Suyuqlik va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari. Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari


Download 319.34 Kb.
bet1/8
Sana13.12.2022
Hajmi319.34 Kb.
#999002
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6 bosim, Arximed


8-Mavzu: Suyuqlik va gazlar mehanikasi. Suyuqlik va gazlarning laminar va turbulent oqimi. Suyuqlik va gazlarda bosim. Bernulle tenglamasi.
Reja:

  1. Suyuqlik va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari.

  2. Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari.

  3. Jismlarning suyuqliklardagi va gazlardagi harakati.



SUYUQLIKLAR VA GAZLAR MEXANIKASI
Suyuqliklarning qattiq jismlardan asosiy farqi ular o`z hajmlarini saqlay olsalarda, ammo shakllarini saqlay olmasligidir. Gazlar esa xajmini ham, shakllarini ham, saqlay olmaydilar. Bunga asosiy sabab ularni tashkil etuvchi zarralarining bir-biriga nisbatan erkin siljiy olishdir. Suyuqliklar va gazlarga berilgan bosim qattiq jismlardagidek faqat kuch ta’sir qilgan yo`nalishda emas, balki barcha yo`nalishlarda uzatilishiga ular zarralarining erkin harakatlanishi sabab bo`ladi. Suyuqliklar o`z xajmlarini saqlay olganliklari uchun ularning siqilish koeffisenti juda kichik yoki deyarli siqilmaydi. Gazlarda esa, aksincha, siqilish koeffisenti juda katta.
Suyuqlik va gazlarda bosim.
Suyuqlik va gaz (molekulalari) zarralari uzluksiz harakatda bo`lganligi tufayli u solingan idish devorlariga mexanik ta’sir ko`rsatadi. Bu ta’sirni bosim degan kattalik bilan ifodalaydilar.
Bosim deb, yuza birligiga tik ta’sir etuvchi kuchga teng bo`lgan kattalikka aytiladi. Bosim kuchi ham, har qanday kuch kabi jismlarning o`zaro ta’siri natijasida sodir bo`ladi. Bosimni R xarfi bilan belgilasak
(118)
Bunda F – bosim kuchi, S – F kuch ta’sir etayotgan yuza.
X.B. sistemasida bosim birligi qilib Paskal kabul kilingan
1 Paskal=1Pa=
Ko`pincha havo (gaz) bosimini atmosfera bosimi birligida o`lchaydilar. 1 fizik atmosfera deb, 760mm simob ustunining bergan bosimiga aytiladi.
1 fiz.atm=760mm.sm.ust=1,013105Pa
Texnikada bosim birligi qilib, texnik atmosfera bosimi qabul kilingan. 1 texnik atmosfera deb, 1kG kuchning 1sm2 yuzaga tik ta’sir etgandagi bosimi tushuniladi.

(118) dan ko`rinadiki, bosim va kuch ta’sir etuvchi sirt yuzasi ma’lum bo`lsa, bosim kuchini topish mumkin.
F=PS (118a)



Download 319.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling