Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfini


Download 112.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.06.2023
Hajmi112.49 Kb.
#1652137
  1   2   3   4
Bog'liq
SUVDA HAMDA QURUQLIKDA YASHOVCHILAR SINFINI O\'RGANISHNING ZAMONAVIY




19.81-GURUH TALABASI: 
USMONOV HOSHMXON
 
 



SUVDA HAMDA QURUQLIKDA YASHOVCHILAR SINFINI 
O'RGANISHNING ZAMONAVIY USULLARI 
 
Reja: 
1. Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfining umumiy tavsifi. 
2. Suvda va quruqlikda yashovchilarning vakili sifatida baqaning tashqi 
tuzilishi. 
3. Suvda va quruqda yashovchilarning sistematik obrazi 8 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 



1.Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfining umumiy tavsifi. 
Suvda va quruqda yashovchilar – quruqda yashovchi umrtqalilarning birinchi 
sinfi bo’lib, suvda yashagan qadimgi ajdodlarning bir qancha belgilarini ham 
saqlab qolgandir. Bu hayvonlarning individual rivojlanishida muhitning almashinib 
turishi juda ham harakterlidir. Amfibiyalarning dastlabki rivojlanishi suvda o’tadi 
va suvda yashashga layoqatlashgan lichinkasi (itbaliq) metomorfozlashib 
quruqlikda yashovchi etuk hayvonga aylanadi.
Quruqda yashovchi umrtqalilar singari amfibiyalarda besh barmoqli bo’g’imli 
oyoqlar bo’ladi. Bosh skeleti umrtqa pog’nasiga harakatchan birikadi. O’pka va 
terisi nafas olish organlari vazifasini bajaradi. O’pka orqali nafas olish munosabati 
bilan ikkita yurak bo’lmasi ikkita qon aylanish doirasi yuzaga keladi. Eshituv 
organida ichki quloqdan tashqari o’rta quloq (noora pardasi) bo’lishi eshituv 
organini havoda tovush to’lqinlarini eshitishga layoqatlashgandir.
Sistematikasi – suvda va quruqda yashovchilar – umrtqalilarning hammadan 
ko’ra turlari kam sinfi bo’lib, hozir 1900 turni o’z ichiga oladi. Umrtqalilarning 
barcha sinflaridan suvda va quruqda yashovchilar erning hammadan kam qismini 
ishol qiladi. Ular chuchuk suv havzalarining chetki qismlaridagina yashaydi va 
dengizda ham okeanda ham uchramaydi.
Hozirgi amfibiyalar uchta turkumga bo’linadi: 
1. Oyoqsizlar (Apoda) 
2. Dumlilar (Urodela) 
3. Dumsizlar (Anura)
Turlari eng ko’p bo’lgan turkum bu dumsiz amfibiyalardir, ular uzun orqa 
oyoqlarining yordamida, quruqlikka sakrab yurishga moslashgan bo’lib, hamma 
materiklarga tarqalgandir. Tipik vakillari: triton, salamandra bo’lmish birmuncha 
primitivroq dumli amfibiyalar ancha kam uchraydi va faqat Shimoliy yarim sharda 
(150 ga yaqin turi) tarqalgan. Nihoyat uchinchi turkum oyoqsizlardir bu 
turkumning turlari juda oz (50 tacha) bo’lib unga faqat tropik chervyagalar kiradi, 
chervyagalar juda qadimgi kosali (panstirli) amfibiyalarning erni kovlab hayot 



kechirishga layoqatlanganligi orqasida hozirgi zamonga qadar yashab qolgan 
qoldiqlari bo’lsa ajab emas.
Tashqi ko’rinishibaqaning tanasi kalta va keng bo’lib, kattagina yassi 
boshiga bilinmasdan qo’shilib ketadi, chunki baqaning bo’yi ko’rinib turmaydi. 
Dumi yo’q, boshining ikki tomnida bo’rtib chiqqan ko’zlari joylashgan, bu 
ko’zlarda pastki va ustki qavoqlar mavjud. Hamda uchinchi qovoq yumgich parda 
bor. Oiz katta, uning ustida bekitgich klapanli burun teshigi bor. Oldingi 
oyoqlarida 4 ta barmoq bo’lib, ketingi oyoqlariga nisbatan kalta, (faqat shular 
uchun xos) orqa oyoqlari juda uzun, pardali beshta barmoi bor. Tanasining oxirida 
chiqaruv teshigi kloaka bor. Gavdasi teri bilan qoplangan, terida maxsus shilimshiq 
ajratib chiqaruvchi bezlar bor.
Teri qoplaichlari suvda va quruqda yashovchi barcha hayvonlarning terisi 
singari, baqa terisi ham muhim nafas olish, suv almashishi organidir. Terisida shox 
tuzilmalar umuman bo’lmaydi, shilimshiq chiqaradigan bezlar nihoyatda ko’p. 
Baqaning terisi boshidan oxirigacha gavdaga yopishgan bo’lmaydi, ma’lum 
joylardagina gavdaga yopishgan bo’ladi.
1-rasm ko’l baqasining umumiy tuzulishi 



Skeleti yurishga moslashishi natijasida, baqa oyoqlarining juda boshqacha 
bo’lib tuzilganligi va dum bo’limi yo’q bo’lib ketganligiga yarasha baqa skeletida 
juda ham o’ziga hos bo’lib tuzilgan belgilar bor.
Umrtqa poanasi – faqat to’qqizta umrtqadan tashkil topgan bo’lib
4 ta bo’limga
1. Bo’yin
2. Tana
3. Dumaza 
4. Dum
Hamma amfibiyalarda bo’ynida faqat bitta umrtqa bor. Tana bo’limida 7 ta 
dumaza 1 ta umrtqadan iborat. Dum bo’limi bitta uzun suyak urostil (Urostyl) dan 
iborat.
Bosh skeleti – suvda va quruqda yashovchilarning bosh skeleti
ikki qismga: 
1. Miya qutisi
2. Vissteral bosh skeletdan iborat.
Baqaning miya qutisi ham bir oz xondrial suyaklarga ega bo’lib, ega bo’lib 
deyarli nuqul toaydan iborat, bu toay juda kam qoplagich suyaklar bilan 
qoplangan. Miya qutisining ensa bo’limida bo’rtmalar bor bular harakatchan bitta 
bo’yin umrtqasiga birikadi. Vissteral bosh skeleti ustki va ostki ja suyaklaridan 
iborat va bir nechta tanglay suyagi, yonoq suyagi, tish suyaklaridan iborat, bularda 
qisman suyak bo’ladi.
Elka kamari – bu kurak va o’mrov suyaklaridan iborat bo’lib, bularda ko’krak 
qafasi yo’q shuning uchun to’sh suyagi umrtqa poonasi bilan birikmagan.
Chanoq kamari – uch juft elementdan 
1. yonbosh
2. quymich 
3. qov 
Yonbosh elementi (suyak) uzun bo’lib, proksimal uchi dumaza o’simtasidagi 
ko’ndalang o’simtaga birikadi distal uchlari esa bir-biriga qo’shilib, qo’ymich 



kosasi, ya’ni son suyagining boshchasi kelib birikadigan chuqurchani hosil qilishda 
ishtirok etadi. Qo’ymich kosa hosil qilishda uchala tos elementlarining ishtirok 
etishi barcha umrtqalilar uchun xosdir.
Erkin oyoqlar skeletibaqaning erkin oyoqlar skeleti umuman quruqda 
yashovchi barcha umrtqali hayvonlar uchun xarakterli bo’lgan tipik besh barmoqli 
oyoqlar kabi tuzilgandir.
Baqaning oyoqlari skeleti sxemasi tubandagidek. 
1. Oldingi oyoq: elka – (elka suyagi) bilak (ikkita suyakdan bilak va tirsak) oyoq 
kafti, barmoq suyaklaridan iborat.
2. Ketingi oyoq: Son-bitta (Son suyagi) boldir – ikkita (katta boldir, kichik boldir) 
oyoq kafti-uchta kenja bo’limdan: tovon kaft-barmoq.
Muskul sistemasi – baqaning muskul sistemasi , asosan, oyoq muskullarining 
ancha takomil etganligi va ayrim muskullarning murakkab sistemadan iborat 
bo’lishi, tana muskullarining ko’pincha differenstiyalanganligi bilan baliqlar 
muskul sistemasidan farq qiladi.
Nerv sistemasi: ikkiga
a) bosh miya
b) orqa miya
Bosh miya asosan oldingi miyaning ko’p takomil etganligi, yarim sharlarga 
ro’yrost ajralganligi va miyachaning ajralmay qolganligi. Bosh miyadan o’n juft 
bosh miya nervlari chiqadi. XII juft miya qutisidan tashqariga qolib ketadi, XI juft 
esa umuman rivojlanmagan. 
Baqada orqa miya nervlari o’n juft bo’ladi uch jufti oldingi oyoqni 
inervastiya qiluvchi elka nerv chigilini 4 jufti esa orqa oyoqlarini nerv bilan 
ta’minlovchi bel-dumaza chigilini hosil qiladi.
Qo’ruv organlari – quruqda yashovchilar uchun xarakterli bo’lib, havoda hiyla 
uzoq masofadagi narsalarni ko’rishga moslashgan. Bu moslanish ko’z gavxarining 
ikki tomonlama qavariq linza shaklida ekanligi, ko’zni qurib qolishdan 
saqlaydigan harakatchan qovoqlar borligi bilan xarakterlanadi.



1-rasm Ko’l baqasining tayanch harakat sistemasi 
1 miya qutisi 2yelka kamari 3 umurtqa pog’onasi 4 oyoq kamari 5 6 son 7.8 
boldir 9 yelka 10 bilak 11 panja 
Eshituv organlari - eshituv organida ichki quloqdan tashqari, yana ikkinchi 
bo’lim – o’rta quloq va noora parda bilan qoplangan. Noora pardani uzangi 
suyakchani bir uchi tegib turadi. Uzangi suyakcha noora parda tebranishlarini ichki 
quloqqa o’tkazadi.
Hidlov organlari baqalarning tashqi va ichki burun teshiklari xonalari 
bo’ladi. Tashqi burun teshiklarida maxsus burun klapanlari bo’ladi, bu klapanlar 
nafas olishda katta rol o’ynaydi.
Hazm qilish organlari baliqlar singari suvda ham quruqda ham 
yashovchilarda ham umumiy oiz, halqum bo’shlii, ichak yo’lining keng toraygan 
qismidangina iborat bo’lgan oshqozonga ochiluvchi katta qizil o’ngach bor. 
Oshqozon o’z navbatida chin ichakka aniq chegarasiz qo’shilib ketadi. Chin 
ichakka oldingi ichak o’rta ichakdan bilinar-bilinmas darajada chegaralashib 
turadi. Lekin (orqa) to’ri ichak juda yaxshi ochilib yopilib turadi, u keng bo’lib 
kloakaga ochiladi. Oiz bo’shliida so’lak bezlari bor. Ovqat hazm qilishda ko’z 
soqqalari ham qatnashadi.



Tishlari oddiy suyakka birikkan konussimon shaklda bo’ladi va ovqatni 
ushlab turishda asosiy rol o’ynaydi. Tishlari eyilangan sari tushib o’rniga boshqasi 
chiqib turadi.
Tili oiz bo’shliining tubida bo’lib, maxsus muskullardan iborat, tashqariga 
cho’zilib chiqa oladi. Ovqatni tortishi uchun xizmat qiladi. Tilni ustida doimo 
yopishqoq suyuqlik bo’ladi.
Nafas olish organlarivoyaga etgan katta baqaning nafas organi o’pka 

Download 112.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling