Savol va vazifalar Obrazning qaysi xillarining bilasiz? Obraz


Download 29.07 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi29.07 Kb.
#1644752
  1   2   3
Bog'liq
adabiyot 3


Savol va vazifalar

  1. Obrazning qaysi xillarining bilasiz?

Obraz, badiiy obraz— voqelikni faqat sanʼatga xos usulda oʻzlashtiradigan va oʻzgartiradigan xarakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham obraz deb yuritiladi.
Badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda, badiiy umumlashma xususiyatiga va hissiy ta'sir kuchiga ega bo'lgan surati badiiy obraz deyiladi.
Obraz (timsol) tushunchasining keng va tor tushunchalari mavjud. Keng ma'nodagi obraz tushunchasi ijodkorning fikr-tuyg'ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatadi. Tor ma'noda esa badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi.
Obrazda obyektiv anglash bilan subʼyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy obrazning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi. Obraz vokelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obʼyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi.
Obrazlar bosh va epizodik turlarga bo'linadi.
Badiiy obrazni real obʼyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki "illyuziyali" olamini tashkil qiladi. O. voqelikning oddiy inʼikosi boʻlmay, balki uni umumlashtirib, aloqida, oʻtkinchi, tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, oʻzgarmas(muqim), adabiy jihatlarini ochib beradi. Mavhum tushunchadan farqli ravishda obraz koʻrgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u voqealarni mavqum mulohazalar bilan emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks ettiradi. Obrazning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati bilan belgilanmaydi, balki badiiylik obrazning misli koʻrilmagan, yangi oʻylab chiqarilgan dunyo yarata olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. Obrazda obʼyektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga, boʻlishi mumkin boʻlgan, moʻljaldagi, xohishdagi, yaʼni turmushning emotsional-irodaviy tomonlariga munosabat, uning koʻrinmas, ichki imkoniyatlari bilan bogʻliq xususiyatlar ham muxrlangan boʻladi. Shuningdek, badiiy obrazda xayolot, boʻyoq, tovush, soʻz va boshqalarni ijodiy ishlash yoʻli bilan sanʼat asari yaratiladi.
Obraz murakkab tuzilish va murakkab koʻrinishga ega; u borliq bilan ruhiy dunyoning bir-biriga oʻtishidagi barcha momentlarni oʻz ichiga oladi. Badiiy obraz vositasida subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning, yakka holat bilan umumiylikning, ideallik bilan reallikning oʻzaro muvofiq munosabatlari ijodiy ishlab chiqiladi.
Badiiy asarda soʻz vositasida yuzaga chiqariladi. Adabiy asarning materiali ashyoviy asosdan (boʻyoklar, marmar, tosh va boshqalar) emas, balki belgilar tizimi, til, soʻz materialidan iborat boʻlgani uchun ham soʻz bilan ifodalangan O.da koʻrgazmalilik tomoni plastik O.ga nisbatan kam aks etadi. Shoir hatto konkrettasviriy soʻzlardan foydalanganda ham, predmetning koʻzga koʻrinadigan qiyofasini emas, assotsiativ aloqadagi mazmuniy koʻrinishini yaratadi.
Badiiy obrazning muhim vazifasi uning hayotdagidek salmoqdorlik, yaxlitlik va jonlilikka ega boʻlishidir.

  1. Obraz” atamasining ma’nosini sharhlang.

OBRAZ, badiiy obraz — voqelikni fakat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib xarakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham Obraz deb yuritiladi.
Obrazda obyektiv anglash bilan subyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy Obrazning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi. Obraz vokelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi. Badiiy Obrazni real obyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki «illyuziyali» olamini tashkil qiladi. Obraz voqelikning oddiy inʼikosi boʻlmay, balki uni umumlashtirib, aloqida, oʻtkinchi, tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, oʻzgarmasmuqim, adabiy jihatlarini ochib beradi. Mavhum tushunchadan farkli ra-vishda Obraz koʻrgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u voqealarni mavqum mulohazalar b-n emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks ettiradi. Obrazning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati b-n belgilanmaydi, balki badiiylik Obrazning misli koʻrilmagan, yangi oʻylab chiqarilgan dunyo yarata olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. Obrazda obyektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga, boʻlishi mumkin boʻlgan, moʻljaldagi, xohishdagi, yaʼni turmushning emotsional-irodaviy tomonlariga munosabat, uning koʻrinmas, ichki imkoniyatlari bilan bogʻliq xususiyatlar ham muxrlangan boʻladi. Shuningdek, badiiy Obrazda xayolot, boʻyoq, tovush, soʻz va b. ni ijodiy ishlash yoʻli bilan sanʼat asari yaratiladi.
Obraz murakkab tuzilish va murakkab koʻrinishga ega; u borliq bilan ruhiy dunyoning bir-biriga oʻtishidagi barcha momentlarni oʻz ichiga oladi. Badiiy Obraz vositasida subyektivlik bilan obyektivlikning, yakka holat bilan umumiylikning, ideallik bilan reallikning oʻzaro muvofiq munosabatlari ijodiy ishlab chiqiladi.
Badiiy asarda Obraz soʻz vositasida yuzaga chiqariladi. Adabiy asarning materiali ashyoviy asosdan (boʻyoklar, marmar, tosh va b.) emas, balki belgilar tizi-mi, til, soʻz materialidan iborat boʻlgani uchun ham soʻz bilan ifodalangan Obrazda koʻrgazmalilik tomoni plastik Obrazga nisbatan kam aks etadi. Shoir hatto konkrettasviriy soʻzlardan foydalanganda ham, predmetning koʻzga koʻrinadigan qiyofasini emas, assotsiativ aloqadagi mazmuniy koʻrinishini yaratadi.
Badiiy Obrazning muhim vazifasi uning hayotdagidek salmoqdorlik, yaxlitlik va jonlilikka ega boʻlishidir.


  1. Download 29.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling