Sulfat kislota ishlab chiqarishning kontakt usuli


Download 0.67 Mb.
bet1/15
Sana28.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1303711
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISHNING KONTAKT USULI JUMANIYOZ


SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISHNING KONTAKT USULI


1-§. Sulfit angidridni sulfat angidridga oksidlash


Katalizatorlar ishtirokida sulfit angidridni oksidlashning fizik-kimyoviy asoslari. Kontaktli usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishda sulfit angidridni oksidlash:

SO2 + 1/2O2 ⇄ SO3


reaksiyasi bo‘yicha katalizator ishtirokida amalga oshiriladi. Bu jarayon kontaktlanish deb ataladi. Tinch holatdagi kontakt massa qatlami yoki qaynovchi qatlamdagi katalizator orqali gaz o‘tkazilganda gaz katalizator bilan bevosita to‘qnashadi.
Turli xil metallar, ularning qotishmalari va oksidlari, ayrim tuzlar, shisha, chinni, gillar, tog‘ billuri kristallari hamda boshqa modda va materiallar sulfit angidrid oksidlanishini tezlashtirish xususiyatini namoyon etadi. Har bir katalizator ma’lum darajadagi, uning uchun xarakterli kontaktlanish foizini ta’minlaydi. Sanoat sharoitida nisbatan yuqori kontaktlanish foiziga erishishni ta’minlaydigan katalizatorlardan foydalanish qulaydir, chunki oksidlanmagan SO2 qoldiqlari absorbsiya bo‘linmasida ushlab qolinmaydi va u chiqindi gazlari bilan birgalikda atmosferaga chiqib ketadi.
Uzoq vaqt ushbu jarayon uchun platina eng yaxshi katalizator deb hisoblab kelingan, u juda mayda maydalangan holatda tolali asbestga, silikagelga yoki magniy sulfatga aralashtirib ishlatilgan. Lekin platina juda qimmatbahodir, bundan tashqari, gaz tarkibida juda oz miqdordagi mishyak, selen, xlor va boshqa qo‘shimchalarning bo‘lishi uning katalitik faolligini juda kuchli darajada pasaytiradi. Shuning uchun platinali katalizator ishlatilganda kontakt zavodining murakkab asbob-uskunalar bilan jihozlanishi talab etiladi, tayyor mahsulot tannarxi esa katta bo‘ladi.
Platinasiz katalizatorlar ichida yuqori katalitik faollikka ega bo‘lgan vanadiyli katalizator esa platinali katalizatorga nisbatan ancha arzon va zararli qo‘shimchalar ta’sirida kam zaharlanadi Respublikamizdagi. sulfat kislota ishlab chiqarish zavodlarida asosan vanadiyli katalizator ishlatiladi. Sanoatda katalizator odatda kontakt massa (vanadiyli kontakt massa) deyiladi.
Sulfit angidridning oksidlanish reaksiyasi ekzotermikdir; uning issiqlik effekti, barcha kimyoviy reaksiyalardagi singari, haroratga bog‘liqdir (4.1-jadval).
4.1-jadval
SO2 ni SO3 ga oksidlanish reaksiyasi issiqlik effektining haroratga bog‘liqligi
(SI sistemasiga qayta hisoblash koeffitsienti: kkal/mol x 4,19 = kj/mol)

Harorat, OC

Reaksiya issiqligi, kkal/mol

Harorat, OC

Reaksiya issiqligi, kkal/mol

25

22,939

500

22,506

100

22,975

550

22,399

200

22,949

600

22,285

300

22,879

650

22,165

400

22,698

700

22,039

450

22,606







Texnik hisoblashlar uchun yetarlicha bo‘lgan 400-700OC harorat intervalidagi bu reaksiyaning issiqlik effekti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin:


Q = 10142 – 9,26T j/mol (24205 – 2,21T kal/mol)
Bu yerda: T – harorat, OK.
SO2 ning SO3 ga oksidlanish reaksiyasi qaytar jarayondir. Bu reaksiyaning muvozanat konstantasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

bu yerda: , , – SO3, SO2 va O2 larning muvozanatdagi parsial bosimlari, atm.
Kr kattaligi, shuningdek, haroratga bog‘liqdir (4.2-jadval). Amaliy hisoblashlar uchun yetarlicha aniqlikdagi Kr qiymati 390-650OC harorat intervalida quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

4.2-jadval


SO2 ni SO3 ga oksidlanish reaksiyasi muvozanat konstantasi Kr ning haroratga bog‘liqligi

Harorat, OC

Kr

Harorat, OC

Kr

300

566

525

31,5

400

442,4

575

13,6

425

241,0

600

9,37

450

137,3

625

6,75

475

81,2

650

4,68

500

50,0










Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling