Eron aqsh bilan nizo fonida Iroqqa raketa va harbiylarini joylashtirdi Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Islom inqilobi muhofizlari korpusi yaqin haftalarda mintaqadagi nishonlarga zarbalar berishi mumkin


Download 1.13 Mb.
bet1/8
Sana02.01.2022
Hajmi1.13 Mb.
#191405
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jahon yangiliklari


Eron AQSh bilan nizo fonida Iroqqa raketa va harbiylarini joylashtirdi

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Islom inqilobi muhofizlari korpusi yaqin haftalarda mintaqadagi nishonlarga zarbalar berishi mumkin.



Foto: Reuters

Eron AQSh bilan nizo fonida Iroqqa qurol-yarog‘ va harbiylarini tashladi, deb xabar bermoqda Al Qabas nashri.

Xabar qilinishicha, Islom inqilobi muhofizlari korpusi Iroqqa kichik masofaga mo‘ljallangan raketa va dronlar hamda eng yaxshi ofitserlardan iborat ikkita bo‘linmani tashlagan.

Nashrning yozishicha, raketalar Iroqdagi qurolli guruhlarga tegishli obekt va lagerlarga joylashtirilgan.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, korpus harbiylari yaqin haftalarda mintaqadagi nishonlarga zarbalar berishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, bu prezident Donald Tramp lavozimini tark etganidan so‘ng yuz beradi. Nashr shuningdek, Tehron yadrochi fizik Muhsin Faxrizodaning o‘limi uchun ham qasos olishni rejalashtirganini taxmin qilmoqda.

Avvalroq Eron o‘zining yadroviy obektlari yaqinida qo‘shimcha tarzda havo hujumidan mudofaa kuchlarini joylashtirayotgani xabar qilingandi.




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling