Statistika” fanidan yozgan Yakuniy nazorat ishi Yakuniy nazorat 11-variant savollar: Savol


Download 1.24 Mb.
bet1/5
Sana13.12.2020
Hajmi1.24 Mb.
#165921
  1   2   3   4   5
Bog'liq
HBA-60 No’monova Yulduz. Statistika. Yakuniy nazorat. 11-variant


Toshkent Moliya Instituti

Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti



HBA-60 guruh talabasi

No'monova Yulduzning

Statistika” fanidan yozgan



Yakuniy nazorat ishi

Yakuniy nazorat

11-variant

SAVOLLAR:

1.Savol. Milliy boylikni statistik o’rganishning ahamiyati. Asosiy kapitalni baholash turlari va tasnifi.

2.Topshiriq. Quyidagi ma’lumotlar berilgan:

(mln.so’m). Bo’sh kataklarni to’ldiring.





3.Misol. ”A” respublikaning YAIM hajmi 2009 yilda 2008 yilga nisbatan 2% ga o’sgan, 2010 yilda u 2009 yildagi hajmiga nisbatan 105% ni tashkil qilgan, 2011 yilda esa 2009 yilga qaraganda YAIM hajmi 1,2 martaga ko’p bo’lgan. 2012 yilda “A” respublikada YAIM hajmi 25 mlrd. dollarlik (2011 yilga qaraganda 10% ortiq), 2013 yilda 30 mlrd.doll., 2014 yilda 37mlrd.doll.

Aniqlang: 1. Barcha yillarga YAIM ning mutloq hajmini (jadval ko’rinishida tasvirlang)

2. 2008-2014 y.y o’rtacha yillik o’sish va qo’shimcha o’sish sur’atlarini.

JAVOBLAR:

1.Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo'lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining boshlang'ich va yakuniy holatini ifodalaydi. Milliy boylik hajmining ortishi iqtisodiy o'sishning muhim omili hisoblanadi. Shu bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari mujassamlanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to'ldiriladi va yangilanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan foydalanish darajasi davlat va xalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim yakunlovchi ko‘rsatkichlari sifatida qaraladi. Milliy boylik hajmi va tarkibining o'zgarishiga qarab takror ishlab chiqarish va jamg‘arish jarayonining tendensiyalari haqida fikr yuritiladi.

Milliy boylik – makroiqtisodiy statistikaning tayanch ko’rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) – mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori esa – mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.

Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligini hajmini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug’ullanganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixdan ma’lumki, milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada (1664 yilda) U.Petti hisoblagan. Bu ko’rsatkich Fransiyada 1789 yilda, AQSh da 1805 yilda va Rossiyada esa 1864 yilda hisoblangan.

Milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash, ularni yagona kontseptsiyalar asosida qiymatini, strukturasini, dinamikasini hamda foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy statistik tahlil qilish maqsadida BMT statistika komissiyasi huzurida va Jahon banki panohida Dj.Dikson (AQSh) va K.Xamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruhi tuzildi. Bu guruh 1997 yilda 92 mamlakat bo’yicha (1994 yil ma’lumotlari asosida) va 2000 yilda 10 mamlakat bo’yicha (1997 yil ma’lumotlari asosida) milliy boylikning elementlari bo’yicha qiymatini, strukturasini va jon boshiga to’g’ri keladigan darajasi hamda indeksini hisoblashdi.



O’zbekiston Respublikasida tabiiy kapitalning qiymatini hisoblash masalasi yechilmagani uchun «Aktivlar va passivlar balansi»ning faqat asosiy fondlar va moddiy aylanma mablag’lar balanslari tuzilar edi. Bu hol hanuzgacha davom etmoqda. Demak, bugungi kunda Respublikamizda milliy boylikning tarkibi, hajmi, tarkibiy tuzilishi va dinamikasi Xalqaro standartlarda hisoblanmaydi. Jahon mamlakatlari orasida Respublikamizning tutgan o’rnini bilish, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan milliy boylik hajmini hisoblash, mamlakatimiz regionlarining salohiyatini baholash va undan foydalanish darajalarini hisoblash hamda boshqa iqtisodiy-statistik tahlilni amalga oshirish uchun milliy boylik hajmini xalqaro standartlarda hisoblash zarurdir.



Statistika fanida milliy boylikning tarkibiga milliy mulk - mehnat mahsuli bo’lgan va hisoblash vaqtida mavjud bo’lgan boylikdan tashqari tabiat in’omi hisoblangan boyliklar: qazilma resurslari, yer resurslari, iqlim, suv resruslari, o’simlik (o’rmon va boshqalar), hayvon resurslari va boshqa tabiiy in’omlar ham kiritilishi ma’qullangan. Biroq bunda milliy mulk – qiymat shaklida, tabiiy in’omlar faqt natural shaklida ifodalanishi taklif qilingan. Milliy boylik hajmi va tarkibini shu 3 xil metodda hisoblash tarafdorlari O’zbekistonda ham mavjud edi. O’zbekistonda milliy boylik hajmi va tarkibi bo’yicha quyidagi ma’lumotni ko’rishimiz mumkin:

Shu davr ichida asosiy fondlarning hissasi (salmog’i) 2,7.p.p. ga oshdi, ammo aholi uyida jamg’arilgan molk-mulkning salmog’i 7,8 punktiga pasaydi. O’zbekiston tabiiy in’omlarga boy mamlakat, ammo aholisi va xalq xo’jaligida band bo’lganlarning milliy mulk bilan ta’minlanishi juda past bo’lgan.

Milliy boylikni – milliy mulk doirasida hisoblashni O’zbekiston statistika xizmati keyingi davrlarda ham davom ettirdi. Respublikadagi ba’zi iqtisodchilar Milliy boylikni milliy mulk va iqtisodiy oborotga tortilgan tabiiy in’omlar yig’indisi sifatida qarasalarda, ammo O’zbekistonda qadimiy asori – otiqalar, shu jumladan, bebaho diniy obidalar borki, ularni qiymatini hisoblab bo’lmaydi degan fikrni ilgari suradilar. To’g’ri O’zbekistonning g’ururi bo’lgan qo’lyozmalar va tarixiy obidalar, noyob va betakror antikvar buyumlar borki, ularni baholash birmuncha murakkabdir. Biroq Saudiya Arabistoni, Italiya, Xitoy, Frantsiya va boshqa mamlakatlarda bu masalalar yechilgan.

Jahon bankining kengaytirilgan kontseptsiyasi asosida milliy boylikni hajmini hisoblash borasidagi hisob-kitoblarida O’zbekiston to’g’risida ma’lumotlar yo’q. Shuni qayd qilish kerakki, respublikada “Aktivlar va passivlar balansi”ni tuzish borasida bir muncha tajribalarning mavjudligini e’tiborga olib, “inson kapitali” ni baholashni yo’lga qo’yish va milliy boylik hajmini hisoblash mumkinligini ta’kidlamoqchimiz. Bu o’rinda ilmiy – tekshirish institutlari, oliy o’quv yurtlari va boshqa tashkilotlarning ko’magi zarurdir. Rossiya Fanlar Akademiyasi Iqtisod instituti, Rossiya Goskomstati va boshqa ilmiy-loyiha tashkilotlari hamkorligida Jahon Banki kontseptsiyasi asosida Rossiya va MDH ga kiruvchi boshqa respublikalar bo’yicha hisoblashning ilmiy-uslubiy asosi yaratilayotganini ham ta’kidlash joiz.

Milliy boylikning mehnat natijasida paydo bo'lgan qismi — milliy mulkning 90 foizi asosiy fondlar hissasiga to'g'ri keladi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling