Sovet hokimyatining O'zbekiston ssrdagi sanoatlashtirish siyosati (1925-1941 yillar). Reja: Kirish


Download 40.87 Kb.
bet1/5
Sana23.09.2023
Hajmi40.87 Kb.
#1686226
  1   2   3   4   5
Bog'liq
OF-1


Sovet hokimyatining O'zbekiston SSRdagi sanoatlashtirish
siyosati (1925-1941 yillar).
Reja:
Kirish.
1. O‘rta Osiyo respublikalarida sovetlarning 25-41 yillarda yuritgan mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlari.
2. O‘zbekistonda sanoatlashtirish va jamolalashtirish siyosati va uning oqibatlari.
3. Sovet hokimiyatining o‘lkamiz da yuritgan qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari. Qonun va inson huquqlarining poymol etilishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Jamiyatimizda yuz berayotgan tub iqtisodiy, siyosiy, madaniy o‘zgarishlar o‘tmishga va bugungi tariximizga yangicha qarashlarni vujudga keltirish tabiiy xoldir.
O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini belgilayotgan davrda tarixga, ayniqsa, 20-yillardagi tarixiy voqyealikka, davr xodisalarga qiziqish qonuniy ravishda kuchaydi. Zero, hozirgi vaqtda tarixiy haqiqatni to‘g‘ri baholash zarurati kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo‘lib qoldi. Binobarin, tarix voqyealariga real baho berish ma'naviyatimizning tiklanayotganligidan nishonadir. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov aytib o‘tganidek: “Halqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma'naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi”
Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi kundagi ko‘pgina fojialarimiz va qiyinchiliklarimiz keyingi o‘n yillarda umuminsoniy qadriyatlardan chekinganimizning oqibatida yuz berayotganligi shubha tug‘dirmaydi.
O‘tmishga, bo‘lib o‘tgan tarixiy burilish natijalariga murojaat qilargan millionlab odamlar ba'zan g‘ayriihtiyoriy ravishda, hozirgi zamonda ham inqilobiy to‘ntarishlarni amalga oshirish mumkinligiga ishonch xosil qiladilar. Tarixiy voqyealarning tajriba va saboqlaridan hozirgi sharoitda foydalanishga harakat qiladilar.
Tarixiy fanlarning eng muhim masalalarini chuqur o‘rganishga qiziqish kuchaygan hozirgi vaqtda ziddiyatli 20-30 yillardagi O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy hayotini atroflicha, har tomonlama o‘rganish maqsadga muvofiqdir.



Download 40.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling