Sptning imkoniyatlari Reja


Download 219.5 Kb.
bet1/11
Sana26.01.2023
Hajmi219.5 Kb.
#1128936
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
SPTning imkoniyatlari

SPTning imkoniyatlari

Reja:

  1. Sotsial psixologik treninga qo’yiladigan talablar

  2. Guruhiy psixologik faoliyat

  3. Guruh psixoterapiyasi psixoterapiya turlaridan biridir.

  4. Psixologik faoliyatda guruhiy usulning afzalliklari va kamchiliklari

Sotsial psixologik treninga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:


Birinchidan: Trening guruhi a’zolaridan sotsial faollik talab etiladi chunki guruh a’zolari vaziyatlarda o’zlaridagi va o’zgalardagi mavjud bilim va malakalardan foydalanib guruh a’zolarining harakatlari hamda vaziyatning talabiga ko’ra aniq xulq atvor shakllarini namoyon qilishlariga to’g’ri keladi.
Ikkinchidan: Trening guruhi a’zolarida doimiy izlanuvchanlik, muayan joyda vaziyat hamda rollarni tahlil qilgan holda uning mohiyatini tushunish u yoki bu rolga kirishi lozim bo’ladi, chunki trening tafakkur va qarashlarning egiluvchan hamda vaziyatlarga mos bo’lishini taqozo etadi.
Uchinchidan: Sotsial psixologik trening mashg’ulotlarida namoyon bo’ladigan xulq-atvor shakllarining ob’ektivlashuvi, ya’ni guruh a’zolarining munosabati va ularning talablaridan kelib chiqqan holda har bir ishtirokchi ayni shu rolga mos harakatni real xulqda mustahkamlashi va boshqalar ta’sirida uni ongli ravishda qabul qilishi zarur va nihoyat har bir mashg’ulot va muloqot sheriklarining maksimal tarzda bir birlarini hurmat qilishlariga asoslanmog’i kerakki, natijada shaxs bunday mashg’ulotlardan keyin begona fikrlarni ham qadrlashga, ular bilan hisoblashishga «O’zga bo’lish» va birovlarni tinglashga mos tarzda o’z fikr mulohazalarini bayon etishga o’rganadi. Demak, sotsial psixologik treningning tub mohiyati – kishilarni o’zini va o’zgalarni bilish, tushunish, insoniy munosabatlarga o’rgatishdan iborat.
Odatda trening mashg’ulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda (tabiat quchog’ida) o’tkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi asosiy
talab shuki shu guruh a’zolari bir biriga hissi yaqin bo’lishlari o’zaro bevosita ta’sir ko’rsatish yoki ko’zlariga boqish imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak. Masalan:
«Yumaloq stol» atrofida kishilarning to’planishi yuzma-yuz o’tirish va h.k.
Guruh a’zolarining qanday shaklli stol atrofida o’tirishlari, yoki bir-birlariga nisbatan fazoviy joylashishlariga qarab, shaxslarni o’zlarini ruhiy his qilishlari ham har xil bo’ladi. Masalan: agar trening guruhi a’zolari to’rt burchak stol atrofida joylashgan bo’lsalar bunda har bir a’zoning fazoviy tasavvurlari va munosabatlari bahs-munozaraga moyil bo’ladi va bunday holat «Men-munozaradaman» deb ataladi. Yoki taxminan 1,5 metrga 2 metr diametr yumaloq stol atrofida o’tkazilayotgan suhbatdagi shaxs holati «Men o’yindaman» deb atalsa yumshoq yuza (kreslo, gilam va divan) ustida xohlagan qulay holatda bo’lsa «Men-o’zimda» deb ataladi.

Download 219.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling