Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning ahamiyati, maqsad va vazifalari


Download 48.14 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi48.14 Kb.
#1514035
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning aaaa


Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning
ahamiyati, maqsad va vazifalari
Ma’lumki, bozor sharoitida ulgurji va iste’mol bozorga ma’lum miqdordagi sifatsiz, soxta arzon narxdagi mahsulotlar kelib tushadi. Bozorlarga kelib tushayotgan ko‘pchilik mahsulotlar davlat tasarrufida bo‘lmagan korxonalar tomonidan “arzon bo‘lsa bas” qabilida ishlab chiqariladi. Sifati yuqori bo‘lmagan bu mahsulotlar har xil yo‘llar bilan qalbakilashtiriladi, soxtalashtiriladi. Mahsulot qo‘ldan qo‘lga o‘tib, ulgurji tijorat korxonalaridan chakana tashkilotlarga beriladi va sifati shunday o‘zgartiriladiki, birinchi mahsulotdan faqat idishi qoladi, holos. Bu aldamchiliklar kelib-kelib iste’molchining boshiga “yog‘iladi”.
Ana shu noxushliklarning oldini olishning birdan-bir yo‘li mahsulotlarni sertifikatlashtirishni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Endi esa sertifikatlashtirish nima degan savolga javob beramiz.
Sertifikatlashtirish - sertifikat yoki muvofiqlik belgisi vositasida buyum yoki xizmatning muayyan (ularda ko‘rsatilgan) standart yoki texnik shartlar talablariga javob berishini tasdiqlaydigan harakatdir.
Sertifikatlashtirish har qanday darajadagi savdoga doir o‘zaro munosabatlar me`yoriga asosan, yirik savdo bitimlari me`yoriga aylanib bormoqda.
Ikki asosiy imkoniyat - sertifikatlashtirishning iste’molchilarning axborot vositasi ekanligi va uning savdo munosabatlarini huquqiy tartibga solishning eng samarali vositalaridan biri bo‘lishi mumkinligi uning keng rivojlanishi va joriy qilinishiga ko‘maklashmoqda, chunki u aniq ifodalangan va nazorat qilish oson bo‘lgan me`yoriy hujjatlarga tayanadi.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish yuksak sifatni ta’minlash yo‘llaridan biridir. Xorijda sertifikatlashtirish mamlalakatlar o‘rtasida ilmiy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirish, ular o‘rtasida ishonchni mustahkamlashning samarali vositasi sifatida keng e’tirof qilinadi.
Sertifikatlashtirish ko‘pgina sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda, bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda shunchalik keng ommalashib ketdiki, import qiluvchi mamlakatda berilgan mahsulotlarning standart talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan sertifikatsiz bunday mahsulotni ushbu mamlakat bozorida sotib bo‘lmaydi. Ana shunday sababga kura MDH ning ko‘pgina mamlakatlari xorijda sinovlarning o‘tkazilishi va sertifikatlar olinishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishmoqda.
“Sertifikatlashtirish” tushunchasining ta’rifi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) ining sertifikatlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi (Sertiko) tomonidan ishlab chiqildi va ISO ning 1982 yildagi 2-sonli “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalari akkreditatsiyasi va shu kabilarning umumiy atamalari va ularning belgilanishi” qo‘llanmasiga kiritildi.
Ta’rif quyidagicha ifodalangan: “Muvofiqlikni sertifikatlashtirish - muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi vositasida buyum yoki xizmatning muayyan standart yoki boshqa me`yoriy-texnik hujjatga javob berishini tasdiqlaydigan amaldir”.
Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1. Odamlarning hayoti, sog‘ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib beradi.
2. Mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlaydi.
3. Mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosidagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratadi.
4. Iste’molchini tayyorlovchining, ijrochining vijdonsizligidan himoya qiladi.
2. Sertifikatlashtirishning qonuniy asoslari (O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonunlari).
1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan ”Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonun Respublikamizda sertifikatlashtirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini yaratib berdi.
Mazkur qonunning mantiqiy davomi sifatida Respublikamizda 1996 yil 26 aprelda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, 1997 yil 30 avgustda “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonunlar qabul qilindi.
O‘zR ning “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni bilan iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari Davlat tomonidan himoya qilinishini kafolatlandi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmi yaratildi. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlari tarkibi belgilab qo‘yildi. Bularga O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari kiradi.
O‘zR ning “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonunga asosan oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi tashkil etildi va uning vazifalari belgilab qo‘yildi. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat tomonidan normalash oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish, tayyorlash, harid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish shart-sharoitlariga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladigan sanitariya, veterinariya, fitosanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini, davlat standartlarini, texnikaviy shartlarni belgilash yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular oziq-ovqat mahsuloti muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir.

Download 48.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling