Sikloalkanlar (sikloparafinlar) Sikloalkanlar
Download 364.76 Kb.
|
Sikloalkanlar (sikloparafinlar) Sikloalkanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sikloalkanlarning gomologik qatori
- Alkanlarning fizik va kimyoviy xossalari. Metan
SIKLOALKANLAR (SIKLOPARAFINLAR) Sikloalkanlar - molekulasida 3 ta yoki undan ko’proq uglerod atomlari bo’lgan sikllardan (xalqalar) iborat bo’lgan to’yingan uglevodorodlardir. Sikloalkanlarning umumiy formulasi CnH2n bu yerda n ≥ 3. Molyar massalari M = 14n Nomlanishlarida harakterli suffiks “siklo” qo’shib o’qiladi. Molekulasida bir xil sondagi uglerod atomlari bo’lgan to’yinmagan (alkenlar) uglevodorod bilan isomer bo’ladi. Masalan : Fizikaviy xossalari : Sikloalkanlarning hammasi suvda erimaydi. Sikloalkanlarning gomologik qatori
Bir valentli radikallarini “-an” qo’shimchasini “-il” qo’shimchasiga almashtirish yo’li bilan nomlanadi: Alkanlarning fizik va kimyoviy xossalari. Metan To’yingan uglevodorodlarning gomologik qatorida uglerod atomlarining sonini ortib borishi bilan ularning fizikaviy xossalari ham o’zgaradi. Gomologik qatorda har gal CH2 gruppasini qo’shilishi bilan sifat jihatdan oldingisidan farq qiladigan moddani olamiz. Normal uglevodorodlardan molekula tarkibiga kiruvchi uglerod atomlarining sonini ortib borishi bilan ularning suyuqlanish temperaturasi qonuniy ortib boradi. Masalan : metaning suyuqlanish temperaturasi -182,5 o C , pentadekan (C15H32) +10oCda, gektan (C100H202) esa +115,4oC da suyuqlanadi. To’yingan uglevodorod gomologik qatori a’zolarining odatdagi sharoitda holatlari quydagicha o’zgaradi: CH4…C4H10 - gazlar, hidsiz. C5H12…C15H32 – suyuqliklar, hidli. C16H34… - qattiq hidsiz. To’yingan uglevodorodlarning qaynash temperaturalari va zichliklari (ρ) ularning molekulasidagi uglerod atomlari soniga bog’liq holda o’zgaradi: Alkanlarning suyuqlanish temperaturasining ortishi normal uglevodorodlarining molekulasidagi uglerod atomlari soni “toq” yoki “juft” bo’lishligiga bog’liq bo’lib, “toq” bo’lganda “juft” bo’lgandagiga qaraganda kamroq ortadi. Alkanlar zanjiri tarmoqlangan bo’lsa (izomerlar) ularning qaynash temperaturalari tarmoqlanmagan (normal) zanjirli uglevodorodlarga nisbatan past bo’ladi. Masalan : n – pentan - 159, 6oCda suyuqlansa, izopentan – 129,7oCda suyuqlanadi. Aksincha, suyuqlanish temperaturasi esa tarmoqlangan uglevodorodlarda yuqori, tarmoqlanmagan zanjirlarda esa past bo’ladi. Masalan : n – oktan (C8H18) ning suyuqlanish temperaturasi -56,8oC, uning izomeri geksametiletan (2,2,3,3 – tetrametilbutan ( ) odatdagi sharoitda qattiq modda bo’lib, uning suyuqlanish darajasi +104oCga teng. To’yinmagan uglevodorodlar qutbsiz moddalardir, ular suvda mutloqo erimaydilar. Download 364.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling