Shodiyeva Surayyo " Alpomish"
Download 28.51 Kb.
|
Alpomishda ayollar o`rni
SamDU filologiya fakulteti 403-guruh talabasi Shodiyeva Surayyo “Alpomish” dostonida xotin-qizlar mavqeyining tutgan o`rni Xalq og'zaki ijodi ma’lum bir millatning ma'naviy dunyosi, ruhiy olami, axloqiy qarashlari, e'tiqodi, qahramonligi hamda dunyoqarashining ko'zgusidir. Xususan, og'zaki ijodning tarkibiy qismi hisoblangan eposlar ajdodlarimizning ezgu istaklari, quvonch-u armonlari bilan bir qatorda tarixiy jarayonlar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalarni qamrab olgan, badiiy qomus hamdir. O'zbek xalqining qahramonlik eposi "Alpomish" ham shunday asarlardandir. Dostonda ayol mavqeyining badiiy talqini ham asosiy o'rinni egallaydi. "Alpomish" dostonida ayollarga xos bo'lgan fazilatlar, ularning ijtimoiy- siyosiy hayotda tutgan o'rni, avvalambor, Barchin obrazi orqali nozik bo'yoqlarda go'zal va ehtirosli tasvirlangan. Toychaxonning to'qson alpi Barchinni "goh biri olmoqchi, goh bari olmoqchi" bo'lib talashib, zo'rligini ko'rsatib turgan bir paytda yurt oqsoqollari qo'rquvdan Boysariga "qizingni Qalmoqlarga ber endi",- deydi. Barchin otasining ahvolini ko`rib, shunday deydi: Xafa qilma, ota, menday qizingdi, Qo'ya ber alplarga mening o'zimdi, Qalmoqlarga javob bermog'im darkor. Ul alplarga men bo'laman barobar, Jazosini ko'rib ketsin qalmoqlar, Qalmoqlarga gapirmoqqa yarayman. Barchinnning otasiga qarata aytgan bu so'zlari bir tomondan, uning o'z qizlik iffatini, muhabbatini alplardan himoya qilishga qodir ekanligi, jasurligini namoyon etsa, ikkinchi tomondan, o'sha davr ayollarining jamiyatda tutgan o'rni, jamiyat ijtimoiy- siyosiy hayotidagi mavqeyini yaqqol ko'rsatadi. Barchin alplarga qarshi vafo, sadoqat, insoniy huquq, elat nomi bilan jang qilib, qalmoq alplarining ma'naviy jihatdan tubanliklarini isbot etadi. Millatni anglash uchun uning ruhiyatini bilish lozim. “Alpomish” dostoni o’zbekning ruhiy olamini anglatish jihatidan tengsiz badiiy obidadir. Chunki asarda o’zbekka xos o’ylash tarzi, ta’sirlanish yo’sini, qarorga kelish tutumi g’oyat nozik ilg’ab olingan. Dostonda Barchin ruhiyati g’oyat teran aks ettirilgan. Uning baland martaba, baland ruh, baland qadr egasi ekanligi, shu bois o’ziga ham, o’zgaga ham yuksak talablar bilan yondashishi juda ta’sirli ifodalangan . Barchinning alplarga qo`ygan to`rt sharti bunga yaqqol misol bo`la oladi. Barchin dovyurak qiz bo'lishi bilan bir qatorda u mehribon ona hamdir. Uning o'g'li Yodgorbek Ultontozning buyrug'i bilan o'n to'rt botmonlik kamonni ko'tarishga majbur bo'ladi.Yetti yoshli bolaning bunday og'ir kamonni ko'tarishi odamning aqliga sig'maydi. Shunday og'ir paytda mehribon ona unga bu so'zlarni aytib turadi: Duo qilib yig'lar onang mushtipar. Otangning pirlari bo'lsin madadkor, Otangning kuchini bersin parvardigor. G'ayrat qilib yoyga borgin Yodgor. Yodgor bu so'zlardan ruhlanib, "yo pirim"- deb kamonni ko'taradi. Barchin og'lining oldiga yugurib kelib, uning yuz ko'zlaridan o'pib otasining o'rnini bosgan bek o`g`lim"- deb onalarcha mehr ko'rsatadi. Alpomishning Kashal eliga yetti yil zindonda yotishi, Barchinnning o'zi hamda qavm-qarindoshlarining Ultontoz boshchilik zulmkorlar tomonidan xo'rlanishi kabi qanday vaziyat bo'lmasin Barchin barchasini mustahkam iroda bilan qarshi olib, ularni yengadi hamda o'zini, o'zligini yo'qotmaydi. “Alpomish” dostonida yana bir mehribon ona timsolini uchratamiz. Bu Download 28.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling