Siyosiy islohotlar demokratik jamiyat barpo etish va uning rivoji asos- negizi


Download 49.5 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1596853
  1   2   3
Bog'liq
1548922096 73912


Siyosiy islohotlar davlat hokimyatining milliy huquqiy demokratik asoslarining barpo etilishi
Reja:
1. Siyosiy islohotlar - demokratik jamiyat barpo etish va uning rivoji asos-negizi.
2. Siyosiy plyuralizm va siyosiy sohani erkinlashtirish.


Siyosiy islohotlar - demokratik jamiyat barpo etish va uning rivoji asos-
negizi
Ushbu mavzuni yoritishda, avvalo, siyosat, siyosiy islohotlarning o'zi nima, ularning mazmun-mohiyati nimadan iborat, kabi masalalarga to'xtalib o'tsak maqsadga muvofiq bo'ladi, deb o'ylaymiz. Siyosat yunoncha “politik” ya'ni “davlat” yoki “ijtimoiy ish” degan ma'noni anglatadi. Siyosat – bu davlatni, jamiyatni boshqarish san'ati va mahoratini, turli tabaqa va guruhlarning o'zaro munosabatlari bilan bog'liq faoliyat doirasidir. Siyosat jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olishi bilan birga, uning asoslari iqtisod, ma'naviyat bilan uzviy bog'liq holda tahlil etiladi. Demak, “siyosat” jamiyat siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotining umumlashgan, ya'ni integrallashgan ifodasidir. Siyosatning jamiyat hayotiga bevosita ta'sirini hisobga olib, uni jamiyat hayotini belgilaydi, degan xulosaga kelmaslik kerak. Siyosat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo'lib, mavjud siyosiy hokimiyatning tuzilishi, demokratik jarayonlarning xarakteriga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Siyosatning o'ziga xos jarayon sifatida mustaqilligi shundan iboratki, u jamiyat hayotining ichki xususiyatlari bilan bevosita bog'liq holda uning yo'nalishlarida, rivojlanish bosqichlarida, ko'lami tabiati va nihoyat maqsad muddaolarida o'z aksini topadi. Shuning uchun ham “Iqtisodiy siyosat”, “Ijtimoiy siyosat”, “Madaniy siyosat”, “Agrar siyosat”, “Kadrlar siyosati” va h.k. siyosat kabi yo'nalishlar bilan farqlanadi. Bularning har biri o'zining ichki xususiyatlariga ega bo'lib, pirovardida siyosatning sub'ekti – davlatning hokimiyat shakli, tizimi, tashqi siyosatning tabiati va maqsadlari bilan o'zaro bog'liq bo'ladi. U jamiyatning siyosiy negizi bilan ham uzviy bog'liq bo'lib, siyosatning tabiatini belgilaydi.
Siyosat ko'rinishlarining o'zaro aloqasi va ta'siri siyosiy jarayonlarda namoyon bo'ladi. Siyosiy islohotlar - demokratik jamiyat barpo etish va uning rivoji, asos-negizi O'zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etish vazifalari siyosat va siyosiy munosabatlar, iqtisodiy, ijtimoiy, shaxsiy, milliy-ma'naviy munosabatlar bilan uzviy bog'liq. Natijada siyosat ijtimoiy hayotning barcha sohalari: iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy rivojlanishda o'ziga xos mavqega ega. Shuning uchun ham siyosiy islohotlar demokratik jamiyat qurishning asos-negizidir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar, asosan, hokimiyat va jamiyat o'rtasidagi muloqot asosiga qurilgan.
O'zbekistondagi siyosiy jarayonlar bevosita davlatning bosh islohatchilik roli va faol siyosat olib borishi bilan xarakterlanadi. Bu - tarixiy davlatchilik an'analari bilan belgilanadi. Xozirgi kunda jamiyatimiz siyosiy tizimi oldida turgan eng muhim vazifa bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tishda turli manfaatlar muvozanatini to'g'ri aniqlab olishdir. Bu borada bizga Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil, olti ustuvor yo'nalish va etti ustuvor vazifalar dasturilamal bo'lishi lozim.
Mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini demokratik erkinlashtirish, siyosiy islohotlarning mevasidir desak xato bo'lmaydi. O'zbekistonda demokratik huquqiy davlatni barpo etish, odil fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaroning oliy maqsadi hisoblanadi, unga erishishning yagona yo'li esa demokratiyani chuqurlashtirishdir. Ayni paytda, O'zbekistonda bu jarayonlar qanday kechmoqda?
Bizga ma'lumki demokratik jamiyatni barpo etishning xalqaro tamoyillari, dunyo hamjamiyati e'tirof etgan yo'riqlari mavjud. Bular fuqaroning o'z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning ko'pchilikka bo'ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar, teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir.
Demokratiyaning bu tamoyillari barcha mamlakatlar konstitutsiyalarida qat'iy belgilab qo'yilgan qoidalaridir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32-35- moddalarida fuqarolarning siyosiy huquqlari aniq belgilab qo'yilgan. Siyosiy islohotlar haqida gap borar ekan, avvalo siyosiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida umumbashariy qadriyatlarga asoslanish zarurligini unutmaslik kerak.
Prezident Islom Karimovning 1992 yilda chop etilgan «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqiyot yo'li» kitobida siyosiy sohada amalga oshirish kerak bo'lgan eng dolzarb masalalar birma- bir bayon etiladi. Shuningdek, ushbu kitobda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish. Jamiyat siyosiy tizimining, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati va mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo'yish, adolatli insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozimligi tahliliy bayon etiladi.
Mamlakatimizda turli siyosiy tashkilotlar, mafkura va fikrlarning rang-barangligiga asoslangan, butunlay yangi siyosiy tuzum yaratildi va u rivojlanib bormoqda. Respublikamizdagi 5ta siyosiy partiya O'zbekiston xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O'zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi va bitta “Xalq birligi” harakati, 200dan ortiq jamoatchilik birlashmalari va boshqa siyosiy institutlar mavjud.
Mamlakatimizda demokratik jamiyatni barpo etish borasida olg'a qadam tashlanmoqda. Chunki qisqa vaqt ichida dunyo hamjamiyati tomonidan keng qo'llanilayotgan demokratik qadriyatlar hayotimizga izchil tadbiq etilmoqda, 2002 yil yanvar oyida bo'lib o'tgan Referendum mamlakat siyosiy tizimining jahon hamjamiyatining barcha tamoyillariga mos keladigan siyosiy islohotning amalga oshirilayotganligidan dalolatdir.
Prezident Islom Karimov Referendum yakunlari haqida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002 yil 4 apreldagi sakkizinchi sessiyasidagi ma'ruzasida shunday degan edi. «Bizning endigi vazifamiz - mana shu yo'ldan og'ishmay, boshlangan islohotlarni yanada chuqurlashtirib, pirovard natijaga etkazish va «Biz dunyoda hech kimdan kam bo'lmaymiz!» degan shiorni amalda ro'yobga chiqarishdan iborat».30
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, yangi ma'no-mazmun bilan boyitish, uning izchilligi va samarasini ta'minlash – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarning mazkur bosqichida oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir.

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling