Soliq sohasida axborot tizimi


Download 48.02 Kb.
bet1/6
Sana07.05.2023
Hajmi48.02 Kb.
#1440231
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Soliq to‘lovchilarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish afzalliklari va istiqbollari.



Toshkent Soliq Texnikumi
“Soliq sohasida axborot tizimi” fanidan
Mustaqil ish

Bajardi :1-kurs sirtqi talabasi Islamov Dilmurod


Qabul qildi : Mullaboyeva Dilnoza

Toshkent 2023


Soliq to‘lovchilarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish afzalliklari va istiqbollari.
Reja :

  1. Soliq xizmati organlari tizimida raqamlashtirish

  2. Soliq to‘lovchilar uchun interaktiv xizmatlar .

  3. Infografika - Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari Portali 2.0

  4. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali: elektron murojaatlarni amaliyotda ishlab chiqish jarayoni

Soliq xizmati organlari tizimida raqamlashtirish


2020-yil insoniyat oldiga yangi muammo va qiyinchiliklarni qo‘ydi. Shunga qaramay, mamlakatimiz Prezidenti farmon va qarorlari asosida aholi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar amalga oshirildi. Shuningdek, soliq sohasiga raqamli texnologiyalarning keng tatbiq etilishi natijasida soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishlari uchun keng va teng sharoitlar yaratildi.


“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida soliq jarayonlarini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda, 22 ta yangi xizmat joriy qilindi va axborot tizimlari kompleksini Yagona platformaga o‘tkazish choralari ko‘rildi.


Bir so‘z bilan aytganda, soliq islohotlari butun soliq ma’muriyatchiligi jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish bilan birga olib borilmoqda. Davlat soliq qo‘mitasi 2020-yilda konseptual jihatdan quyidagi yangi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldi:


- soliq ma’murchiligi va xizmatlariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, orqali inson omili aralashuvini bekor qilish;


- “Soliq idorasi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida ham xizmat ko‘rsatish, ham muammolarni hal qilish bo‘yicha tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;


- aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va adolatli munosabat bildirilishini ta’minlash;


- insofli soliq to‘lovchilar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berish, soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarilishini rag‘batlantirish;


- soliq organlari tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash va qayta tayyorlashga mutlaqo yangicha yondashuv;


- aholi turmush-tarzini yaxshilash bo‘yicha 4-sektor ishini kuchaytirish;


- mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish va tizimli yechimlarini amaliyotga tatbiq etish.


Pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramasdan 2020-yilga belgilangan 99,6 trillion so‘mlik soliq tushumlari rejasi 103,6 trillion so‘mga (104 %) yoki 4 trillion so‘mga qo‘shimcha daromadlar bilan bajarildi (2019 yildagi 83,3 trillion so‘mga nisbatan o‘sish 124,4 foiz).





Download 48.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling