Suv havzalarining qatlam zonalarga bo‘lish Reja


Download 118.35 Kb.
bet1/8
Sana03.12.2023
Hajmi118.35 Kb.
#1797248
  1   2   3   4   5   6   7   8

Suv havzalarining qatlam zonalarga bo‘lish
Reja:

  1. Suv havzalarini vertikal ekologik zonalanishi

  2. Suv havzalarini ekologik zonalari,

  3. dunyo okeanini biogeografik rayonlarga ajralishi,

  4. okean tubi zonalarga ajralishi

Okean tubi o‘ziga xos tabiiy jarayonlar va tabiiy bog‘liqliklarga ega bo‘lgan o‘ziga xos fizik-geografik majmua. Okean tubi okean sathiga xos fizik-geografik sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq. Okean tubining asosiy qismlardagi ko‘rsatkichlar deyarli bir xil bo‘lsa ham (yorug‘lik, xarorat taqsimoti, zichlik), shunga qaramay, okean tubidagi fizik va geografik jarayonlashtirish okean yuzasidagi sharoitni namoyon qiladi. Okeanlar yuzasidagi iqlim sharoiti, birinchi navbatda, chuqur okean tubidagi cho‘kindilarining tarqalishida va ba’zi hollarda sayoz suvli cho‘kindilarning sezilarli darajada tarqalishida namoyon bo‘ladi.


I.NLыmarev (1978) ta’kidlashicha, asosan okean zonalarining uchta tizimi mavjud: sirt, ichki suv qatlami va tub qatlam. Uning fikriga ko‘ra, ichki suv qatlamini rayonlashtirish oraliq va chuqur suv massalarini, ya’ni qalinligi 2,5-3,5 ming metr bo‘lgan suv ustuni o‘zichiga oladi, bu yerda uchta okean zonasini ajratadi: arktik-burreal, ekvatorial-tropik va antarktida-notali.
V.I.Lыmarevga ko‘ra, okeanda geografik zonalarning ko‘p qavatliligi namoyon bo‘ladi. Ular nafaqat yuzada, balki ichki suv qatlamida ham, okean tubida ham namoyon bo‘ladi, bu yerda geografik hodisalarni rayonlashtirish vositasi, huddi ikkilamchi darajada bo‘lib qoladi. Fizik va geografik rayonlashtirishning namoyon bo‘lishi pastki cho‘kindilarning tarqalishida ham, tubsiz abissal faunadagi farqlarda ham qayd etilgan. Faunaning ko‘p qismi uchun pastki tuproq asosiy oziq-ovqat manbai hisoblanadi.
Jahon okeanining tub qismida quyidagi fizik-geografik zonalar aniq ajratilgan:

  • Shimoliy qutb (arktik),

  • Shimoliy subpolyar (subarktik),

  • Shimoliy mo‘tadil,

  • ekvatorial-tropik,

  • janubiy mo‘tadil,

  • Janubiy subpolyar (subantarktik),

  • Janubiy qutb (Antarktida).


Download 118.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling