Sinf ona tilidan yangi testlar javoblari bilan Adabiy til nima?


Download 100.88 Kb.
bet1/7
Sana26.02.2023
Hajmi100.88 Kb.
#1232572
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-11 sinf ona tilidan yangi testlar 50 ta javobi bilan


10-11 sinf ona tilidan yangi testlar javoblari bilan
1.Adabiy til nima?
A)milliy tilning ko’rinishi
B) kishilarning nutqdagi hududiy tili.
C)o’zbek milliy tilining tarkibida,uning doirasida bo’ladigan til
D) milliy tilning rivojlangan,boyigan,takomillashgan va me’yorlashgan oliy shakli
To`g`ri javob: D (10-sinf ona tili 1-qism 7-bet)
2.Uslubiyatda nima o’rganiladi?
A) Til munosabatlari
B) nutq uslublari
C)to’g’ri gapirish va yozish
D)gaplarning o’zaro bog’lanishi.
To`g`ri javob: B (10-sinf ona tili 1-qism 12-bet)
3.Nutq uslublarini toping.
A) badiiy,ilmiy,publitsistik,rasmiy,so’zlashuv
B)badiiy,ilmiy,so’zlashuv,kitobiy,milliy
C)so’zlashuv,ilmiy,rasmiy,milliy,publitsistik
D) ilmiy,publitsistik,rasmiy,so’zlashuv,kitobiy
To`g`ri javob: A (10-sinf ona tili 1-qism 11-bet)
4.Muloqot vaziyati va sharoitiga muvofiq qaysi uslublar nutqning yozma shakliga mansub?
A) publitsistik
B) badiiy
C) ilmiy
D) barcha javoblar to’g’ri
To`g`ri javob: D (10-sinf ona tili 1-qism 15-bet)

5.Badiiy uslubga xos so’zni toping.
A) ovqat
B) taom
C) ne’mat
D) xo’rak
To`g`ri javob: C (10-sinf ona tili 1-qism 22- bet)
6.Salbiylik va ijobiylik bo’yog’iga ega bo’lgan so’zlarni toping.
Aravaning orqasidan iljaygan kalla ko’rindi.
Qiz Umidga qarab jilmaydi.
A)iljaygan-salbiy.
B) jilmaydi-ijobiy
C)iljaygan-salbiy va ijobiy
D) A va B
To`g`ri javob: D (10-sinf ona tili 1-qism 24-bet)
7.Tig’i ishqning yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan,
Hajr sahrosida ohim o’tidin.
Anda gul yoxud giyohe butmagan.(A.Navoiy)
Shakldosh so’zlarning ma’nosini izohlang.
A)tugamagan,o’smagan,tuzalmagan
B)tuzalmagan,tugamagan,o’smagan,
C)Tugamagan,tuzalmagan,o’smagan
D)o’smagan,tugamagan,tuzalmagan

Download 100.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling