Suyuqliklarning zichligini o‘lchash asosiy ma’lumotlar va klassifikatsiyasi


Download 239.2 Kb.
bet1/3
Sana14.03.2023
Hajmi239.2 Kb.
#1267304
  1   2   3
Bog'liq
4 .SUYUQLIKLARNING ZICHLIGINI O‘LCHASH (1)


4-ma’ruza

SUYUQLIKLARNING ZICHLIGINI o‘lchaSH

Asosiy ma’lumotlar va klassifikatsiyasi


Moddalarning zichligi texnologik mahsulotning sifatini, ba’zi hollarda esa tarkibini ham xarakterlovchi asosiy parametrlardan hisoblanadi. Zichlikni avtomatik o‘lchash asboblari ximiya, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoklaridagi bir qator jarayonlarni kompleks avtomatlashtirishdagi muhim elementlardandir. Masalan, bug‘latuvchi qurilmalar, absorber, distillyasion, rektifikatsion va boshqa apparaturalarni nazorat qilish hamda boshqarish zichlikning uzluksiz o‘lchab turilishini talab qiladi. Ba’zi ishlab chiqarishda suyuqliklarning zichligi erigan modda konsentratsiyasini aniqlash maqsadida o‘lchanadi.
Modda massasining hajmga nisbati zichlik deyiladi, ya’ni:
  m / V, (16)
bu erda  - zichlik, kg/m3, m - moddaning massasi, kg; V- moddaning hajmi, m3.
Suyuqlikning zichligi temperaturaga bog‘liq va normal (20°S) temperaturada quyidagi formula bilan hisoblanadi:
20  t  (20 - t )], (17)
bu erda t- suyuqlikning ish temperaturasidagi zichligi, kg/m3; - cuyuqlik hajmiy kengayishining o‘rtacha koeffitsienti 1/°S; t- suyuqlikning temperaturasi, °S.
Sanoatda suyuqlikning zichligini o‘lchash uchun qalqovichli, vaznli, gidrostatik va radioizotopli zichlik o‘lchagichlar eng ko‘p qo‘llaniladi.

Qalqovuchli zichlik o‘lchash asboblari


Qalqovichli zichlik o‘lchagichlarda Arximedning qalqovichga ta’sir etuvchi itarib chiqaruvchi kuchining suyuqlik zichligiga bog‘liqligidan foydalaniladi. Bu asboblar suzib yuruvchi va batamom cho‘kadigan qalqovichli bo‘ladi. Biripchi tur asboblarda zichlikni o‘lchash sifati qalqovichning cho‘kish chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchi tur asboblarda qalqovichning cho‘kish chuqurligi o‘zgarmaydi, faqat uning itaruvchi kuchi o‘lchanadi, bu kuch esa suyuqlikning zichligiga proporsional bo‘ladi. Birinchi tur zichlik o‘lchagichlarda qalqovichning og‘irlik kuchi qalqovichga zichligi  bo‘lgan, tekshirilayotgan muhit tomonidan, ham suyuqlik yuzasida bo‘lgan, zichligi 0 bo‘lgan muhit tomonidan ta’cir etadigan itaruvchi kuch bilan muvozanatlashadi. Qalqovich muvozanatda turganida itaruvchi kuch qalqovichning og‘irlik kuchiga teng bo‘ladi. Bunda tekshirilayotgan muhit zichligining har bir qiymatiga qalqovichning ma’lum botish chukurligi mos keladi.


O‘zgarmas kesimli qalqovich uchun itaruvchi kuch ifodasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
F=  g s x. (18)
4.1-rasmda suzib yuruvchi qalqovichli zichlik o‘lchash asbobining prinsipial sxemasi kursatilgan.


Asbob qalqovich 2, suzib yuruvchi o‘lchash idishi 1 dan iborat. Suyuqlik asbobga tarnov 7 orqali kelib, tarnov 9 orqali chikib ketadi. Suyuqlik zichligining o‘zgarishi qalqovich va u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zak 4 ning siljishiga olib keladi. O‘zak differensial transformator o‘zgartkich g‘altagida siljiydi. Ikkilamchi (kursatuvchi yoki qayd kiluvchi) asbob zichlik birligida darajalanadi. Temperaturaning kimpensatsiyasi ikkilamchi asbobning o‘lchash sxemasiga ulangan qarshilik termometri yordamida amalga oshiriladi. Zichlik o‘lchagichlar korroziyaga chidamli materiallardan tayyorlanib, agressiv suyuqliklar zichligini o‘lchashda ham ishlatilishi mumkin.


Oraliklagi o‘zgartkichning turiga qarab zichlik o‘lchagich elektrik yoki pnevmatik unifikatsiyalangan chiqish signaliga ega bo‘lishi mumkin.

Download 239.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling