Saylov tushunchasi va uning yoshlar faoliyatidagi tutgan o`rni


Download 1.96 Mb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1409503
  1   2
Bog'liq
Saylov tizmi va uning yoshlar faoliyatidagi o‘rni.


“Saylov tushunchasi va uning yoshlar faoliyatidagi tutgan o`rni”
Saylov – mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri. Har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam.
Shu boyisdan bugungi kunda saylov qonunchiligi milliy kadriyatlarimiz va davlatchilik tariximiz asosida, fuqarolarning siyosiy huquq, erkinligi va manfaatlarini ta’minlash hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fuqarolarning davlat organlarini demokratik tarzda tashkil yetishdagi ishtiroki asosan saylovlarda namoyon bo‘ladi. Erkin va bevosita saylovlar orqali fuqarolar o‘zi munosib bilgan shaxslarni hokimiyat organlariga saylaydi, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi hamda davlat boshqaruvini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Bundan ko‘rinadiki axolisining 50 foizini 30 yoshgacha yoshlar tashkil qiliyotgan O‘zbekistonda erkin demokratik saylovlarda yoshlarning ishtiroki salmoqliy axamiyat kasb etadi. Saylovlarda asosan saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan fuqarolar qatnashishligini inobatga oladigan bo‘lsak, mamlakatimizda o‘tkaziladigan saylovlarda yoshlarning o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Huquqiy demokratik davlat va adolatliy fuqarolik jamiyatini qurishda, yangi O‘zbekistonnda yangicha fikrlash va dunyo qarashni fuqarolarda, ayniqsa ularning yoshlar orasida shakllantirishda saylovlarning ahamiyati beqiyos ekan, bu borada yoshlarga saylov tizmini tushintirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda.
Saylov tizimi - demokratik jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi bo‘lib, fuqarolarning saylash va saylanishdan iborat huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar yig‘indisini anglatadi. Ushbu tushuncha davlatning saylab qo‘yiladigan organlarini shakllantirish tartib-taomillarini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Xalqaro tajribada saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari farqlanadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling