Sezgi organlari va ko’payish


Download 121.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.05.2020
Hajmi121.33 Kb.
#112048
Bog'liq
SEZGI ORGANLARI VA KO'PAYISH


                                                  SEZGI ORGANLARI VA KO’PAYISH 

                                                                                                   

Yoqubov Davlatbek & Karimjonova Dilafruz

 

                             BIOLOGIYA 

1.  Sersorlik vazifalarini to’g’ri juftlab ko’rsating. 

a) pereferik, b) oliy markaz, c) o’tkazuvchi;  

       1) ta’sirni qabul qilib, nerv impulslariga aylantirish 

2) ta’sirni markazga uzatish 

3) ta’sirni tahlil qilish,tuyg’u hosil qilish 

A) a-2, b-3, c-1        B) a-3, b-1, c-2 

C) a-1, b-3, c-2        D) a-2, b-1, c-3 

 

2.  Ko’zning  yordamchi  qismlarini  belgilang. 

a) shishasimon tana, b ) ko’zning muskullari,   

c) yosh bezlari,  d) qovoqlar, e) kipriklar,   

f) qorachiq, g) ko’rish nervi, h) tayoqchasimon retseptorlar 

A) a.b.c,d   B) b,d,e,g    C) b,g,e,h    D) b,c,d,e 

 

3.  Ko’zni mehanik va kimyoviy ta’sirdan, mikroorga-nizmlar 

va begona moddalardan himoya qiladigan pardani 

ko’rsating. 

A) shox parda                    B) oqsil parda    

C) to’r parda                      D) kamalak parda 

 

4.  Oqsil parda ostida joylashgan pardaga xos xususiyatlarni 

toping.  

a) kamalak  parda, kiprikli parda va ko’z kosasining  ichki 

yuzasini qoplab turadi; b) bu pardaning ichki yuzasi sariq 

pigment bilan qoplangan; c)xira oqish rangli sklera hosil 

qiladi; d) bu pardaning oldingi qismi kamalak pardani 

hosil qiladi; e) havorangdan to’q jigarrangacha bo’ladi;  

f)  bu qavatdagi retseptorlar qozg’alganda ko’zdan yosh 

oqishi kabi himoya reflekslari hosil bo’ladi 

A) a,d     B) a,b     C) c,f     D) e,d 

 

5.  Tashqi (1), o’rta (2), ichki (3) quloqqa tegishli fikrlarni 

toping. 

a) nog’ara parda bilan tugaydi; b) qismida suyak  

labirint,parda labirint  joylashgan; c) bo’shlig’i eshitish 

naychalari  orqali  halqum  bilan tutash-gan; d) bu qism 

elastik parda bilan tugaydi; e) oval teshikchalariga  ega;  

f) sezgir tukchali hujayralarga ega; g) tovush signallarini 

kuchaytiradi va yo’naltiradi 

A) 1-a,f;   2-c,d;   3-a,e      B) 1-a,g;  2-d,e;  3-b,f 

C) 1-d,g;  2-c,f ;   3-b,c      D) 1-c,d;   2-b,f;  3-e,g 

 

6.  Eshitish (a), muvozanat (b) markazlarining retseptorlari  

quloqning  qaysi  qismida joylashgan.? 

A) a-perelimfa  suyuqligida, b-endolimfa suyuqligida 

B) a-endolimfa suyuqligida b-ovalsimon xaltachalar  va    

     naychalar  ichida 

C) a-yarim doira kanalchalar;  b- chig’anoq 

D) a-chig’anoqda;  b- ichki quloqning bo’shliq qismida 

 

7.  Ko’z  soqqalari  pardalari  va ularga xos tuzilish belgilarini  

juftlab ko’rsating.  

a) oqsil parda, b) tomirli parda, d) to’r parda,  

e) kamalak parda 

1) qon tomirlari va pigmentli  hujayralardan iborat, oldingi  

qismi  kamalak  pardani  hosil qiladi;  

2) yorug’likka sezgir  kolbasimon  va tayoqchasimon  

hujayralardan iborat; 3) oldingi  qismi  tiniq  muguz 

qavatni  hosil  qiladi; 4) tomirli pardaning oldingi rangli 

qismi 


A) a-1; b-3; d-2; e-4;     B) a-2; b-4; d-1; e-3.  

C) a-3; b-2; d-4; e-1.     D) a-3; b-1; d-2; e-4 

 

 

8.  Vitamin A yetishmaganda ko’zning qaysi hujayralari 



zararlanadi ? 

A) kolbasimon     B) tayoqchasimon 

C) aylana             D) bo’ylama 

 

9.  Muvozanat refleks yoyini to’g’ri ko’rsating. 

A) refleks-miya ko’prigi-o’rta miya-yarimsharlar po’stlog’i 

B) refleks-miya ko’prigi-miyacha-yarimsharlar po’stlog’i 

C) refleks-miya koprigi-oraliq miya-yarimsharlar po’stlog’i 

D) refleks-orqa miya-miyacha-yarimsharlar po’stlog’i 

 

10. Noto’g’ri fikrni toping. 

A) Ta’m bilish retseptorlari hujayrasining shakli    

     ellipssimon bo’ladi. 

B) Otolitlar muvozanat toshchalari hisoblanadi 

C) Tasvir sariq dog’ga tushganida bitta bo’lib ko’rinishi   

      stereoskopik ko’rish deyiladi’ 

D) Shohsimon pardada yorug’lik va rangni qabul qiluvchi  

     retseptorlar joylashgan 

 

11. Qaysi muskullar orqali ko’z gavhari ko’z kosasi va kamalak 

pardaga yopishib turadi. 

A) ko’zni harakatlantiruvchi muskullar 

B) kiprikli tanadagi muskullar 

C) aylana muskullar orqali 

D) bo’ylama muskullar orqali 

 

12. Tayoqchasimon (1), kolbachasimon (2) hujayralarga xos 

bo’lgan fikrlarni toping. 

a) zararlanishi natijasida daltonizm kelib chiqishi 

mumkin; b) aniq ko’rish markazi shu hujayralardan iborat; 

c) bu hujayralar ko’rish markazining chetlarida joylashadi; 

d) tungi ko’rish retsoptorlari hisoblanadi; e) hujayra-

larning soni 6-7 mln bo’ladi; f) zararlanishi tufayli 

shabko’rlik kelib chiqishi mumkin. 

A) 1-b,d,f;  2-a.c.e;                  B) 1-a.b.e;  2-d,c,f  

C) 1-c,d,f;  2-a,b,e;                  D) 1-a,c,e;  2-b,d,f 

 

13. Komil ,,Ummon’’ni tinglamoqda, uni eshitish sistemasi 

orqali o’tadigan nerv impulslari yo’lini tartib bilan 

ko’rsating. 

1) sandoncha; 2) oval tuynukcha; 3) parda labirint;  

4) tashqi eshitish yo’li; 5) bolg’acha; 6) uzangi;  

7) suyak labirint; 8) nog’ora parda; 9) retseptor;  

10) eshitish markazi; 11) eshitish nervi; 

A) 4→8→5→1→6→2→7→3→9→11→10 

B) 7→3→9→11→10 

C) 4→8→2→5→1→6 

D) 9→4→8→5→1→6→2→7→3→10 

 

14.  Vistibular apparat uchun tegishli bo’lmagan fikrlarni 

toping. 

A) hujayralarining shakli ellipssimon  

B) uchta halqasimon va ikkita ovalsimon naychalardan  

     iborat. 

C) ichidagi otolitlar─ohaktoshchalar deb ataladi. 

D) ichki quloqda joylashgan 

 

15. Havasxon kosadagi ovqatni ta’tib ko’rdi.Uni ta’m bilish nerv 

impulslari o’tadigan to’g’ri yo’lni korsating. 

a) talamus; b) adashgan nerv; c) retseptor; 

d) markaziy nerv sistemasi; e) til-nerv;  

f) uzunchoq miya;  

A) c,a,b,e,f,d           B) c,e,b,f,a,d 

C) c,d,a,f,b,e           D) c,e,b,a,f,d 


                                                  SEZGI ORGANLARI VA KO’PAYISH 

                                                                                                   

Yoqubov Davlatbek & Karimjonova Dilafruz

 

16. Quyidagi ta’mlar va sezuvchi retsoptorlar o’rnini aniqlang. 

a) sho’r; b) achchiq; c) shirin; 

1) tilning oldingi uchi, 2) tilning orqa ildizi, 

3) tilning oldingi uchi va yon tomoni. 

A) a-1, b-2, c-3;      B) a-3, b-2, c-1; 

C) a-3 b-1, c-2;       D) a-2, b-1, c-3. 

  

17. Ta’m bilish so’rg’ichlari organizmning qaysi qismlarida ko’p 

bo’ladi ? 

A) halqum devori,til uchi 

B) tilning ikki yoni,hiqildoq devori 

C) yumshoq tanglay, lablar 

D) ichak bo’shlig’ida 

 

18. Haroratni sezuvchi retseptorlarga xos xususiyatlarni 

belgilang. 

a) butun tana,ayniqsa barmoq uchi kaft va tilda ko’p 

bo’ladi; b) terida va shilliq pardada bo’ladi; c) tashqi 

muhitning o’zgarishiga moslanish xususiyati mavjud;  

d) ellipissimon hujayralardan iborat;  

e) mahsus retseptorlardan iborat;  

A) a.c       B) b.c       C) d.e      D) c.e 

 

19. Dengiz kasalligida (1) va vaznsiz holatda (2) yuz beradigan 

holatlarni aniqlang. 

a) bosh aylanish; b) ko’ngil aynaydi; c) odam boshi tinmay 

retmik aylanish kuzatiladi; d) vestibular aparatda 

to’xtovsiz qo’zg’alish bo’ladi;  e) odam o’zini tubsiz joyga 

qulaydigandek his qiladi;  f) otolitlar retseptorlarga tasir 

qilmay qo’yishi bilan bo’g’liq; 

A) 1-b.f.d; 2-c.d                 B) 1-a.b.c.d.f;  2-a.b.d 

C) 1-a.b.c.d; 2-b.e.f           D) 1-b.e.f;  2-a.b.c.d 

 

20. Hujayralarining yuzasi mayda tukchalar hisobiga 

kengaygan retseptorlarni aniqlang. 

A) ta’m bilish                     B) harorat      

C) tuyg’u                            D) hid bilish 

 

21. Kiprikchalarga (n) so’rg’ichlarga (m) ega retseptorlarni 

aniqlang. 

A) n-tuyg’u             m-ta’m bilish 

B) n-ta’m bilish      m-hid bilish 

C) n-hid bilish        m-ta’m bilish 

D) n-harorat           m-tuyg’u 

 

22. Hid sezuvchi retseptorlarga tegishli bo’lmagan  fikr ? 

A) hujayralar soni 30-40 mlnga yetadi 

B) bezli hujayralari ishlab chiqargan sekret retseptorlarni  

     namlab turadi 

C) bir-biriga taqalib turadigan retseptorlar va tayanch  

     hujayralaridan iborat 

D) nam havoda retseptorlar qo’zg’aluvchanligi kuchayadi 

 

23. Maxsus retseptorlarga ega sezgi issiq analizatorlarini 

aniqlang. 

A) muskul, tuyg’u, ta’m bilish 

B) ta’m bilish, hid bilish, muskul 

C) issiqni , sovuqni sezuvchi,muvozanat 

D) hid bilish, tuyg’u muskul 

 

 

 



 

 

 



24. Bo’yning uzunligi so’ngi 100 yil ichida o’rta yoshli 

erkaklarda (a); chaqaloqlarda (b); o’smirlarda (c) qanchaga 

ortganini mos ravishda juftlang. 

1) 5 cm; 2) 10-15 cm; 3) 6-8 cm; 

A) a-1; b-2; c-3;                     B) a-3; b-2; c-1; 

C) a-2; b-1; c-3;                     D) a-3; b-1; c-2; 

 

25. Biologik programma ni vazifasi nima ? 

A) odam uchun xos bo’lgan xususiyatlarni shakllanishi  

     bilan bog’liq jarayonlarni o’rganish; 

B) odam organizmining tuzilishi va fiziologik  

     xususiyatlarini belgilab beradi; 

C) insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida  

     shakllantirish; 

D) dunyoqarash, vatanparvarlik tuyg’ularini  

     shakllantirish 

 

26. 25 yoshda (a) chaqaloqda (b) boshning tana uzunligiga 

nisbati qanday bo’ladi ? 

A) a-1:4;  b-1:8;                 B) a-1:2; b-1:4;      

C) a-1:8; b-1:3;                  D) a-1:8; b-1:4; 

 

27. Quyidagi yoshlar va ularga mos davrlarni mos ravishda 

juftlang. 

a) yetuklik; b) qarilik; c) chaqaloqlik; d) navqironlik;  

1) 75 yoshdan yuqorisi; 2) tug’ilgandan 16-18 yoshgacha;  

3) 16-21 yosh; 4) 22-60 yosh; 5) 60-75 yosh; 

A) a-1; b-5; c-2; d-3;                 B) a-4; b-5 c-2; d-3; 

C) a-4; b-1; c-2; d-3;                 D) a-3; b-1; c-2; d-3; 

 

28. Yo’ldoshga tegishli bo’lmagan fikrlarni belgilang. 

A) murtak parda vorsinkalari va bachadon devoir shilliq  

     pardasining birga yopishib o’sishidan  hosil boladi 

B) ona va homila o’rtasida gaz va moddalar almashinib  

     turadi 

C) homilani shikastlanishdan asraydi 

D) hosil bo’lishi bilan homila davri boshlanadi 

 

29. Homilaning barmoqlari shakllanishi (1) va yuragini ura 

boshlashi (2) qachon sodir bo’ladi 

A) 1-4-5 oyligida;              2-6 oyligida 

B) 1- bir oylik homilada;  2-4-5 oylik 

C) 1- uch oyligida              2- bir oyligida  

D) 1-5 oyligida                   2-21-kunidan 

 

30. Homila bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 

1) 2 oylik homilaning barcha organlari rivojlangan bo’ladi; 

2) 4-5 oylik homilani yuragi ura boshlaydi; 3) 5 oylik 

homila og’irligi 0,5 kg keladi; 4) 3 oylik homila uzunligi  

3 cm ga yetadi; 5) 1 oylik bolani ko’zlari shakllana 

boshlaydi; 6) 2 oyligida odamga o’xshaydi; 7) 3 oylik 

davridan boshlab homila o’sishi tezlashadi; 8) tug’ilishdan 

oldin homila og’irligi 3-3,5 kg yetadi; 9) 3 oylik homilani 

barcha organlari rivojlangan bo’ladi; 10) 1 oylik homila 

uzunligi 3 cm yetadi; 11) 3 oyligida yuragi ura boshlaydi; 

A) 5,6,9,11         B) 1,2,6,10         C) 3,4,7,8        D) 2,6,8,9 



  

 

 



ISMINGIZ:  __________________________________ 

 

Download 121.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling