Shoniyozov h. Qabul qildi


Download 56 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi56 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Moliyaviy Menejment

FAKULTETI

MUSTAQIL ISH

MAVZU: Axborot texnalogiyalari va axborot tizimlari haqida tushuncha



BAJARDI: M-70 GURUH

TALABASI SHONIYOZOV H.



QABUL QILDI: AZIZOVA M.

TOSHKENT-2018



Axborot texnologiyalari va axborot tizimlari haqida tushuncha

Reja:
  1. Axborot tushunchasi

  2. Axborot texnologiyalari va uning turlari


  3. Axborot tizimlari va ularning turlari



Axborot tushunchasi


XXI asrni informatikasiz tasavvur etib bo`lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi axborotdir.

«Axborot» so`zi lotincha «information» so`zidan olingan bo`lib, biror ish holati yoki ish faoliyati haqida ma`lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma`lumot, degan ma`noni anglatadi. Keng ma`noda axborot moddiy dunyoning u yoki bu tomoni va unda sodir bo`layotgan jarayonlarni bildiradi. Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi.

Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta`sir etib, ob`ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida izohlanadi.

Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisalar to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki mafhumlikni soddalashtirish mezoni sifatida qo`llaniladi.

Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`liq, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi.

Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:



  1. Texnik axborot

  2. Agrobiologik axborot

  3. Siyosiy axborot

  4. Huquqiy axborot

  5. Iqtisodiy axborot va boshqalar

  6. Axborotning turlari o`zaro bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, u axborot turlarining 80 foiz hajmini tashkil qiladi.

Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Uzluksiz hosil bo`lish.

  2. Harf raqamlarda ifodalanish.

  3. Diskret xarakterdalik.

  4. To`plash, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi.

Axborot inson bilimini oshirish va ish faoliyatini takomillashtirish uchun foydalanadigan yangi ma`lumotlardir. Axborot xalq ho`jaligining barcha tarmoqlari iste`mol etuvchi zahira bo`lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi muhim ahamiyatga ega. Axborot fan va texnikani rejalashtirish natijalari haqidagi, fan va texnika ma`lumotlari bilimlarining yig`indisidir. Axborot resurslari – alohida hujjat va alohida hujjatlar to`plami, axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar to`plamidir.

Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob`ektlar to`g`risidagi tasavvurlarimizni o`zgartiruvchi, o`zaro kontseptual bog`liq ma`lumotlar, ko`rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma`lumotlar tushunchasi ham keng qo`llaniladi.

Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi.

Ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, ma`lumotlar axborotga aylanadi. SHuning uchun axborotni foydalaniladigan ma`lumotlar, deb atasa ham bo`laveradi.

Masalan, qog`ozga telefon raqamlarini ma`lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko`rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma`lumot sifatida qabul qiladi. Biroq, ana shu har bir telefon raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo`yilsa, avvalgi ma`lumot axborotga aylanadi.

Ma`lumotlar. Axborot iste`molchiga etib borgunga qadar bir qator o`zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko`ra xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada «axborot» tushunchasi nisbatan cheklangan «ma`lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi. SHuning uchun ham ma`lumotlarni axborotning komp`yuterdagi tasviri deb aytish mumkin. Ma`lumotlar bir - biri bilan o`zaro bog`langan dalil va raqamlar, fikrlar to`plamini ifodalaydi. Axborot va ma`lumotlar o`rtasidagi farq ta`kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi.

Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to`g`ridan- to`g`ri bog`liqdir. Jamiyatning rivojlanish tarixida bir necha axborot inqiloblari ro`y berdi – axborotni qayta ishlash sohasida tub o`zgarishlar sodir bo`lgani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o`zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o`zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo`ldi.

So`ngi axborot inqilobi yangi soha – yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog`liq axborot sanoatini oldingi safga olib chiqdi. Axborot texnologiyalari, ayniqsa, telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi komp`yuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi.

Axborot texnologiyasi (AT) ob`ekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma`lumotlar yig`ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang`ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.

Telekommunikatsiya komp`yuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma`lumotlarni masofadan uzatishdir.

Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini komp`yuter texnikasi va komp`yuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.

Axborot jamiyati - unda ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni izlab topish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo`lgan jamiyatdir.

XXI asrda ilg`or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo`lmoqda. Butun dunyo intelektual makoni elektron kvartira va kottejlarda yashovchi kishilar yagona komp`yuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmoqda. Istalgan turar joylar turli elektron uskunalar va komp`yuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi.

Axborot jamiyatiga o`tishda komp`yuter va tellekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.

Axborot – fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma`lumotlari, bilimlari yig`indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va xom-ashyosidir.

Axborot – axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi ma`lumotlar yig`indisidir, ya`ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste`mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi.

Ko`rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to`liq, axborot jarayonlari ko`p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Haqiqatdan ham, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda.




Axborot texnologiyalari va uning turlari

Texnologiyalar. «Texnologiya» – grekcha so`z bo`lib (techne) san`at, maxorat, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma`lum bir jarayonga nisbatan qo`llanilgan texnik jarayondir.

Jarayon - deganda oldiga qo`yilgan maqsadga erishishga yo`naltirilgan xattiharakatlar muayyan jamlanmasi tushuniladi. Ushbu jarayon ma`lum odam tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.

Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki uning yarim tayyor shakli, xususiyati, holatining o`zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.

Axborot texnologiyalari to`g`risida gap ketganda, material sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq, bu ob`ekt, jarayon yoki hodisa to`g`risidagi sifat jihatidan yangi ma`lumot bo`ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo`ladi.



Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalari deganda, xom-ashyo yoki materalning holati, xususiyatlari, shakllarini qayta ishlash, tayyorlash, o`zgartirish, vosita va uslublari jamligini belgilovchi jarayon tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadlarida materiyaning sifati yoki boshlang`ich holatini o`zgartiradi.

Axborot texnologiyasi moddiy zaxiralarni qayta ishlash texnologiyasi analogi sifatida.

Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalari maqsadi - inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Axborot texnologiyalarining maqsadi esa inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti harakatni bajarish bo`yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi ob`ekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti) ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma`lumotlarni to`plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.

Avtotomatlashtirish bir inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo`lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokinining qisman yoki butunlay imkonini beradi.

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT)boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan jarayonlarni amlga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalaniladigan rivojlangan dasturiy ta`minotni qo`llash bazasida bajariladi. Madomiki, axborot texnologiyasini amalga oshirishdagi texnik vositalarning asosiy qismini komp`yuter texnikasi tashkil etar ekan, bu o`rinda axborot texnologiyasi, tushuniladi.

Ma`lumotlarni qayta ishlashning axborot texnologiyalari puxta tuzilgan vazifalarni hal qilish uchun mo`ljallangan, ularga ko`ra zarur kirish ma`lumotlari mavjud. Bu texnologiya boshqaruv mexnatining ayrim mayda, doimo takrorlanuvchi operatsiyalarni avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo`lmagan malakali xodimlarning operatsiyaviy (ijrochilik) faoliyati darajasida qo`llanadi. SHu bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu darajada qo`llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruratiga olib keladi.

Operatsiyaviy faoliyat darajasiga quyidagi vazifalar hal kiradi:


  • firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqida ma`lumotlarni qayta ishlash;

  • firmadagi ishlarning ahvoli haqida davriy nazorat hisobotlarin tuzish;

  • istalgan joriy savollarga javob olish va ularni qog`oz xujjatlari yoki hisoblariko`rinishida rasmiylashtirish.

Ma`lumotlarni qayta ishlash quyidagi jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi:

Har bir firma o`z faoliyati haqida ma`lumotlarga ega bo`lish va saqlashga qonunan haqli. Ular firmada nazoratni ta`minlash va qo`llab-quvvatlash vositasi sifatida foydalanishi mumkin. SHu bois istalgan firmada ma`lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta bo`lishi va tegishli axborot texnologiyasi ishlab chiqilishi lozim faqat yaxshi tuzilgan vazifani hal etish mumkin;

  • odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish;

  • taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha

  • ketma-ketlik tartibida tekshiriladi;

  • voqealar ketma-ketligiga urg`u berish.

Ma`lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasining asosiy komponentlari va xususiyatlari quyidagicha: ma`lumotlar jamlanmasi. Firmaning mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarshiga qarab uning har bir hatti-harakati haqida tegishli ma`lumotlar yozuvi bo`ladi. Odatda tashqi atrofga tegishli firma hatti-harakatlari u ishlab chiqaradigan operatsiya sifatida alohida ajralib turadi. Ma`lumotlarni qayta ishlash. Firma faoliyatini aks ettiruvchi kelib tushayotgan ma`lumotlardan axborotni yaratish uchun quyidagi operatsiyalardan foydalaniladi: tasnif va guruhlash. Boshlang`ich ma`lumotlar odatda bir yoki bir necha ramzlardan tashkil topgan kodlar ko`rinishida bo`ladi. Ob`ektlarning ayrim belgilarini ifodalovchi bu kodlar yozuvlarni aynan o`xshatish va guruhlash uchun foydalanadi; yozuvlar izchilligini tartibga solishga yordam beruvchi saralash; arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni o`z ichiga olgan hisoblashlar; ma`lumotlar sonini kamaytirish uchun xizmat qiluvchi yiriklashtirish yoki agregatlashtirish;

Ma`lumotlarni saqlash. Operatsiyali faoliyat darajasidagi ko`pgina ma`lumotlarni keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa darajada saqlash zarur. Ularni saqlash uchun ma`lumotlar bazasi yaratiladi.

Hisobotlar (xujjatlar) ni yaratish. Ma`lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasida firma rahbariyati va xodimlari uchun hujjatlar yaratish lozim.

Boshqarishning axborot texnologiyalarining maqsadi qarorlarni qabul qilishga aloqasi bo`lgan barcha firma xodimlarining axborot extiyojlarini qondirishdir. U boshqarishning istalgan darajasida foydali bo`lishi mumkin. Boshqaruvning axborot texnologiyasi xilma-xil turdagi hisobotlarni yaratishga mo`ljallangan. Doimiy hisobotlar belgilangan grafikka muvofiq yaratiladi. Maxsus hisobotlar boshqaruvchilar so`rovi bo`yicha yoki kompaniyada biror-bir rejalashtirilmagan hodisa ro`y berganda yaratiladi. Qiyosiy hisobotlar turli manbalardan olingan yoki turli belgilarga ko`ra tasniflangan va qiyoslash maqsadlari uchun foydalaniladigan ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Favqulotda hisobotlar istisno tariqasidagi ma`lumotlarni qamrab oladi. Boshqaruvni qo`llab quvvatlash uchun hisobotlardan foydalanish chetga chiqishlar bo`yicha boshqarish deb ataladigan jarayonni amalga oshirishda, ayniqsa, samaralidir.

Avtomatlashtirilgan ofis firma boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun (faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo`llab-quvvatlash uchungina emas), balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi jihatidan ham diqqatni o`ziga tortadi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi kommunikatsiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish va u bilan ishlashning komp`yuter tarmoqlari va zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo`llab-quvvatlashdir. Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta`minlovchi komp`yuter va nokomp`yuter texnik vositalar uchun bir necha o`nlab dasturiy mahsulotlar ma`lum: matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalendar`, audiopochta, komp`yuterli va telekonferentsiyalar, shuningdek, boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari kiradi.

Qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlashning tizimi tarkibiga uch asosiy qism:


  • ma`lumotlar bazasi, modellar bazasi va tizim osti dasturi kiradi. So`ngisi ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT), modellar bazasini boshqarish tizimi (ModBBT) foydalanuvchi va komp`yuter o`rtasidagi interfeys bilan boshqarish tizimidan iborat.

Ma`lumotlar bazasi qarorlarni qabul qilishni qo`llab-quvvatlashning axborot texnologiyasida muhim rol` o`ynaydi. Ma`lumotlar bevosita foydalanuvchi tomonidan matematik modellar yordamida hisob-kitoblar uchun foydalanishi mumkin. Ma`lumotlarning bir qismi axborot tizimidan operatsiyaviy darajaga kelib tushadi. Ulardan samarali foydalanish uchun bu ma`lumotlar oldindan qayta ishlanishi lozim. Firma operatsiyalari haqidagi ma`lumotlardan tashqari, qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlash tizimi ishlashi uchun boshqa ichki ma`lumotlar, masalan, xodimlarning harakati haqidagi ma`lumotlar talab etiladi. Ular o`z paytida kiritilishi lozim.

Boshqarishning yuqori darajalarida qaror qabul qilishni amalga oshirish uchun tashqi manbalardan olinadigan ma`lumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Ichki ma`lumotlardan farqli ravishda tashqi ma`lumotlar odatda ularni yig`ishga ixtisoslashgan tashkilotdan sotib olinadi.

Hozirgi paytdagi ma`lumotlar bazasiga yana bir ma`lumotlar manbai -yozuvlar, xatlar, shartnomalar, buyruqlarni o`z ichiga olgan xujjatlarni kiritish haqidagi masala keng tadqiq etilmoqda.

Modellar bazasi. Modellarni yaratishdan maqsad ayrim ob`ekt yoki jarayonlarni tasvirlash va qulaylashtirishdir. Modellardan foydalanish qarorlarni qabul qilishni qo`llab-quvvatlash tizimida tahlil o`tkazishni ta`minlaydi. Muayyan algoritmlar yordamida muammoning matematik talqiniga asoslangan modellar qarorlarni to`g`ri qabul qilish uchun foydali axborotni topishga qulaylik yaratadi.

Axborot tizimlari tarkibida modellardan foydalanish statistik uslublar va moliyaviy tahlil uslublarini qo`llashdan boshlanadi. Foydalanish maqsadlari bo`yicha modellar ayrim ko`rsatkichlarning eng quyi yoki eng yuqori nuqtalarini topish bilan bog`liq optimallashgan va ayrim tizimlar ishini bayon etuvchi va boshqaruv maqsadlari uchun mo`ljallanmagan tasvirlovchiga bo`linadi. Baholash usuliga ko`ra, modellar boshlang`ich ma`lumotlarning aniq bir qiymatida bir son bilan o`zgaruvchilarni baholashda foydalanuvchi deterministik va boshlang`ich ma`lumotlar ehtimoliy xarakteristikalarda berilganligi tufayli bir necha parametrlar bilan o`zgaruvchilarni baholovchi statistikga tasniflanadi. Qaror kabul qilishini qo`llab-quvvatlash tizimlarida modellar bazasi strategik, taktik va operativ modellardan iborat bo`ladi. Ular, shuningdek, elementlarni tuzishda foydalaniladigan model bloklar, modullar va ish tartiblari jamlanganligi ko`rinishidagi matematik modellarni ham o`z ichiga oladi.

Strategik modellar boshqaruvining oliy darajasida tashkil qilish maqsadlari, unga erishish uchun zarur bo`lgan zaxiralar hajmlari, shuningdek, bu zaxiralarni sotib olish va ulardan foydalanish siyosatini o`rnatish uchun ishlatiladi.

Taktik modellar o`rta bo`g`in boshqaruvchilari tomonidan mavjud zaxiralardan foydalanishni taqsimlash va nazorat qilish uchun qo`llaniladi. Ulardan foydalanishning ehtimoliy sohalari orasida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: moliyaviy rejalashtirish, xodimlarga talablarni rejalashtirish, savdo-sotikni rejalashtirish. Odatda taktik modellar deterministik, optimallashgan va universal shakllarda amalga oshiriladi.

Operativ modellar boshqarishning quyi darajalarida kunlar va xujjatlar bilan o`lchanuvchi muddatlarda operativ qarorlar qabul qilishni qo`llab-quvvatlash uchun foydalaniladi. Bu modellardan odatda firma ichidagi ma`lumotlar hisob-kitobi uchun foydalaniladi.

Matematik modellar matematik uslublarni amalga oshiruvchi model bloklar, modullar va ish tartiblari jamlanmasidan iborat bo`ladi. Bunga chiziqli dasturlashtirish, vaqtinchalik qatorlarning statistik tahlili, regressiv tahlil kirishi mumkin.

Modellar bazasining boshqaruv tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lishi lozim: yangi modellarni yaratish, modellar parametrlarini qo`llab-kuvvatlash va yangilash, modellarni manipulyatsiya qilish.

Interfeys bilan boshqarish tizimi. Axborot texnologiyalarining samaradorligi va moslashuvchanligini ko`p jihatdan qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlashning interfeys tizimi xususiyatlariga bog`liq. Interfeys: foydalanuvchining tili, displey ekranida muloqotni tashkil etuvchi komp`yuter xabarining tili; foydalanuvchining bilimini belgilaydi.

Foydalanuvchi tili − shunday harakatki, ularni foydalanuvchi tizimga nisbatan klaviatura imkoniyatlari; ekranda yozuvchi elektron qalamlar; djoystika; «sichqonlar» ovoz bilan beriladigan buyruqlar va hokazolardan foydalanish amalga oshiriladi.

Foydalanuvchi tilining eng soda shakli kirish va chiqish hujjatlar shaklini yaratishdir.



Xabar tili − bu foydalanuvchi displey ekranida ko`radigan (ramzlar, grafika, rang) printerda olinadigan ma`lumotlar, tovushli chiqish signallari va hokazolardir.

Foydalanuvchining bilimlari − bu foydalanuvchi tizim bilan ishlashda bilish lozim bo`lgan narsalardir. Ular nafaqat foydalanuvchi miyasida bo`lgan hattiharakatlar rejasi, komp`yuter beradigan darsliklar, ko`rsatmalar, ma`lumotnoma va xabarlariga ham oiddir.

Interfeys quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lmog`i lozim:



  • foydalanuvchi tanlovi bo`yicha qarorlarni qabul qilish jarayonida o`zgartirgan holda muloqotning turli shakllarini manipulyatsiya qilish;

  • Ma`lumotlarni turli usullarda tizimga uzatish;

  • Tizimning turli asbob-uskunalaridan xilma---xil shakllarda ma`lumot olish;

  • Foydalanuvchi bilimlarini qo`llab-quvvatlash.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining kundan-kunga rivojlanib borishi ulardan xalq xo`jaligining barcha sohalarida unumli foydalanish uchun zamin yaratib bermoqda.

Ma`lumki, insoniyat aql-zakovatining mahsuli bo`lmish axborotdan unumli foydalanmasdan turib jamiyatni rivojlantirish, fan-texnikani jadallashtirish, ishlabchiqarishning samaradorligini oshirish mumkin emas. SHuning uchun ham axborotlashtirish sohasi fan-texnikani, iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Rivojlanib borayotgan hozirgi axborotlashtirishdagi jamiyatimizning har bir a`zosidan fan va ilmiy texnika yutuqlariga asoslangan bilimlarni mukammal egallashni talab etmoqda. Jahon amaliyoti shuni ko`rsatadiki, kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmay turib, tsivilizatsiyalashgan kelajakka mo`ljallangan islohotlarni amalga oshirib bo`lmaydi. Axborot texnologiyalari rivojlanishi bevosita iqtisodiy ob`ektlarning axborot tizimlaridan foydalanish bilan bog`liq. Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, texnik xodimlarga axborotni qayta ishlash va qarorlar qabul qilishda hamda to`liq va ishonchli bo`lgan zamonaviy axborot tizimini yaratishda ko`mak beradi. Hozirga kelib, bizning mamlakatimizda ham zamonaviy axborot tizimlari va texnikalari nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki qurilish, tibbiyot, ta`lim, ijtimoiy va harbiy sohalarda ham keng va unumli qo`llanilmoqda.



Axborot tizimlari va ularning turlari

Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo‘lida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo'llaniladigan usullar, vositalar va shaxslaming o‘zaro bog‘langan majmuasidir.

Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mav­jud, chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlami ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘bat- lantiradi


Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad – tashkiliy loyihalash-tirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.

O`rganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ayrim xususiyatlarga ega bo`lgan tizimning ko`plab tushuncha va ta`riflari mavjud.

Tizim deganda, ular orasidagi va ularning xususiyatlari o`rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo`lgan, ya`ni bir-biriga chambarchas bog`langan qismlardan iborat butun bir ob`ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ta`rifdagi tizimga quyidagilarni qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig`ilgan mashina; hujayralarning butun majmuini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog`langan ko`plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligida yuzaga kelgan korxonalar va hokozo. Bunday hollarda ob`ektlar gona tizim sifatida ishlaydi, ya`ni har bir ob`ekt, kichik tizimlar umumiy tizim oldidagi yagona maqsad uchun harakat qiladi.

«Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob`ektlar», «aloqalar», «xususiyatlar».

Ob`ektlar – tizimning bir bo`lagi yoki komponentlari bo`lib jismoniy, matematik o`zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo`linmalari kabi ko`plab cheklanmagan qismlarga ega.

Xususiyatlar – bu ob`ektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning ma`lum bir o`lchamga ega ob`ektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini beradi.

Aloqalar – ob`ektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi.

Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko`ra farqlanadi. Quyidagi 2.1 - jadvalda turli elementlaradan iborat bo`lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan.

Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo bo`lgan paytdan boshlab mavjud, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o`z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari – moddiy va madaniy ne`matlarni ishlab chiqarish bilan bog`liq jaranlarga tegishlidir. CHunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega.

Axborot tizimi – tegishli tashkilotlar (ob`ektlar) da faoliyat ko`rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar uning axborot tizimini tashkil etadi.

Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bo`lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat.

Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy ob`ektini boshqarish tizimidagi tutgan o`rnini aniqlab olish lozim. Bu ob`ekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog`liq.

Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob`ekti yig`indisini va boshqaruv sub`ekti, boshqaruv apparatini o`zida namoyon etadi. So`nggisi maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlardan tashkil topadi.

Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to`g`ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog`langan. To`g`ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob`ektiga yunaltiradigan direktiv axborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi axborot teskari yo`nalishda yuboriluvchi axboroti oqimida o`z aksini topadi.

Direktiv axborot boshqaruv apparati tomonidan yuzaga kelgan iktisodiy vaziyat, atrof muhit haqidagi axborot va boshqaruv maqsadlariga muvofiq holda yaratiladi.

Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma`lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma`lumotlarni qayta ishlash bo`yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o`zaro aloqasi iqtisodiy ob`ektning axborot tizimini tashkil etadi. (2.2.-rasm).

Axborotlar tizimi aniq bir ob`ekt uchun yaratiladi. Samarali axborotlar tizimi boshqarish, amaliy sohalar darajalari o`rtasida farqlarni, shuningdek, tashqi holatlarni e`tiborga oladi va boshqarish funktsiyasini samarali amalga oshirish uchun zarur bo`lgan axborotnigina beradi.

Axborot tizimi – boshqarish funktsiyasini amalga oshirish uchun xodimlarni turli xil axborot bilan ta`minlovchi ob`ekt haqidagi axborotni yig`ish, uzatish va qayta ishlash bo`yicha ma`lumotlar va kommunikatsiyaviy tizimni o`zida namoyon etadi.

Dastlabki axborot tizimlari 50 – yillarda paydo bo`ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo`ljallangan bo`lib, elektromexanik buxgalterlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgandi. Bu qog`oz hujjatlarni tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar qisqartirishga olib keldi.

60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o`zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy hisobot uchun qupgina parametrlar bo`yicha qo`llana boshlandi. Buning uchun maxsus qurilmalar talab etila boshlandi.

70-80 yillar boshlarida axborot tizimlari qarorlarni qo`llab-quvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo`lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshlandi.



80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontseptsiyasi yanada o`zgarib bordi. Ular axborotning strategik manbai bo`lib, istalgan sohada uni tashkil etish barcha darajalarda foydalanilmoqda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o`z vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga yordam bermoqda, ya`ni tovarlar va xizmatlar yaratish, sotish, bozorlarni topish, munosib sheriklar bilan ta`minlash, arzon narxda mahsulot ishlab chiqarish va boshqarishlarga imkon yaratmoqda. Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta`minlovchi jarayonlarni bloklardan iborat holda shartli tasavvur etish mumkin.
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling