Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni


Download 101.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.07.2020
Hajmi101.33 Kb.
#124592
Bog'liq
Tarbiya - Vikipediya


Tarbiya

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy,

ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni

shakllantirishga qaratilgan amaliy

pedagogik jarayon; insonning jamiyatda

yashashi uchun zarur boʻlgan

xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash

yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar

yigindisi. T. insonning insonligini

taʼminlaydigan eng qad. va abadiy

qadriyatdir. T.siz alohida odam ham,

kishilik jamiyati ham mavjud boʻla

olmaydi. Chunki odam va jamiyatning



mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar T.

tufayligina bir avloddan boshqasiga

oʻtadi.

Pedagogik adabiyotlarda "T." atamasi



keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng

maʼnoda T. inson shaxsini

shakllantirishga, uning jamiyat ishlab

chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy

hayotida faol ishtirokini taʼminlashga

karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar,

harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi.

Bunday tushunishda T. faqat oila,

maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida

olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas,

balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi

goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio,



televideniye va boshqalarni ham oʻz

ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi

T. tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot

olish ham kiradi.

Tor maʼnoda T. shaxsning jismoniy rivoji,

dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi,

estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan

pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila

va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat

tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va

maʼlumot olish tor maʼnodagi T. ichiga

kirmaydi. Lekin har qanday T. taʼlim bilan

chambarchas bogʻliq holdagina mavjud

boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish

jarayonida shaxsning fakat bilimi

koʻpayibgina qolmay, balki



axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi

ham tezlashadi.

T. har qanday jamiyat va har qanday

mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat

kasb etadi. Yosh avlodning , umuman,

jamiyat aʼzolarining T.si bilan yetarlicha

shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va

inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va

rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda

ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab

chiqarish. toʻxtovsiz ravishda yuksalib

borishi lozim. Buning uchun yosh avlod

moddiy va maʼnaviy boyliklar

yetishtirishni ajdodlari darajasida,

ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara

bilishlari kerak. Yosh avlodda ana



shunday moddiy va maʼnaviy

qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun

esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali

faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar

tizimiga ega boʻlishi lozim.

T. jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida

turlicha izoxdab kelingan. Shoʻro

zamonida hukmron kommunistik

mafkura T.ga sinfiy va partiyaviy hodisa

sifatida yondashishni talab etgan.

Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda T.

faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va

turli sinflarning T.si bir-biriga

qaramaqarshi turadi degan qarash qaror

topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa,

Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq



ped.si tajribasi T.ning sinfiy koʻrinishga

ega emasligini isbot etdi. Shuningdek,

kommunistik mafkura tazyiki tufayli T.da

ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha

baho berildi, bu jarayonda irsiy va

biologik xususiyatlar deyarli xisobga

olinmadi.

Shoʻrolar ped.sida T. orkali xar kanday

odamni istagan ijtimoiy kiyofaga solish

mumkin degan karash hukmron

boʻlganligi uchun ham uning shaxsni

shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho

berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining T.ga

berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining

hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga

maxliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka



olib keldi. Buning natijasida T. maqsadsiz

boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida

shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy

yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan

qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash

karor topdi, Bu hol T.ning samarasizligiga

olib keldi. Chunki T.ning asosiy obʼyekta

boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik

jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik

tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan,

mana shu yondashuv tarziga borib

takaladi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, T.

va unga bogʻliqjarayonlarga yangi hamda

sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan

holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni



izohlashda gʻayriilmiy sinfiypartiyaviy

yondashuvdan voz kechildi. T.ning

milliyligiga alohida eʼtibor karatilmoqda.

Buning uchun xalq ped.si boyliklari,

oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik

qarashlari sinchkovlik bilan oʻrganilayotir.

Natijada, Oʻzbekiston ped. fani va

amaliyotida oila T.sining ham, ijtimoiy

T.ning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan

olina boshlandi. Shuningdek, T.da irsiy va

biologik omillar ham hisobga olinadigan

boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning

shakllanishida T.ning oʻrniga keragidan

ortiq baho berish ham barham topdi. Bu

hol T.ga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri

izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini

toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.


Qozoqboy Yoʻldoshev.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

 

 



Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



  Last edited 2 years ago by Turdibek  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Tarbiya&oldid=1987978



" dan 

olindi 

Download 101.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling