Suvchechak — alomatlari, yuqish yo’llari, davolash, asoratlari, oldini olish Re’ja


Download 179.47 Kb.
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi179.47 Kb.
#1242143
  1   2   3   4
Bog'liq
suvchechak


Suvchechak — alomatlari, yuqish yo’llari, davolash, asoratlari, oldini olish

Re’ja

  • Qo’zg’atuvchisi

  • Alomatlari

  • Xavf guruhi

  • Tashxislash

  • Suvchechakni davolash

  • Asoratlari

  • Oldini olish



Suvchechak (lot. Varicella) — o’tkir virusli kasallik, havo-tomchi yo’l orqali yuqadi. U isitmasimon holat, butun tana bo’ylab qizil toshmalar va donachalar paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Kasallikning takroran kuzatilishi kamdan-kam hollarda qayq qilinadi. Odatda insonlar hayoti davomida bu kasallikka bir marta duchor bo’lishadi.

1990-yillarning o’rtalariga kelib kasallikka qarshi vaksina kashf etilganligi sababli hozirgi kunda kasallanishlar soni keskin kamaygan.




Qo’zg’atuvchisi
Suvchechak qo’zgatuvchisi Varicella Zoster virusi bo’lib, o’lchami yirik, oddiy yorug’lik mikroskopida ko’rinadi. Kasallikning 3-4-kunidan boshlab toshmalar ichidagi suyuqlikda aniqlanadi. Virus tashqi muhitga chidamsiz bo’lib, quyosh nurlari ta’siri, qizdirish, ultrabinafsha nurlari ostida tezda nobud bo’ladi. Organizmdan tashqarida uning yashovchanligi o’rtacha 10 daqiqani tashkil etadi. Qo’zg’atuvchi 3-tip gerpes guruhi viruslariga mansub.



Virusning tasviri

Kasallikka ta’sirchanlik 70 foizni tashkil etadi. Bemorlar kasallikni toshma toshishidan 24 soat oldin va toshmalarning usti qobiq bilan qoplanguncha muddat oralig’ida atrofdagilarga yuqtirishi mumkin. Aksariyat hollarda virus bilan zararlanish kasallangan kishi bilan aloqa qilish natijasida yuzaga keladi. Keng tarqalgan yuqish yo’llari:





  • So’lak;

  • Yo’tal;

  • Aksa urish;

  • Pufakchalardagi suyuqlik bilan aloqa qilish.

Kasallik asosan 6 oylikdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, homilador ayollar kasallanganda, homila ham suvchechak bilan kasallanishi ehtimoli mavjud bo’ladi. Bu bolada tug’ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin, masalan badbasharalikka. Kasallik shifo topganidan so’ng organizmda barqaror immunitet hosil bo’ladi.

Download 179.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling