Savollar: Masofaviy ta’lim haqida tushuncha


Download 160 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi160 Kb.
#190637
  1   2
Bog'liq
IAKT FANIDAN YAKUNIY NAZORAT doc.


IAKT fanidan yakuniy nazorat

15-variant

IKM-50 guruh talabasi Xushboqova Nodira.

Savollar:

1. Masofaviy ta’lim haqida tushuncha.

2. Elektron hukumat asoslari.

3. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari.

Javoblar.

1. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta‘lim jarayoniga kirib kelishi an‘anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli-masofaviy o‘qitish yaratilishiga imkon berdi. Masofaviy ta‘limda talaba va o‘qituvchi masofadan bir-biridan ajralgan holda o‘zaro maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini qo‘llashga asoslangan masofaviy o‘qitish jahon axborot ta‘lim tarmog‘iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o‘zaro aloqa tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi funktsiyalarni bajaradi. Masofaviy o‘qitish barcha ta‘lim olish istagi bo‘lganlarga o‘z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o‘qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o‘quv-uslubiy materiallarni o‘zlashtiradi, nazoratdan o‘tadi, o‘qituvchining bevosita rahbarligidan nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o‘quv guruhi»talabalari bilan muloqotda bo‘ladi. Masofaviy ta‘limning tarkibiy qisimlari quydagilar: O’qituvchi , o’quvchi va kommunikatsiya. Masofaviy ta‘lim vositasida o’quvchi uchun qulay bo’lgan joyda individual jadval asosida mahsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta‘lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo’lgan ta‘lim jarayoni tashkil etiladi. O’quv jarayonida o’quvchi darslikdagi, elektron kutubxona va elektron darsliklardan shuningdek, vidiokonferentsiyalardan foydalanadi.

Masofadan o’qitishning uslubiy vositalari quyidagilar: darslik, audio va vidiodarsliklar, veb-saytlar, elektron kutubxonalar, matnlar, elektron darsliklar. Albatta foydalanuvchi ixtiyorida masofadan ta‘lim olishda multimediyali kompyuter, modem va telefon orqali mavjud bo’lishi kerak.

Masofaviy ta’lim jarayoni barcha uchun jumladan qatnab o’qishga imkoni bo’lmaganlar (nuqsonli insonlar), ikkinchi mutahasislik uchun o’qiyotganlar, boshqa davlatdan turib ta’lim olayotganlar va hatto hozirgi o’zimizning karantin davri uchun qulay bo’lgan o’qitish tizimidir.

Masofaviy ta’limning avzalligi va kamchiliklari.

Avzalliklari:

- Dars jadvalni qulayligi. O`quvchi o`ziga ma'qul bo`lgan vaqtda o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin.

- Qulay foydalanish manzillari. O`quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish joyida va boshqa joylardan o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin.

- Qulay o`qish tempi. Ta'lim, o`quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida o`tkaziladi.

- Qulay o`quv reja. O`quv rejani talabalarga individual va davlat ta'lim talablariga mos holatda tashkil qilish mumkin.

- Ma'lumotlar bazasini to`planishi. Oldingi o`qigan talabalar bilimlarini to`plash va undan foydalanish imkoniyati.

- Ko’rgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to`lik foydalanish imkoniyati.

- Malakali o`qituvchilarni tanlab ta'lim jarayoniga jalb qilish.



- va shu kabilar.

Salbiy jihatlari.



- Elektron holatdagi ta'lim va muloqot jarayonlarga ishonchsizlik. Ushbu sababdan talabalar asosan virtual holatdagi ta'lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtqi) ta'lim turlarida o`qish istagida bo`lishadi.

- Virtual muhit va texnika ta'minot bilan bog`liqligi. Masofaviy ta'lim internet borligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikatsion texnikalar mavjudligi va ular ishlashiga taalluqli.




Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling