Sharofiddin ali Yazdiy – Zafarnoma Reja


Download 16.92 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi16.92 Kb.
#1473279
  1   2
Bog'liq
Sharofiddin ali Yazdiy Zafarnoma


Sharofiddin ali Yazdiy – Zafarnoma
Reja:

  1. Sharofiddin ali Yazdiy

  2. Sharofiddin ali Yazdiy – Zafarnoma


Sharofiddin ali Yazdiy 1414—35-yillar mobaynida Shohruxning oʻgʻli, Fors oʻlkasi hokimi Ibrohim Mirzo xizmatida boʻladi va uning topshirigʻi asosida mashhur "Zafarnoma" asarini yozadi. Ibrohim Mirzo vafotidan soʻng Sharofiddin Ali Yazdiy Sultoniya, Ray va Qum viloyatlari hokimi boʻlgan Shohruxning nabirasi Sultan Muhammad xizmatiga oʻtadi. 1445—46-yillar Muhammad Sultonning markaziy xukumatga qilgan isyoniga aralashib qolgan Sharofiddin Ali Yazdiy Ulugʻbekning oʻg'li Abdullatif tomonidan jazodan saqlab qolinadi va Hirotga yuboriladi. Kamoliddin Abdulvoseʼ an Nizomiyning "Maqomoti mavlaviy Jomiy" asarida keltirilishicha, Sharofiddin Ali Yazdiy Hirotga kelib, Jomiyning suhbatida bulgan. Shoxrux vafotidan soʻng (1447) oʻz vatani Taftga qaytib keladi va xonaqohga joylashib, umrining oxirigacha oʻsha yerda yashaydi,Navoiy "Majolis unnafois" asarida yozishicha, 6 yoshida "Shohrux Sulton buzugʻligʻida" (yaʼni Shohrux vafotidan soʻng mamlakatda yuz bergan nizolar chogʻida) katta jamoat bilan Xurosondan Iroqqa ketayotganda, Taftda Sharofiddin Ali Yazdiy yashagan xonaqohsa boʻlib, uni koʻrgan. Navoiy ushbu asarida Sharofiddin Ali Yazdiyning bilimdonligiga yuqori baxr berib: "Mavlononing sohib kamolligʻi olam axli qoshida musallamdur", deb yozgan. Shundan keyingi yillarda, yaʼni 1452-yilda tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy ham Taftda Sharofiddin Ali Yazdiy bilan uchrashib suhbatlashgan. Moʻgʻuliston xoni Yunusxon yoshligida Shoxrux topshirigʻiga koʻra, uzoq yillar Sherozda Sharofiddin Ali Yazdiy tarbiyasida boʻlgan va sulton Abu Sayd uni olib kelib, Moʻgʻulistonga xon etib tayinlagan.
Sharofiddin Ali Yazdiy adabiyot va til uslubi, sheʼriyat nazariyasi, nujum ilmi, tarix, musika, tasavvufning nazariy masalalari boʻyicha bir nechta asarlar yozgan; "Sharaf" taxallusi bilan sheʼr bitgani ham maʼlum. Shuningdek, Sharofiddin Ali Yazdiyning "Hullali mutarraz dar muammo va lugʻaz" ("Muammo va topishmoklar borasida bezakli noma"); "Muntaxabi hulal" (mazkur asarning qisqartirilgan bayoni); "Mavotin yo manozir dar muammo" ("Muammo fanida joy va manzaralar"); "Qunh uzzod dar ilmi vaqfi aʼdod" ("Adadlar muvofiqligi ilmida haqiqat choʻqqisi"); "Alkitob fi ilm ilusturlobi" ("Us turlob ilmi boʻyicha kitob"); "Devon i Sharaf Yazdiy" ("Sharaf Yazdiyning devoni"); "Haqoyiq attahlil" ("Taxlil, yaʼni "Lo ilaha illallox."ning haqiqatlari"); "SharhiQasidai Burda" ("Qasidai Burda"ning sharhi); "Sharhi Asomoi Alloh" ("Alloh ismlari" sharhi); "Tuhfat ulfaqir va hadyat ulhaqir" ("Faqirning tuhfasiyu, haqirning hadyasi"); "Munshaot" (Xatlar toʻplami); Amir Temur tarixiga bagʻishlangan sheʼriy asarlari maʼlum.

Download 16.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling