Shaxs rivojlanishini davrlashtirishga oid glossariylar


Download 30.88 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi30.88 Kb.
#1485078
  1   2   3   4
Bog'liq
2-TOPSHIRIQ R.Turayev 2


TOPSHIRIQ 2
.m
SHAXS RIVOJLANISHINI DAVRLASHTIRISHGA OID GLOSSARIYLAR
SHaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi. SHaxs deganda muayyan jamiyatning a`zosi tushuniladi.
Inson – bu shaxs, odam, kishi tushunchalarining umumlashmasi, insoniylik fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan ma`naviy etuk, fozil va ulug’ mavjudot ma`nosini anglatadi.
Individ – har bir mustaqil tirik organizm, ya`ni har bir shaxs, kishi, kimsa.
SHaxs sifatlari – insoniylik, ezgulik, chidamlilik, vijdonlilik, halollik, javobgarlik, haqqoniylik, beg’arazlik, saxiylikinsonlarga nisbatan hurmat, yuksak axloqlilik, muloqatga ehtiyoj, hayrixoxlik va h.k.


SHaxsning axloqiy sifatlari – shaxsning aqliy jihatdan kamolatga etishuvchi bo’lib, unda ta`lim oluvchining aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari muhim ahamiyat kasb etadi va bilag’onlik, ob`ektivlik, ijodiy fikrlash kengligi, mehribonlik kabi sifatlar asosida shakllanadi.

SHaxsning kasbiy sifatlari – shaxsni muayyan faoliyati uchun juda muhim qobiliyatlarning to’plami hamda kasbiy faoliyatning samaradorligini oshiruvchi xossalarga shaxsning kasbiy sifatlari deyiladi. Bu sifatlarning o’ziga xos xususiyatlariga quyidagilar kiradi: kasbiy fikrlash (texnikaviy, iqtisodiy, gumanitar) qobiliyatlari; psixomotor vazifalari; mehnat operatsiyalarini bajarish faoliyati.

Instinkt – tug’ma his-tuyg’u, sezgi.

Sezgi – atrof-olamdagi (tevarak-atrofdagi) moddiy dunyoni, narsa va xodisalarning inson ongida aks etishidir.

Idrok – insonning bilish, tushunish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati. Idrok tirik organizmning ma`lumotlar qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga ob`ektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangivaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi. Idrok ongning, miyaning ijodiy jarayonidir. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan idrok jarayoniga kishining tajribasi, bilim, abstrak tafakkurining faoliyati va boshqalar ham ishtirok etadi.

Diqqat – bu aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etuvchi va insonning hatti-harakatlarida ham ishtirok etuvchi jarayondir. SHaxs faoliyati qanchalik murakkab, mashaqqatli, mas`uliyatli bo’lsa, u diqqatga shunchalik yuksak talablar qo’yadi.

Tafakkur – insoniyatning necha ming yillik tarixiy rivojlanishi davrida ijodkorlik jarayoni bilan bog’liq holda hosil qilinib borilgan va erishilgan oliy va aqliy ne`matdir.

Iroda – insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga etkazish qobiliyati, bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidan iborat.


Download 30.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling