Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet1/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VA’ZIRLIGI


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


Etnologiya fanidan


MAJMUA


Farg‘ona - 2023
Tuzuvchi: Falsafa fanlari
bo‘yicha falsafa doktori,
(PhD) katta o‘qituvchi S.Soxibov


Taqrizchi: tarix fanlari
doktori, dotsent H.Raxmatullayev


Умумий соат 90 соат
Маъруза 6 соат
Семинар 8 соат
Мустақил таълим 76 соат
MAVZU:№ 1. ETNOLOGIYA FANIGA MUQADDIMA



  1. REJA:

  2. Etnologiya fanining maqsadi, vazifasi va tarixi.

  3. Jahon xalqlari klassifikatsiyasi (tasnifi).

  4. Etnologiya fanining tadqiqot manbai, uslubi va muammolari.

Hozir yer yuzida juda ko’p katta-kichik ko’hna va tarixan yaqinda vujudga kelgan xalqlar, elat va qabilalar yashaydi. Ularni har birining o’ziga xos madaniyati, tarixiy merosi borki, u jahon madaniyati hazinasidan munosib o’rin olgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgacha jahonda qancha xalq va elatlar yashayotganligi fanda aniq emas. Shunday bo’lsada, olimlarning taxminiy hisoblariga qaraganda, yer kurrasida uch mingdan ziyod elatlar mavjud bO’lib, ular bir necha minglab to milliardgacha yetadigan milliy birliklardan iborat. Ular qancha va qanday ijtimoiy darajada bo’lmasin, O’z taraqqiyotida umumiy qonuniyat va qadriyatlar asosida rivojlanadilar. Odatda bunday omillar deyilganda fanda umumiy til va hudud, yagona xO’jalik hayoti, maishiy va madaniyat, milliy his-tuyg’ular, din va xarakter qabilar kO’rsatiladi.
Xalqlarning kelib chiqishi, turli xududlarda joylashishi, ularning O’ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyati, xalqlarning bir-biri bilan tarixiy-madaniy munosabati, turmush tarzi va taraqqiyotini etnografiya, etnogenez va etnik tarix fani o’rganadi.
Etnologiya yunoncha sO’z bO’lib, «Etnos» - xalq, «logos» - fan, ya’ni «Xalqlarni O’rganuvchi fan» yoki «Xalqshunoslik», umumlashtirilganda esa, xalqlarning turmush tarzi va madaniyatini O’rganuvchi fan degan ma’noni anglatadi.
Ba’zi mamlakatlarda shu ma’noda «Etnologiya» atamasi bilan bir qatorda «Madaniy antropologiya» va «Xalqshunoslik» nomlari ham uchraydi. Ayrim horijiy olimlar etnografiyani ta’riflovchi fan, etnologiyani esa nazariy fan, deb izohlashga urinadilar. Yaqinda rus etnografiyasi ham etnologiya nomiga almashtirildi. Shuning uchun hozirgacha etnografiya fanining yakdillik bilan qabul qilingan ta’rifi yO’q. Shunday bO’lsada shubhasiz, bu fan jahondagi barcha xalqlarni, katta-kichikligi, irqi, ijtimoiy tuzimi, qaloq, yoki rivojlangan bO’lishidan qat’iy nazar teng, bab-baravar O’rganuvchi muhim tarixiy ilm sohasi hisoblanadi. Etnologiya dastlab yuqorida ta’kidlanganidek, hozirgi etnoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, mashg’uloti, madaniy-tarixiy munosabatlari, moddiy va maishiy turmushi, ma’naviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bog’liq holda O’rganadi.
Shunday ekan, Etnologiyaning diqqat markazida hozirgi davrdagi xalq va elatlarning maishiy va madaniy hayotida paydo bO’layotgan barcha yangilik (innovatsiya) lar, tub sotsial O’zgarishlar, turmush tarzidagi umumiy va xususiy belgilar va boshqa muhim masala, muammolar turadi.
Tarixiy etnografiya yO’qolib ketgan xalq va elatlar, uzoq O’tmishdagi etnik jarayonlar, maishiy turmush va ma’naviy madaniyat qoldiqlari hamda xususiyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, O’rta Osiyolik etnoslarning qadimgi ajdodlari-saklar, massagetlar, sug’dliklar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, marg’iyonaliklar etnografik jihatdan kam O’rganilgan. Qisqasi, yozuvsiz xalqlarning qadimiy tarixini tiklashda etnografik tadqiqotlar alohida O’rin egallaydi.
Etnografik ma’lumotlarni tO’plash qadim zamonlardayoq, ya’ni uzoq-yaqin xalqlarga nisbatan qiziqish uyg’ongan davrdan boshlangan.
Har bir fan dastlab faktik bilimlarni tO’playdi, keyin ularning mohiyatini tushunib olib nazariy xulosalar chiqaradi. Etnografik bilimlarning O’ziga xos xususiyati shundaki, ularning paydo bO’lishi, zarur ma’lumotlar tO’planishi, faktlar anglab olinishi bir vaqtning O’zida amalga oshadi. Masalan, ayrim qO’shni qabila, xalq va elatlarning turmushi, madaniyati, urf-odatlari, marosimlari, etnik xususiyatlarini tO’liq O’rganish, ularni aniq tushunish amaliy ehtiyojlarini qondirish yO’li bilan bajariladi.
Yozuv kashf etilgan dastlabki davrdan boshlab Qadimgi Misr, Mesopotamiya va Eronda qO’shni elatlar tO’g’risida yozma ma’lumotlar tO’planib, turli rivoyat, hikoya va afsonalar tO’qilgan.
Antik davrga kelib, etnografik bilimlar kengayib va kO’payib, madaniyatning O’sishi bilan umumiy va nazariy xulosalar yuzaga keladi. Ayniqsa, Gerodotning noyob etnografik ma’lumotlar bilan tO’la mashhur 9 tomlik «Tarix» asari tadqiqiy xarakterga ega yoki ayrim xalqlarning geografik joylanishi, mashg’uloti, tuzumi, harbiy qudrati, nikoh va oilaviy urf-odatlari haqidagi eramizning 1 asrlariga oid ma’lumotlar Strabonning «Geografiya» nomli ensiklopedik asarda bayon etilgan. Bundan tashqari mashhur afinalik tarixchi, Fukidid asarlarida, yoki Ksenofontning «Anabasis»ida Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Qora dengiz bO’ylari va Frakiyada yashagan xalq va elatlar xaqida juda kO’p etnografik ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga Arrian ham «Iskandarning yurishlari» nomli asari orqali jahongir-Aleksadr Makedonskiy bosib olgan xalqlar tO’g’risida batafsil axborot yozib qoldirgan. Antik davrning buyuk mutafakkirlari bO’lmish Platon bilan Aristotel asarlarida ham afsonaviy Atlantida aholisi hamda qO’shni xalqlarning urf-odatlari, tabiiy sharoitlari, psixikasi, turli marosimlari va davlat tuzumiga oid nazariy mulohazalar uchraydi.
Qadimgi Elladaning filosofi Demokrit asarlarida esa jahon adabiyotida birinchi marta insoniyat urug’ining yarim hayvoniy, vahshiy holatdan mehnati va idroki orqali madaniyatga erishishi jarayoni tasvirlangan. Meditsina otasi Gippokrat ham etnografik manbalarga asoslanib, xalqlarning urf-odatlari, milliy psixikasi, xarakteri va tafovuti tabiiy geografik sharoiti bilan bog’liqligi tO’g’risida O’z fikr-mulohazalarini bergan.
Buyuk Rim mutafakkirlaridan Korneliy Tatsit, Lukretsiy Kar ham O’z asarlarida eng muhim etnografik ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Ayniqsa qadimgi germanlar va keltlar, sarmatlar va skiflarning turmushi, siyosiy va harbiy tuzumi, ijtimoiy va oilaviy hayoti, xO’jaligi va madaniyati har tomonlama bayon etilgandir. Yana shuni ta’kidlash kerakki, Lukretsiy Kar «Buyumlar tabiati tO’g’risida» nomli asarida hayotning rivojlanishi, odamning paydo bO’lishi va uning madaniy O’sishi haqida umumiy fikr-mulohazalar yuritadi.
Shunday qilib, antik davrda yuqori madaniy saviyaga ega bO’lgan yevropaliklar boy etnografik bilimga ega bO’lganlar. Biroq, ilk feodalizm davriga kelib esa V-VI asrlarda geografik va etnografik bilimlar doirasi qisqarib, inqirozga uchragan davri bO’ldi, chunki bilimdonlik dunyoviy ilmlarga qarshi turgan ruhoniylar qO’liga O’tgan edi. Faqat Sharqiy mamlakatlarda, Vizantiya, Arab halifaligida yashagan mutafakkirlar va sayyohlar yaratgan asarlarda ba’zi ma’lumotlar uchraydi. Masalan, IX-XII asrlarda arab tilida ijod qilgan Ibn XO’rdodbek Al-Balxiy, Al-Istahriy, ibn Havqal, Mas’udiy, Yoqut singari yirik geograf va sayohatchilar, yoki ajoyib filosof-musiqashunos Abu Nasr Forobiy, ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy (ayniqsa uning «Hindiston» asari) buyuk tabib Ibn Sino, atoqli etnograf, geograf va tarixchi Abu Sa’d Abdukarim, ibn Muhammad Samoniy asarlarida Sharq mamlakatlarida jumladan, O’rta Osiyoda yashagan xalqlar haqida noyob etnografik ma’lumotlar keltirilgan.
O’rta Osiyoliklarning atoqli farzandi, XI asrda yashab ijod etgan ulug’ tilshunos olim Mahmud Koshg’ariy O’zining «Devonu lug’atit turk» («Turkiy sO’zlar devoni») asarida har bir shahar va qishloq aholisining turmushi, etnik tarkibi va til xususiyatlarini keng O’rgangan.
Bundan tashqari Osiyo xalqlari haqida Ioanna Plano Karpini, Vilgelm Rubruk Marko Polo kabi sayohatchilarning yozib qoldirgan etnografik lavhalari tahsinga sazovordir.
«Buyuk geografik kashfiyotlar» (XV asr O’rtalari) dan boshlab etnografik ma’lumotlar keng miqyosda va tez sur’atlar bilan jamlana boshlandi. Dastlab portugal va ispan sayyohlari, keyin golland, ingliz va fransuzlar dunyoning barcha burchaklarini kashf qilibgina qolmay, u yerda yashayotgan aholi tO’g’risida birinchi axborotlarni bayon qilgan edi.
Qisqa muddat-XV-XVII asrlar davomida etnografiya fani Markaziy, Shimoliy va Janubiy Amerika indeyslari, Afrika, Osiyo va Avstraliya okeanining kO’p xalqlari tO’g’risida juda boy ma’lumotlarga ega bO’lgan edi.
Natijada O’sha davrda ijod qilgan fransuz filosofi Mishel Monten «Tajribalar» asarida, keyinchalik XVII asr - «Ma’rifat asri»da paydo bO’lgan buyuk mutafakkirlar-italyan Viko, ingliz Fergyusson, fransuzlar Russo, Didro, Monteske, Volter, Kondorse asarlarida insoniyatning tabiiy taraqqiyoti tasvirlangan, ibtidoiy bolalik davri «saxiy vahshiy»lar yoki «oltin asr» deb ta’riflanib, uni asoslashda etnografik ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega bO’lgan. Shu bilan birga bu davrga kelib bir necha Yevropalik olimlar insoniyat urug’i tarixining ibtidoiy davrdan yangi zamongacha bosib O’tgan taraqqiyoti qiziqtirib keldi. Oqibatda yangi-yangi ilmiy izlanishlar, kuzatishlar, tahlillar amalga oshirildi. Bunday etnografik bilimlar natijasida muayyan xulosalar va nazariyalar, dunyoqarashlar sistemasi va yO’nalishlar hosil qildi. Natijada XIX asr O’rtalariga kelib, mustaqil fan sohasi-etnografiya (yoki etnologiya) tug’ilishiga zarur shart-sharoit yaratilgan edi.
1860-1870 yillarda yangi fan-etnografiya bilan bog’liq ajoyib tadqiqotlar O’tkazildi. Masalan, germaniyalik Adolf Bastian, Teodor Vayts, Yulius Lippert, Genrix Shurs qabilar, angliyalik Djon Fergyusson, Mak Lennan, Jon Lyobboq fransuz Sharl Leterpo, amerikalik Lyus Genri Morgan qabilarning kO’p tomlik asarlari etnografiya fani qonuniy ravishda tarkib topganligini isbotlovchi dalillar edi.
«Etnologiya» sO’zi ilgari ham onda-sonda tilga olingan bO’lsada, lekin u fanni ifodalamagan edi. Dastlab bu terminni XVII asr boshlarida nemis yozuvchisi Iogan Zummer ishlatdi, XVIII asr oxirlaridan maxsus jurnallar shu nom bilan chiqa boshladi. Bu sO’z mashhur fransuz tabiatshunosi va fizik olimi Jan-Jak Amper tomonidan 1830 yilda taklif qilingan bO’lib, u «antropologik» fanlarning klassifikatsiya sistemasini ishlab chiqib, etnografiya faniga maxsus O’rin ajratgan edi. Rossiyada esa «etnologiya» termini XIX asr boshlarida qO’llanilgan bO’lib keyinchalik rasmiy fan sifatida tanilgan. Buni rus geografiya jamiyatining etnografiya bO’limi ochilishi tasdiqlagan edi.
Etnologik (etnografik) jamiyatlar (Parijda-1839 yil, Nyu-Yorkda 1842 yil, Londonda 1843 yil) vujudga keldi. Shu asrning ikkinchi yarmida etnografiyaning asosiy yO’nalishi evolyutsion ta’limotga asoslangan evolyutsion maktab paydo bO’ldi. (yetakchi vakillari J. Lyobbok, M. Lennan, E. Beygor, A. Bastian, L.Morgan) ular O’z g’oyalarini nikoh-oila munosabatlari va din tarixini O’rganish orqali isbotlashga harakat qilgan edilar. Masalan, J.Lyobbok «Madaniyatning boshlanishi» nomli asarida nikoh va oila tarixini jiddiy tadqiq qilib, insoniyat tarixi progressiv rivojlanishdan iborat, degan g’oyani asoslaydi. Shu bilan birga u din tarixini O’rganib, dastlab xech qanday din bO’lmagan (ateizm davri), keyin kishi tabiat (xudo)ga e’tiqod hosil qiladi (feteshizm davri) jonli va jonsiz tabiatga sig’inish natijasida «totemizm» tasavvurlari paydo bO’ladi, sO’ngra xudolarning inson ustidan hukmronligi kuchayib, uning buyuk maxsus shaxslar muomala qila bilgan (shamanizm) davri boshlanadi va shu bilan din axloq bilan birikib, dunyo bunyodkorlari-xudolar tO’g’risidagi e’tiqodlar paydo bO’ladi, deydi. Animistik nazariyani yaratgan E.Teylor esa jonga va arvohlarga ishonish (animizm)ni «din minimumi» deb ataydi va butun din tarixini animistik tasavvurlar bilan bog’laydi. L.Morganning asarlari «Qadimgi jamiyat» evolyutsion nazariyaning ijobiy tomonlarini tO’ldiribgina qolmay, uni insonlar tarixini tO’g’ri tushunish darajasiga kO’tardi.
XIX asr oxirlaridan boshlab etnografik kuzatishlar, asosan, mutaxassis-etnograflar tomonidan olib borildi, turli etnografik ekspeditsiyalar uyushtirildi. (N.N.Mikluxo-Maklay va b.) Birinchi jahon urushidan keyin fransuz etnografiyasi ta’sirida ingliz funksional maktabi (B.Malinovskiy, A.Radkliff-Braun va b.) vujudga keldi.
XX asrning 30-40 yillarida maydonga kelgan rasizm (fashistlar Germaniyasining rasmiy mafkurasi) eng reaksion yO’nalish edi. Ikkinchi jaxon urushidan keyin kiritilgan Yevropa mamlakatlarida etnologiya ikki yO’nalishda rivojlandi, ya’ni O’z xalqi va qO’shni xalqlarni O’rganish bilan.
XX asrda slavyanlar etnologiyasi alohida bilimlar sohasiga aylandi. Masalan, 1917 yildan Leningrad va Moskvada etnografik yO’nalishdagi bir necha yangi ilmiy markazlar, shuningdek 1926 yilda «Etnografiya» jurnali, 1938 yili esa Antropologiya, arxeologiya va etnografiya instituti tashkil etildi. Uning rahbari S. P. Tolstov bilan birga ishlagan atoqli tadqiqotchilar, P. I. Kushner, I. I. Potexin, L. P. Potapov, G. F. Debets, S. A. Tokarev, M. G. Levin, N. N. Cheboksarov, B. O. Dolgix, D. A. Olderogge, N. A. Kislyakov, T. A. Jdanno va boshqalar O’z tadqiqotlari bilan diqqatga sazovor bO’ldilar. Hozirgi davrda bu jamoa a’zolaridan S.I.Bruk, V.I.Kozlov, F.F.Its, G.YE.Markov, B.A.Andrianov, V.K.Chistov, S.I.Vaynshteyn, R.K.Kuzeyev, V.V.Ginzburg, M.V.Kryurovlar O’zlarining ajoyib asarlari bilan tanilib kelmoqdalar.
Tarixiy jihatdan eng ilk etnos tipi ibtidoiy jamoa qabilasi bO’lib, u dastlab bir necha qarindosh-urug’lardan tashkil topgan edi. Ibtidoiy-jamoa tuzumi yemirilib, dastlabki tabaqalanish paydo bO’lishi bilan ayrim qabilalarning umumiy manfaat asosidagi ittifoqi yoki birikmalari tashkil topadi. Maxsus birikmalar qabilalararo xO’jalik va madaniy aloqalarni kuchaytirib, ularning aralashib ketishiga olib keladi va ilgarigi qavm-qarindoshlik munosabatlari O’rniga hududiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Masalan: Shimoliy Amerikadagi irokezlar ligasi, Meksikadagi atsteklar yoki Janubiy Afrikadagi zulularning qabilaviy ittifoqlarini misol keltirish mumkin.
Keyingi, sinfiy jamiyat paydo bO’lishi bilan quldorlik tuzumi davrida (Qadimgi Misr, Yunoniston, Rim va b.) xalqlar shakllana boshlaydi.
Hududiy, madaniy va xO’jalik birligi kelib chiqishi va tili yaqinligi zaminida turli qabilalardan tashkil topgan xalqlar uncha mustahkam bO’lmagan elatlardan iborat edi. Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan tarqoqlikka barham berilib, iqtisodiy va madaniy aloqalar kuchaydi va millatlar paydo bO’la boshladi. Jahondagi etnik (milliy) jarayon nihoyatda murakkab bO’lib, fanda qabul qilingan qabila, elat, xalq va millat kabi tarixiy birliklar doirasida cheklanib qolmaydi. Masalan, hozirda bir nechta elat va xalqni yaqinlashib va uyushishi oqibatida yirik etnik birikmalar makroetnoslar (Amerika xalqi, Afrika xalqi, Yevropa xalqi va b.) bilan bir qatorda millat ichida ayrim xususiyatlar (shevasi, moddiy va ma’naviy madaniyati, dini) bilan ajralib turadigan mayda etnografik guruhlar-mikroetnoslar ham mavjuddir. Ba’zan xalqlar diniy e’tiqod bO’yicha ham makro va mikroetnoslarga bO’linadilar. Masalan, butun Janubiy Osiyo xalqlari induizm atrofida makroetnoslar tashkil etsa, Filippin xalqining bir qismi (maro xalqi) islom dinini qabul qilib mikroetnoslarni tashkil qiladi.
Xullas, kO’p sonli jahon xaqlarini tartibga solib klassifikatsiyalash jarayoni ancha murakkab bO’lib ohiri xalqlarni ikki belgi-madaniyat va til bilan klassifikatsiyalash maqsadga muvofiq deb qabul qilingan. Shuning uchun ham hozirda xalqlarni «tarixiy-madaniy viloyatlar»ga bO’lib O’rganiladi. Ayrim hollarda etnoslarni geografik prinsipga, dinga va tarixiy taraqqiyot darajasiga qarab ham farqlaydilar.
Agar elat va xalqlarning tashkil topishi ijtimoiy xarakterga ega bO’lsa, irqlarning paydo bO’lishi biologik asosga egadir. Antropologik jihatdan hozirgi xalqlar ilmiy klassifikatsiya asosida tO’rtta katta irqqa bO’linadi: negroid (afrikan), yevropeoid (yevroosiyo), mongoloid (osiyo-amerika) va avstraloid (okeaniya). Irqiy tafovut faqat tashqi jismoniy belgilar bilan aniqlanadi. Bularni ichida mayda gruppa va tiplari ham mavjuddir.
Etnoslarning kelib chiqishida va ularni farqlashda til oliy rol uynaydi. Til birligiga qarab ayrim xalq va elatlar aniqlanibgina qolmay, kO’pincha til asosida nom ham beriladi. Lingvistik xarakteristika tarixiy-siyosiy O’rganish orqali aniqlanadi. Odatda kelib chiqishi bir hil bO’lgan xalqlarda tili ham yaqin bO’ladi. Shu asosda hozirda jahon xalqlari quyidagi tartibda til oilalariga bO’linadi: Hind-yevropa, Semit-hamit (afroosiyo), Dravid, Ural, Oltoy, Xitoy-Tibet, Nigero-Kordofa, Avstroneziya va boshqa tillar morfologik (sO’z tuzilishi) va gnesologik (kelib chiqishi) yaqinligi asosida farqlanadilar.
Gnesologik klassifikatsiya etnografiya fani uchun muhim ahamiyatga ega, chunki xalqlarning kelib chiqishi (etnogenez) ni O’rganishda katta yordam beradi.
Jahonda ikki tilli etnoslar ham kam emas, masalan, Osiyo va Afrika mamlakatlarida aksariyatida ikki til-mahalliy va rasmiy Davlat tili mavjud. Hindistonda esa rasmiy davlat tili bilan birga yuzlab boshqa tillar ham bor.
Tillarning geografik chegaralari ham doimo O’zgarib turgan. Masalan, arab tili dastlab Arabiston yarim orolining janubida qO’llanilgan bO’lsa, hozirga kelib butun Shimoliy Afrika va Janubiy-sharqiy Osiyo xalqlari sO’zlashadi.
Yoki ingliz tilini olsaq dastlab birgina Britaniya orolidagi xalqlar sO’zlashgan bO’lsa, hozir Yevropa va Shimoliy Amerika, Avstraliya va Yangi Zelandiya xalqlari sO’zlashadilar. Bundan tashqari kichkina Pireney yarim orolida paydo bO’lgan ispan tili hozir butun Lotin Amerika tili bO’lib qoldi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin etnos (qabila, elat) larning bir-birlari bilan yaqinlashib aralashib ketishi (konsolidatsiya), bir xalqning ichida yashab unga singib ketishi (assimilyatsiya) kuchaygan edi. Oqibatda qavm-qarindosh, qabila va elatlardan yangi xalq va yangi millatlar shakllana boshlagan. Bunga xausa, yoruba, akan, ibo kabi Afrika xalqlari misol bO’la oladi. Hozirgi davrdagi urbanizatsiya va migratsiya jarayoni ham etnoslarning aralashib ketishiga ta’sir qilmoqda.
Jahonda faqat bir millatdan tarkib topgan davlatlar juda kam, faqat Yevropa va Lotin Amerikasida davlatlarning tashkil topgan davri milliy shakllanish davri bilan tO’g’ri kelganligi uchun aksariyatini yagona millatlar siyosiy chegarasi tashkil qiladi.
Fanda etnoslarning joylanish tarixi, ya’ni oykumena (odam joylashgan) hududlarning kengayishiga qarab, jahon xalqlarining hozirgi etnik qiyofasi tasvirlangan. Masalan, Yevropa-Amerika, Osiyo va Afrika, Avstraliya va Okeaniya. Xullas jahondagi turli etnoslar O’zlarining tabiiy geografik sharoiti, tarixiy shakllanib kelgan tili va milliy xususiyatlari, joylanish va turar joylari, uy-rO’zg’or buyumlari, xalq og’zaki ijodi va san’ati bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ammo barchasi yagona insoniyatni tashkil etadi.
Etnologiya fani boshqa fanlar singari O’ziga xos maxsus tadqiqiy uslub va atamalarga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bog’liq bO’lib, O’z tadqiqotlarini ayrim fan sohalari bilan aloqador holda amalga oshiradi. Ayniqsa, u antropologiya, arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya, san’atshunoslik kabi fanlar yutuklaridan keng foydalanadi.
Ma’lumki, «xalq» tushunchasi bir necha ma’noga ega, ba’zan oddiy tilda bir tup kishilarni yoki aholini xalq desaq ba’zan bir necha elat va millatlardan tashkil topgan davlat yoki mamlakat aholisini ham xalq deb ataymiz. O’zbek klassik adabiyotida «xalq» sO’zi ikki ma’noda: yaratish, borliq yoki odamlar deb ta’riflanadi.
Shuning uchun keyingi yillarda etnologiyada muayyan tarixiy birlikni anglatadigan xalq ma’nosida «etnos» atamasi ishlatilmokda. Etnoslar muayyan tarixiy davrning mahsuloti sifatida ayrim shaxs va kishilarning istagi bilan emas, balki obyektiv tarixiy zaruriyat natijasida namoyon bO’ladi va rivojlanadi.
Shuning uchun ham etnoslarning joylanishi, ularning shu joyning tub aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligini yoki boshqa yerdan kO’chishiga (migratsiya) natijasida kelganligini aniqlashda etnologlar poleantropologik ma’lumotlardan foydalanadilar. Ularning qaysi irqqa oid ekanligini aniqlashda antropologiya fani yordam beradi.
Etnologiya «sof» irqlarni emas, balki tarix taqozosi bilan O’zaro yaqinlashgan irqiy birliklarni, ya’ni antropologik tiplarni O’rganadi.
Etnik jarayonni tadqiq qilishda turli tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari, og’zaki ijod namunalaridan keng foydalaniladi. Etnoslarning kelib chiqishi va etnik qiyofasini aniqlashda tilshunoslik (lingvistik) ma’lumotlari ham yordam beradi. Ularning moddiy madaniyat tarixi va xususiyatlarini arxiologiya fani bilan hamkorligida aniqlash mumkin. Aholining joylanishi, O’sishi, tevarak atrofning ta’siri, migratsiyasi kabi masalalarni O’rganishda etnik geografiya va demografiya fanlari yutuqdaridan foydalaniladi. Etnoslarning ma’naviy madaniyati san’atshunoslik, musiqashunoslik, dinshunoslik, folklor va adabiyot bilan hamkorlikda O’rganiladi.
Mazkur fanlarning O’zaro bog’liqligi tufayli keyingi yillarda qO’shaloq sohalar yuzaga keldi. Masalan, etnogenez va antropologiya, paleoetnografiya, etnolingvistika kabi sohalar samarasini olib bormoqda. Hozirgi davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda O’tkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar natijasida yangi yO’nalishlar etnosotsiologiya, etnopsixologiyaning vujudga kelishi muhim ahamiyatga ega.
Xalqlarni O’rganishda etnologiya fani nihoyatda keng va hilma-hil manbalardan va uslublardan foydalanadi. Etnologlarning har tamonlama hayotini O’rganishda ularning har kungi turmush tarzini bevosita kO’zatish asosida joylarning O’zida tO’plangan materiallar bosh manba hisoblanadi.
Bir joyda uzoq davr yashab, kO’zatish yO’li bilan O’tkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashxur etnograflar (L. Morgan, N.N.Mikluxo-Maklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Bunday tadqiqotlar statsionar uslub deb nomlangan bO’lib, bizning hozirgi sharoitimizda mazkur uslubdan kam foydalaniladi. Qisqa muddatda O’tkaziladigan uslub va ayrim mavsumlarda tadqiq qilish dala ishlari (ekspeditsiya) hozir keng tarqalgan.
Dala ishlarida asosan axborotchidan suhbat orqali yozma yoki magnitofon bilan ma’lumotlar tO’plash, muayyan maishiy madaniy turmush hodisalari, oila-nikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va O’yinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok etish va ularni jiddiy O’rganish kabi uslublar qO’llaniladi. Dala ishlarida etnograflar moddiy madaniyatni O’rganibgina qolmay, ularning eng noyob namunalarini muzey eksponatlari sifatida yig’ib oladilar.
Etnologiyada «Madaniyat» deyilganda asosan inson qO’li va aql idroki bilan yaratilgan barcha moddiy va ma’navii boyliklar tushuniladi. Asli rus tilidagi «Kultura» lotincha sO’z bO’lib «Ishlab chiqarish», «Yasash», «Yaratish» degan ma’nolarni anglatadi.
Etnologiyada umumiy tushuncha va atamalardan tashqari maxsus atamalar ham mavjud. Masalan, ijtimoiy tuzum va munosabatlarni aniqlash va ta’riflash maqsadida «Urug’», «Qabila», «Elat» kabi sO’zlar bilan bir qatorda urug’ jamoasi, qishloq yoki qO’shnichilik jamoasi, qabila ittifoqi va kengashi kabi atamalar muhim ahamiyatga ega.
Oila-nikoh munosabatlari va urug’ qabilachilik tartib qoidalarini O’rganishda maxsus atama–Ekzogamiya”(yunoncha «ekzo»-tashqi, «gamos»-nikoh) sO’zi katta rol O’ynaydi. Qabila ichida quda-andachilikni man etishni bildiradigan «Endogamiya» («endon»-ichki, «gamos»-nikoh) esa O’z urug’i yoki qabilasi ichidagi nikoh tartiblarini ifodalaydi. Qadimiy nikoh shakllaridan «Poligamiya» (KO’p nikohlik), «Levirat» (lotincha «levir»-aka-ukalarning beva yangalariga uylanishi) yoki «Sororat» (xotinining singlisi yoki opasiga uylanish) odatlari hozirgacha ayrim xalqlari saqlanib kelayotgan tartiblarni ifodalaydi.
Etnologlarning xO’jalik faoliyati va mashg’uloti, ayniqsa chorvachilik, dehqonchilik, hunarmadchilik, baliqchilik va ovchilikka oid atamalari juda kO’p. Masalan, dehqonchilik yerga ishlov berish usuliga qarab bir necha hilga bO’linadi (O’rmon yoki butazorlarni topib, O’t yoqib yer ochib, urug’ sepish, motiga (ketmoncha) bilan ishlov berish, bahorgi ekish va sug’orma dehqonchilik qabilar). Chorvachilik ham har hil tarmoqlarga bO’lingan (yilqichilik, tuyachilik, bug’uchilik va hokazo). Hunarmandchilikning tarmoqlari juda kO’p bO’lib, turli etnoslarga hos maxsus atamalar qO’llaniladi. Hozirgacha O’z nomlariga ega turar-joylar va manzilgohlar, chaylalar va yertO’lalar, chodir va O’ra uy(utov)lar, guvala, hom g’isht, paxsa, yog’och yoki toshdan qurilgan yoki gumbazsimon tomli oddiy uylardan tortib to zamonaviy kO’p qavatli shahar imoratlari, kO’shku biyobonlargacha uchratish mumkin. O’ziga xos atamalar uy-rO’zg’or buyumlari jihozlarida, milliy xususiyatni ifodalovchi kiyim-kechak va bezaklarda, xilma-xil tabiy muhit va turmush tarzi bilan bog’liqtaomlar va ichimliklarda ham namoyon bO’ladi. Ma’naviy-madaniy tushunchalariga oid diniy e’tikod, urf-odat va marosimlarning nomlari ham kO’pincha etnik xususiyatlarni belgilashga yordam beradi.
Davrimizning kO’p kirrali murakkab etnik jarayonini, millatlar va elatlar orasidagi munosabatlarni, nikoh-oila va maishiy turmush muammolarini, bolalar tarbiyasi, odob-ahloq masalalarini tadqiq qilish etnograflarning diqqat markazida turibdi. Hozirgacha kam O’rganilgan, ammo ahamiyatga ega bO’lgan xalq ijobiy tajribalari (xalq tabobati, etnopedagogika masalalari, an’anaviy hunarmandchilik va xO’jalik uslublari, tijorat va savdo-sotiq qabilar) birinchi darajali muammolardan. Asrlar osha sinovdan O’tgan umuminsoniy qadriyatlarni O’zida mujassamlashtirib milliy tusga kirgan hamkorlik, birodarlik, mahallachilik, hashar kabi an’anaviy xalq odatlarini yana ham rivojlantirish etnologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.
TAYANCH IBORALAR:

  1. Qabila, elat, xalq, millat

  2. Etnologiya, madaniy antropologiya, xalqshunoslik

  3. Innovatsiya, tarix, geografiya, antik davr

  4. Evolyutsion ta’limot, ateizm, fetishizm, totemizm, shamanizm, anilizm

  5. Funksional maktab, rasizm

  6. Mikroetnoslar, makroetnoslar

  7. Klassifikatsiya, konsolidatsiya, assimilyatsiya, migratsiya

  8. Morfologiya va gnesologiya

  9. Etnogenez va etnogeografiya

  10. Oykumena, avtoxton, aborigen

  11. Statsionar, ekspeditsiya, eksponat

  12. Ekzogamiya, endogamiya, poligamiya, levirat, sororat

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Etnologiya fanini vujudga kelishi qay tarzda amalga oshgan?

  2. Etnologiya fanini maqsad va vazifalari nimadan iborat?

  3. Etnologiya faniga hissa qO’shgan shaxslarni aniklang.

  4. Jahon xalqlarini klassifikatsiyasini aniklang.

  5. Jahon xalqlarining etnogenezi haqida ma’lumot bering.

  6. Dunyo xalqlarini O’rganishda etnologiya qanday uslub va manbalardan foydalanadi?

  7. Etnologiya fani qanday tushuncha va atamalardan foydalanadi?

  8. Etnologiya fani hozirda O’z oldiga qanday muammolarni kO’ndalang qO’ygan?

FOYDALANILGAN ADABYOTLAR:

  1. Основи этнографии. Под.ред, С.А.Токарева, М.1968.

  2. Этнография. Под.ред. Ю.Бромлея и Г.Е.Маркова М.1982.

  3. Брук С.И. Население мира. М.1986.

  4. Народi мира. М.1988.

  5. Итс Р.Ф. Введение в этнографию М.Л. 1991.

  6. Жабборов И. Жаhон халqлари этнографияси, Тошкент 1985.

  7. Жабборов И. O'збек халqи этнографияси, Тошкент 1994.




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling