Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari Reja: Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari
Download 345 Kb.
|
Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari
- Suyuqlik to’g’risida asosiy tushunchalar
Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari Reja: 1. Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari 2. Suyuqlik to’g’risida asosiy tushunchalar 3.Suyuqliklarga ta‘sir qiluvchi kuchlar 4.Suyuqliklarning fizik xossalari 5.Suyuqliklardagi ishqalanish kuchi. Nyuton qonuni. Qovushqoqlik 6.Gazlarning suyuqliklarda erishi. Kavitasiya hodisasi Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari Mexanikaning suyuqlik va gazlarning harakatini va muvozanatini o`rganadigan bo`limi gidrogazomexanika deyiladi. Suyuqlik va gazlar o`zlarining hususiyatlari bo`yicha qattiq jismlardan tubdan farq qiladi: Qattiq jism aniq geometrik shaklga va xajmga ega. Gazlar tayinli shaklga va xajmga ega emas. Suyuqlik egallagan xajmi o`zgarmas kattalikdan iborat bo`lib, o`ziga hos tayinli shaklga ega emas, u o`zi turgan idish shaklini oladi. Suyuqliklar molekulalarining birmuncha siljuvchan bo`lishi, xajm bo`yicha kam siqiluvchanligi ularning asosiy xossasidir. Ikki turli balandlikdagi suyuqlikning bosimlari P1 va P2 bir-biridan farq qiladi. Bu farq shu balandliklar orasida yotgan va ko`ndalang kesimi birga teng bo`lgan suyuqlik vertikal ustunining og`irlik kuchiga teng, ya’ni Demak p2=p1+gh bunda, -suyuqlik zichligi, h-balandliklar farqi, gh=p- gidrostatik bosim. Suyuqlik to’g’risida asosiy tushunchalar Juda kichik miqdordagi kuchlar ta‘sirida o’z shaklini o’zgartiruvchi fizik jismlar suyuqliklar deb ataladi. Suyuqliklar tomchilanuvchi va gazsimon suyuqliklarga bo’linadi. Suyuqliklar deganda tomchilanuvchan suyuqliklarni tushunamiz, ular suv, spirt, neft, simob, turli moylar va tabiatda va texnikada uchrab turuvchi boshqa har xil suyuqliklardir. Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha xususiyatlarga ega: Hajmi bosim ta‘sirida juda kam o’zgaradi va siqilishga qarshiligi juda katta; Harorat o’zgarishi bilan hajmi oz miqdorda o’zgaradi; Cho’zuvchi kuchlarga deyarli qarshilik ko’rsatmaydi. Sirtida molekulalararo o’zaro qovushqoqlik kuchi yuzaga keladi va u sirt taranglik kuchini vujudga keltiradi. Gazlar tomchilanuvchi suyuqliklarga qaraganda ham tezroq harakatlanuvchi zarrachalardan tashkil topgan bo’lib, ular bosim va harorat ta‘sirida o’z hajmini tez o’zgartiradi. Ularda cho’zuvchi kuchga qarshi va qovushqoqlik kuchi tomchilanuvchan suyuqliklarga nisbatan juda kam. Suyuqliklar tutash jismlar qatoriga kiradi va muvozanat ham harakat hollarida doimo qattiq jismlar bilan chegaralangan bo’ladi. Suyuqliklar gazlar bilan ham ma‘lum chegara bilan ajralishi mumkin. Bu chegara erkin sirt deb ataladi. Suyuqliklar siljituvchi kuchlarga sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Ularni aniqlash suyuqlik holatini tekshirishda muhim ahamiyatga egadir. Download 345 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling