuz-ko‘zingizni silab o‘tadi. Ariqlarda billurday zilol suv. Osmonda tiniq paxta g‘aramlari kabi pag‘a-pag‘a bulutlar suzib yuradi. Kuz haqiqatdan ham oltin fasl.

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,

Eng yorug‘yulduzdan seni so‘rayman.

Ul yulduz, uyalib, boshini bukub,

Aytadur: men uni tushda ko‘ramen.

Tushumda ko‘ramen - shunchalar go‘zal,

Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal! (Cho ‘lpon).

... Suqlanib qaradim tongning yuziga,

Bir qarashda oppoq shohiga o‘xshar,

Bir qarashda marmar... bir qarashda zar,

Bir qarashda esa sadafga o‘xshar. (Uyg‘un).
Download 84.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling