T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r sit e t I s. Avezba y ev, T. Karabayeva


A F , =   ( S / r (hhf/ ? / i 2 S l)/Ke


Download 82.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana16.02.2017
Hajmi82.64 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25

A F , =   ( S / r (hhf/ ? / i 2 S l)/Ke, 
bunda  S   -  dala  ishlariga  mehnat  sarfi,  odam-kun,  KisM -  dala  shiyponidan 
foydalanish  koeffltsiyenti  (brigadaning  dala  shiyponida  boMish  kunlari 
sonining  dala  ishlari  davri  uzunligiga  nisbati);  R  -  xizmat  ko'rsatiladigan 
massivgacha  bo'lgan  o ‘rtacha  masofa,  km;  n  -  bir  kunda  bir  odamning 
qatnashlari  soni;  Sm  -  1  odamni  tashish  qiymati,  so‘m;  E  -  mashinada 
tashiladigan  odamlar soni  (to'ldirilish  koeffitsiyentini  hisobga olib).
Agar  kapital  xarajatlam ing  qoplanish  koeffltsiyenti  (qoplanish 
muddati)  m e’yoridan  oshm asa  yoki  xo‘jalikka  m a’qul  bo'lsa,  dala 
shiyponini  qurish  to‘g ‘risida qaror qabul  qilinadi.
Dala  shiyponi  uchun  xizmat  ko'rsatiladigan  massiv  markazida,  suv 
ta'm inoti  manbasi  va  elektr  tarm og'i  yonida  joylashgan  dalalar  va  ishchi 
uchastkalarga  borishga  qulay.  sanitariya-gigiena,  qurilish-loyihalash  va 
boshqa sharoitlari  b o 'yicha yaroqli  yer maydonchasi  ajratiladi.
Dala  shiyponining  maydoni  namunaviy  loyihalar  yoki  o'xshashlar 
m a’lumotlari  bo'yicha aniqlanadi.
Dala  shiyponini  joylashtirish  bilan  bir  vaqtda  dala  suv  ta'm inotini 
tashkil  etish  aniqlanadi.  Loyihalanayotgan  suv  manbasi  (shaxta  qudug‘i, 
artezian  qudug‘i)  ishchi  va  mashinalarga  quyish  uchun  yaroqli,  yetarli 
darajada  yaxshi  suvga  ega  bo'lishi  kerak.  Bir  kecha-kunduzdagi  suv  sarfi

m e’yorlari  quyidagidek:  xo‘jalik-ichish  maqsadlari  uchun  bir  odam ga  -  40- 
60  I,  traktorlar va kombaynlar uchun - 120-150  1.
Soylar,  chuqurliklar  va  boshqa  tabiiy  pastqamliklar  mavjud  bo'lgan- 
da qator vaziyatlarda,  kompleks  foydalaniladigan  (sug'orish,  baliq  urchitish, 
suvdan  texnika  ehtiyojlari  uchun  foydalanish)  ko’llar quriladi.
Suv  manbalarini  joylashtirish  loyihasini  iqtisodiy  baholashning 
asosiy  ko’rsatkichlari  dala  suv  ta ’minoti  uchun  yillik  xarajatlar  va  suv 
inshootlarini  qurish  uchun  xarajatlar  hisoblanadi.  Qurilishning  iqtisodiy 
samarasi 
ishlab 
chiqarishning 
yillik 
xarajatlari 
kamayishi, 
kapital 
xarajatlam ing qoplanish  muddati  bilan  aniqlanadi.
Agar  doimiy  suv  ta’minoti  manbalarini  qurish  samarasiz  bo'lsa,  dala 
suv  ta ’minoti  suvni  tashib olib  kelish  y o'li  bilan  tashkil  etiladi.
8.  Daraxtzorlar  hududlarini  tashkil etish
M eva-rezavor  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni  ko'paytirish  uchun 
bog'Iar  va  rezavorlar  hosildorligini  oshirish,  daraxtlam ing  nasllari-navlari 
tarkibini  sezilarli  darajada  o'zgartirish,  daraxtzorlar  tagiga  uchastkalami 
to 'g ’ri  tanlash  va  ular  hududlarini  tashkil  etishning  barcha  elementlarini 
asoslab  joylashtirish  kerak.  Demak,  daraxtzorlar  hududlarini  tashkil  etish­
ning  maqsadi  mehnat  va  m ablag'lam ing  optimal  sarflari  bilan  maydon 
birligidan  maksimal  miqdordagi  meva-rezavor  mahsulotlarini  olishni 
ta’minlovchi  eng yaxshi  tashkiliy-hududiy sharoit yaratish  hisoblanadi.
Daraxtzorlar hududlarini  tashkil  etishning asosiy  vazifalari: 
yerdan,  daraxtlarni  ekish  va  u la m i parvarishlash,  hududni y o  'liar,  suv 
inshootlari  va  sh.  o ’,  bilan  jihozlash  uchun  sarflanadigan  kapital 
xarajatlardan  oqilona  va .samarali foydalanish  uchun  tashkiliy-hududiy 
sharoitlar yaratish;
tuproqlarni eroziyadan himoyalash va a tro f muhitni muhofaza qilish; 
ishlab  chiqarish  jarayonlarini  mexanizatsiyalash,  qishloq  xo'jalik 
texnikasidan  va  mehnat  resurslaridan  samarali foydalanish,  daraxtlar
о "sishi va rivojlanishi uchun sharoitlarni yaxshilash.
B og'Iar  va  rezavorlar  hududlarini  tashkil  etishning  mazmuniga 
quyidagilar  kiradi:
turlar va navlarni tanlash va joylashtirish;
daraxtlar  qatorlarini,  kvartallam i,  palm et  bog ‘larida  va  uzumzorlarda 
katakchalarni joylashtirish;
ishlab  chiqarish  bo'lim larining  (brigadalarning)  turlarini,  sonini, 
m aydonlarini belgilash va  ularning y e r massivlarini joylashtirish; 
qo'shim cha  (yordamchi)  xo'jalik  markazlarini  (brigada  shiyponla- 
rini),  meva  saqlagichlarni,  zavodlam i,  meva-rezavor  xom   ashyosini 
qayta  ishlash  bo'yicha  sexlarni,  idish  sexlarini,  idishlarga  jo yla sh
1  GO

У

maydonchalarini,  zaharli  erilmalarni  tayyorlash  joylarini  va  sh.  o', 
joylashtirish;
ihota о ‘rmon polosalarini joylashtirish; 
y o  7 tarm og ‘ini joylashtirish;
suv manhalarini va sug ‘orish tarmog ‘ini (sitg ‘orishda) joylashtirish.
Hududni  tashkil  etishning  sanab  o'tilgan  elementlari  o‘zaro  qattiq 
bog'langan  va  kompleks  tarzda  yechiladi.  Daraxtzorlar  hududini  tashkil 
etish  loyihasi  sifatli,  1:10000,  1:5000,  1:2000  masshtablardagi,  rele f 
qirqimlari  (gorizontallar  orasi)  0,5;  1  m  bo'lgan  plan-xarita  materiallarida 
ishlanadi.
0 ‘zbekistonda  shoxlari  shakli  aylanasimon  (tabiiy)  b o g 'lar  ko‘p 
tarqalgan;  U lam ing  asosiy  ustunligi  -  ulami  shakllantirishning  yengilligi  va 
soddaligidir.  Intensiv  mevachilik  maxsus  yaratilgan  yassi  shoxli  (palmet 
bog'lari)  bog'lam i  o'stirishni  ko'zda  tutadi.  Bunda  barcha  shoxlar  bir 
tekislikda joylashadi  (shakllanadi)  (qator  yo'nalishida  biri-birining  ustida). 
Meva  daraxtlari  ko'chatlari  kuchli  o'sadigan,  yarimkarlik  va  karlik  bo'lishi 
mumkin.
Karlik  (past  bo'yli)  ko'chatli  palmet  bog'larining  ustunligi  ulaming 
2-4  yillardayoq  (odatdagidan  erta)  mevaga  kirishi  va  yuqori  hosil  berishidir 
(1  ga 200-400  s).  Shoxlaming tekis  shakli  tuproqlarga  ishlov  berish jarayon- 
larini  maksimal  mexanizatsiyalash,  o 'g 'itla sh ,  o'sim liklam i  zararkunandalar 
va  kasalliklardan  himoya  qilish  imkonini  beradi,  daraxtlami  qirqish  va 
hosilni  y ig ‘ishni  osonlashtiradi.  Baland  bo'lm agan  daraxtlarga  ega  (1,8-2,5 
metrdan  3-4  metrgacha)  palmet  bog‘ida  mevalami  yig'ishda  mehnat 
unumdorligi  oddiy  bog'lardagiga  nisbatan  2-3  baravariga  oshadi.  Bunday 
bog‘da  maydon  birligida  ko‘p  daraxtlami  joylashtirish  mumkin,  sababi 
qatorlar  orasidagi  masofa  kam.  Palmet  shaklidagi  past  bo'yli  daraxtlar 
shamollarning  zararli  ta ’siriga  kamroq  uchraydi.  Shu  bilan  birga  palmet 
bog'larini  o'stirish  qo'shim cha  mehnat  sarfini  va  ishchilaming  yetarlik 
darajada  yuqori  malakasini  talab  etadi.  Ular  hududlarini  tashkil  etishning 
xususiyatlariga  qo'shim cha  elementlami  -  katakchalar  va  katakchalar orasi­
dagi  yo'llarni  joylashtirish  kiradi;  oddiy  bog'lardan  kvartallar  maydonlari 
ham  farq  qiladi.
Meva  daraxtlari  turlarini  va  navlarini  tanlash  va  joylashtirish.
B og'lam ing tur-nav  tarkibiga  quyidagilar  bog'liq:
mevaga  kirishining  boshlanish  muddati  va  Joydalanish  davrining 
uzunligi,  mahsulot  chiqishi,  hog'ning  ishlab  chiqarish  maqsadi  va 
vazifalari;
ishchi  kuchi  va  ishlab  chiqarish  vositalarini y il  davomida  bir  tekis  ish 
bilan band etish; 
m ahsulotlam i sotish  imkoniyati;

hosilniyig'ishni,  qayta ishlashni,  saqlashni oqilona tashkil etish; 
har xil navlarni changlash uchun qulay sharoitlar; 
bog 'dorchilikda kapital xarajatlarning qoplanishi.
Ixtisoslashgan  bog'dorchilik  xo'jaliklarida  urug‘li  turlar  (olma,  nok, 
behi)  bog'Iar  tarkibining  70-85  %  ini,  danakliklar  (o'rik,  shaftoli,  olcha, 
gilos,  olxo'ri  va  sh.  o '.)  -  10-20  %  ini  va  rezavorlar  (qulupnay,  smorodina, 
malina)  5  dan  15-25  %  gachasini  egallashi  kerak.  Bunda  urug'lik turlam ing 
65-80  %  qishki  navlardan,  15-25  %  -  kuzgi  va  5-10  %  yozgi  navlardan 
iboral  bo'lishi kerak.
Birinchi  bosqichda  hududni  u  yoki  bu  turlar  uchun  rayonlashtirishni 
amalga  oshirish  kerak.  Asos  bo'lib  tuproq  xususiyatlari,  relef  va 
gidrogeologiya  sharoitlari  (qiyaliklar  yo'nalishlari  va  nishabligi,  sizot 
suvlari  sathi,  tuproq  qatlamlari)  hamda  mevali  daraxtlar  va  ekinlam ing 
m o'ljallangan va  mumkin  bo'lgan  hosildorliklari  xizmat qiladi.
Ikkinchi  bosqichda  uchastkaning  mevali  daraxtlami  ekish  uchun, 
ulaming  o'sish  sharoitlariga  bo'lgan  talablarini  hisobga  olgan  holda, 
yaroqliligini  baholash  o'tkaziladi.
Turlar  va  navlami  tanlashga  relef  (nishablik,  qiyalik  yo'nalishi, 
dengiz  sathidan  absolyut  balandligi)  va  iqlim  tavsifi  (eng  sovuq  va  issiq 
oylaming  o 'rtacha  temperaturasi,  havo  temperaturasining  yillik  o'rtacha 
o'zgarishi,  0°C  yuqori  temperaturali  davrdagi  temperaturalar  yig'indisi, 
havo  temperaturasining  absolyut  minimumi  va  maksimumi,  sovuqsiz 
davming  uzunligi,  qor  bilan  qoplangan  kunlar  soni,  yillik  o'rtacha 
bug'lanish  va  sh.  o '.)  kuchli  ta’sir  ko'rsatadi.  Boshqa  tomondan,  massiv- 
laming  u  yoki  bu  turlar  va  navlar  uchun  yaroqliligi  to 'g 'risid a  mevali  da- 
raxtlam ing  tuproqlar  xususiyatlariga  (fizik,  kimyoviy  va  boshq.),  bog'liq 
holda o'sishi  va rivojlanishiga,  sizot  suvlari  chuqurligiga qarab  xulosa qilish 
mumkin.  Tuproqlar  bo'yicha  turlar  va  navlar joylashishini  baholash  uchun 
yer  kadastri  (yerlami  iqtisodiy  baholash  va  tuproqlar  bonitirovkasi) 
m a’lumotlaridan  foydalanish  kerak.
Turlar 
va 
navlami 
joylashtirishni 
baholashning 
ahamiyatli 
ko'rsatkichlari  kapital  xarajatlarga  bo'lgan  talab  va  ulaming  qoplanish 
muddati  hamda  daraxtlam ing  o'sishi  va  rivojlanishiga  ta ’sir  etadigan 
ekologik  tavsiflar  tizimi  hisoblanadi.  Amalda  olma  va  nokning  barcha 
navlari,  gilos  va  olxo'rining  k o 'p   navlari  o'zlari  changlanmaydigan 
bo'lganliklari  sababli,  yuqori  hosil  olish  uchun  har  bir  kvartalda  3-4 
changlanadigan  va  changlantiradigan  navlami  2-4  va  ko'proq  qatorlarda 
navbat bilan aralashtirib joylashtiriladi.
Bog'lam i  changlantirish  uchun  1  ga  mevalaydigan  boqqa  o'rtacha  2 
asalari  oilasi  kerak  bo'ladi.  Asalari  uyalarini  (qutilarini)  maxsus  ulovlarga 
joylashtirishda  va  ulami  u  yoki  bu  tur  va  nav  gullayotgan  uchastkaga

ko'chirishda  2  ga  boqqa  1  asalari  oilasiga  ega  bo'lish  yetarli.  Buning  ustiga 

asalarilam ing  uchish 
radiusini  qisqartiradi, 
ulaming  gullayotgan 
daraxtlarga  qo'nishlarini  oshiradi,  changlanish  uzunligini  tartibga  solish 
imkonini  beradi.
Navlami  tanlashda  ularning  rayonlashtirilganligi,  kasalliklar  va 
zararkunandalarga,  qishki  past  temperaturalarga,  qurg‘oqchilikka  qarshi 
turg'unligi,  mahsulotning  lovarlik  va  mazasi  sifati  (u  tashishga  qulay  va 
uzoq  saqlashga yaroqli  bo'lishi  kerak)  hisobga olinishi  kerak.
Qatorlarni,  kvartallarni  va  kataklarni joylashtirish.
Mevali  daraxtlar  qatorlarini  joylashtirish  shunday  hisob-kitob  bilan 
amalga  oshiriladiki,  unda  daraxtlar  zarur  oziqlanish  m aydoniga  ega 
bo'lishsin  va  shu  vaqtning  o'zida  yoritilish,  qishloq  xo'jalik  texnikasidan 
samarali  foydalanish,  ekologik  turg'unlikni  saqlash  uchun  yaxshi  sharoit 
yaratilsin.  Qatorlar  va  qatordagi  daraxtlar orasidagi  masofa  bog'ning  tipiga, 
turlar  va  navlarga,  tuproqlariga  (oziqlanish  maydoni  qumloq  tuproqlarda 
kam  va  o 'tloq  tuproqlarda  ko'p),  namlanish  darajasiga,  relefga  (vodiylarda 
katta,  qiyaliklarda  kichik)  bog'liq  bo'ladi; ular  17- jadvalda ko'rsatilgan.
Tekislik  uchastkalarda  qatorlar  ulam i  quyosh  yaxshi  yoritishi  uchun 
shimoldan  janubga  qarab,  zararli  shamollarning  yaqqol  ajralib  turadigan 
yo'nalishlarida -  ularga peф endikulyaг qilib joylashtiriladi.
Keskin  relefda  va  3°  katta  nishablikdagi  qiyaliklarda  yer  sathidagi 
oqimlami  kamaytirish  va  ishlov  berish  sharoitlarini  yaxshilash  uchun 
qatorlar  qiyalikka  ko'ndalang  qilib,  nishabligi  katta  va  murakkab  releflarda
- konturli  (gorizontallar bo'ylab) joylashtiriladi.
Nishabligi  8°  dan  yuqori  bo'lgan  qiyaliklam i  terrasalash  m o'ljal-
lanadi.
Ayrim  turlar  massivlarida  kvartallar  loyihalanadi,  ulam ing  uzun 
tomonlari  daraxtlar qator lari  bo'ylab joylashtiriladi.  Bu  -  bog'lardagi  asosiy 
ishlab  chiqarish  birligidir.  Odatda  kvartal  deganda  y o 'llar  va  ihota  o'rm on 
polosalari  bilan  chegaralangan  mevali  daraxtlar  bir turining bir necha o'zaro 
changlanuvchi  navlari  bilan  band  uchastkasi  tushuniladi.

/  7- j a d v a l
B o g 'la rd a g i  da ra xtlar (butalar) orasidagi  masofa, m  
.
T u rlar
E rk in s h o x lar
Тек is  s h o x la r
q a to rla r
o rasi
q a to rd a  
d a ra x tla r orasi
q a to rla r
orasi
q a lo rd a  
d a ra x tla r o rasi
O lm a:
8 - 6
5 - 3
5.5  -   5
6 - 4
k u ch li  o s a d i g a n   v arim   karlik
6 - 5
3  -   2.5
5  -  4,5
5 - 4
k a rlik
4 - 3
2.5  -   1,5
4 - 3
2,5  -   1.5
N ok:
7 - 6

2.5
4 , 5 - 4
3 . 5 - 3
k u ch li  o 's a d ig a n   karlik
3.5  -   3
2  -   1.25
3,5  -   3
2,5   -   1.5
O lx o 'r i
6 -   5
4 - 3
3,5 
3
4,5  
4
G ilo s
6 - 4

2,5
_
_
S m o ro d in a
2.5
1.25
-
-
M a lin a
2 ,0
1.0
_
Q u lu p n ay
0 .9
0.2
-
-
Kvartallar  iloji  boricha  to 'g 'ri  burchakli  qilib  loyihalanadi.  Bunda 
bog'  maydoni,  u  yoki  bu  turlar  maydonlari,  relef,  mexanizatsiya  ishlarini 
bajarish  va  yuklami  tashish  qulayligi,  daraxtlami  zararli  shamollardan 
himoya qilish,  yo'llar va o'rm on  polosalariga ajratiladigan  yer maydonlarini 
tejash  zarurati  hisobga olinadi.
Qishloq  xo'jalik  texnikasidan  yuqori  unum  bilan  foydalanish  uchun 
maydoni  100  ga  katta  bo'lgan,  tekislikda  joylashgan  bog'larda  kvartallar 
15-20  dan  30  gektargacha,  100  ga  maydoni  kam  bog'larda  -  10-22  ga 
m aydonga  ega  bo'lishi  kerak.  B og'Iar  qiyaliklarda joylashganda  kvartallar 
maydoni  5-15  ga  ni  tashkil  etishi  mumkin.  Kuchli  shamol  ta ’siridagi 
bog'larda kvartallar maydoni  kichraytiriladi  (3-6  gektargacha).
Tekislik  sharoitlarida  kvartallar  uzunligi  400-500  metrdan  800-1000 
metrgacha,  kengligi  300-500  metrdan  700  metrgacha;  nishabligi  7-15° 
bo'lgan  qiyaliklarda  mos  tarzda  300-400  m  va  150-200  m:  nishabligi  15° 
yuqori  bo'lgan  qiyaliklarda 250-300  va  100 m atrofida qilib  loyihalanadi.
Kvartallar  maydonlari  terrasalarda  6-8  ga  ni  tashkil  etadi.  Palmet 
bogMarida  kvartallar  to 'g 'ri  burchakli,  400-700  m  uzunlikda  va  200-400  m 
kenglikda qilib  loyihalanadi.
Palmet 
bog'lari 
kvartallarida 
qo'shim cha 
qilib 
katakchalar 
loyihalanadi;  ulaming  uzun  tomonlari  daraxtlar  qatorlariga  ko'ndalang qilib 
joylashtiriladi.  Katakchalar  kengligi  150  yoki  200  m  ni 
tashkil  etadi, 
uzunligi  esa  kvartal  kengligiga  teng.  Katakchaning  maydoni  5  gektargacha 
bo'lishi  mumkin.
B rig a d a la r 
y er 
m assivlarini 
jo y lash tirish . 
Ixtisoslashgan 
bog'dorchilik  brigadasiga  odatda  qo'shni,  ixcham joylashgan,  har  xil  turlar 
va  navlardagi  va  pishish  muddatlari  har  xil  daraxtlarga  ega  kvartallar

biriktiriladi.  bu  ishchilaming  mavsum  davomida  ish  bilan  tekisroq  band 
boiishlarini  ta'm inlaydi.
B og'lar  maydoni  bo'yicha  brigadalar  o'lcham lari  daraxtlarining  tur- 
nav  tarkibiga,  shoxlari  shakliga.  xo'jalik  joylashgan  mintaqaga  va  sh.  o ', 
bog'liq  bo'ladi.
Yoz  davrida  bir  odam  1,5-2  ga  boqqa  ishlov  berishi  mumkin. 
Brigadaga  odatda  25-30  dan  50  gacha  doimiy  ishchilar  kiritiladi;  shunga 
mos  tarzda  brigada  uchastkasining  maydoni  80-100  dan  150  gektargacha 
bog'dan,  shu jum ladan  50-100 ga  meva beradigan,  iborat bo'ladi.
Qiyaliklarda  eroziyaga  qarshi  tadbirlami  amalga  oshirish  maqsadida 
brigadaga  uning  yuqori  qismidan  pastigacha  bir  necha  kvartallami 
biriktirish  maqsadga  muvofiq.
Y ordam chi  x o 'ja lik   m a rk a z la rin i,  q a y ta   ishlovchi  zav o d larn i, 
sexlarni  jo y lash tirish .  Brigada  uylarini.  asbob-uskunalar  saqlanadigan  va 
idishga joylash  maydonchalari,  bostirmalari,  qorovullar  uchun  binolar  va  sh. 
o ',  joylashtirish  uchun  yordamchi  xo'jalik  markazlari  (bog'dorchilik 
brigadalari  shiyponlari)  loyihalanadi.  Ular  brigada  massivi  markazida, 
kvartallararo  yo'llar  kesishgan joyda,  suv  manbalari  yoki  ular  loyihalangan 
joylar  yonida  joylashtiriladi.  Kapital  xarajatlami  qisqartirish  uchun  ikkita 
qo'shni  brigadaga  bitta  umumiy  xo'jalik  markazi  loyihalanishi  mumkin.
X o'jalik  markazi  tagiga  joylashtiriladigan  binolar  soniga  va  xizmat 
ko'rsatiladigan  daraxtzorlar  maydoniga  bog'liq  holda  0,3-0,5  ga  yer 
ajratiladi  (ikki  brigada  uchun  markaz  I  gektargacha  maydonga  ega  bo'lishi 
mumkin).
Solish  bozorlariga  yaqin  joylashgan  va  mahsulotlarini  yangi  uzilgan 
holda  sotadigan  xo'jaliklarda,  qayta  ishlash  uchun  faqat  nostandart 
mahsulotlar  foydalanilishi  mumkin.  Bu  yerda  qishki  va  kech  kuzda 
pishadigan  navlar  mevalari  yalpi  hajmining  60-70  %  sig'im iga  ega  qayta 
ishlovchi  sexlarni  va  meva  omborxonalarini  qurish  maqsadga  muvofiq 
bo'ladi.  Qayta  ishlovchi  sexlarda  har  xil  natural  sharbatlar,  ichimliklar, 
jemlar,  qiyomlar,  kompotlar tayyorlanishi  mumkin.
B og'lam ing 
sotish 
bozoridan 
uzoqdagi 
katta 
maydonlarida 
xo'jaliklarda  qayta  ishlovchi  zavodlarni  qurish  kerak.  Meva  ombor- 
xonalariga  o'xshatib, 
ulami 
ham  xo'jalik  markazlarida,  bir  joyda 
joylashtirish  kerak.  Bu  mevalami  saqlashning  iqtisodiy  samaradorligini 
sezilarli  oshiradi,  yer  maydoni  sarfini  kamaytiradi,  elektr energiyasidan,  suv 
va  boshqa resurslardan  foydalanishni  yaxshilaydi.
Yuqori  sifatli  mahsulot  olish  uchun  m evalar  tovar  ishlov  berishidan 
o'tkazilishi  kerak.  M evalarga  ishlov  berish  joylarining  quvvati  yiliga 
mevachilik  xo'jaliklarida  3,0-3,5  ming l  rezavorchilik  xo'jaliklarida esa  1,5-

2,5  ming  t,  tashkil  etish  mumkin.  Ulami  yordamchi  xo'jalik  markazlari 
(brigada shiyponlari)  hududida joylashtirish  kerak.
Xom  ashyoga  vaqtida  ishlov  berishni  va  yuqori  sifatli  mahsulot 
olishni 
ta’minlash 
uchun 
qayta 
ishlovchi 
korxonalar 
quvvati 
yetishtiriladigan  qishloq  xo'jalik  xom  ashyosi  hajmiga  mos  bo'lishi  kerak. 
Nomutanosiblik  ishlab  chiqarish  vositalaridan  samarasiz  foydalanishga  olib 
keladi.
Ihota  o ‘rm on  polosalarini  jo y lash tirish .  Daraxtlami  shamoldan 
himoya  qilish  va  tuproqlar  eroziyasining  oldini  olish  uchun  bog'lam ing 
tashqi  chegaralari  bo'ylab  2-4  qatorli  kengligi  6-9  metrdan  12  metrgacha 
bo'lgan  chekka  o'rm on  polosalari  loyihalanadi.  Kvartallar  bo'ylab,  ayrim 
hollarda  kvartallar  orqali  (kvartallar  maydonlariga  va  tabiiy  sharoitlariga 
bog'liq  holda),  1-2  qatorli  baland  o'sadigan  daraxtlardan  iborat kengligi  3-6 
m bo'lgan kvartallararo o'rm on  polosalari joylashtiriladi.
O 'rm on  polosalari  ajurli  tuzulishga  ega  bo'lishi  kerak.  Polosalar  va 
meva  daraxtlarining  yaqin  qatori  orasidagi  masofa,  soya  tushishiga  yo'l 
qo'ym aslik  va  boqqa  ishlov  berishda  mashinalar  aylanishi  uchun  joy 
qoldirish  maqsadida,  10-14  m  kam  b o im aslig i  kerak.  Asosiy  va  yordamchi 
polosalam ing  kesishgan  burchaklarida  kvartaldan  kvartalga  o'tish  uchun 
kengligi  6-8  m  ochiq joylar qoldiriladi.
Nishabligi  7°  yuqori  bo'lgan  qiyaliklarda  joylashgan  kvartallarda 
butalardan  kengligi  2-3  m  bo'lgan  himoya  polosalari  loyihalanadi.  Ular 
qiyalikka  ko'ngdalang,  daraxtlar  qatorlari  bo'ylab,  bir-biridan  50-100  m 
masofada joylashtiriladi.
Ihota  o'rm on  polosalarida  daraxtlar  turlari  sovuqqa  chidamli,  tez 
o'sadigan,  uzoq  yashaydigan,  zararkunandalar  va  kasalliklami  mevali 
daraxtlarga  tarqatmaydigan  bo'lishi  kerak.  Odatda,  bu  maqsadlar  uchun 
janubiy  m intaqalarda  kanada  teragidan,  qayrag'och,  yong'oq,  mayda  bargli 
vyaz,  yashil  shumtol  daraxtlaridan  foydalaniladi.  Eman,  qayin,  akatsiya, 
zirk  daraxtlaridan  foydalanish  tavsiya  etilmaydi,  sababi  ulaming  mevali 
daraxtlar bilan  umumiy zararkunandalari  va  kasalliklari  bor.
YoMlar  ta rm o g 'in i  jo y lash tirish . 
B og'larda  yo'llar  tarm og'i 
mahsulotni  olib  ketishni,  transport,  qishloq  xo'jalik  mashinalari  va 
qurollarining  kvartalning  barcha  qismlariga  kelishini  ta ’minlashi,  texnikaga 
xizmat ko'rsatishga qulay  bo'lishi  kerak.
B og'larda  yo'llar  o 'z   vazifalariga  qarab  magistral 
(asosiy), 
kvartallararo  va  kataklararo  yo'llarga  bo'linadi.  Magistral  y o 'llar  bog' 
massivlarini  aholi  yashash,  mahsulotlami  qayta  ishlash  joylari,  umumiy 
foydalanishdagi  yo'llar,  temir yo'li  bekatlari  bilan  bog'laydi.

Magistral  yo'llam ing  kengligi  5-6  m,  har tomonidagi  chekkasi  1-2  m 
tashkil  etadi.  Ular  bog'lam i  himoyalovchi  chekka  o'rm on  polosalarining 
ichki  tomonidan joylashtiriladi.
Kvartallararo  (uzunasiga  va  ko'ndalangiga)  yo'llar  yurish  qismi 
kengligi  4-5  m,  chekkalari  har  tomonidan  1-2  m  qilib  loyihalanadi  va 
kvartallararo  o'rm on  polosalarining  har  ikki  tomonidan  joylashtiriladi. 
Katakchalararo  yo'llar  3  m  kenglikka  ega  bo'lishadi;  ular  katakchalar 
chegaralari  bo'ylab  daraxtlar qatorlariga ko'ndalang qilib,  bir-birlaridan  150 
yoki  200  m  masofada joylashtiriladi.
B og'lardan  bog'larga tashiladigan  katta hajmdagi  yuklar magistral  va 
kvartallararo  y o ila m i  qattiq  qoplama  bilan  loyihalash  zaruratini  keltirib 
chiqaradi.
Suv 
m an b alarin i 
jo y lash tirish . 
B og'larda 
suv 
manbalari 
bo'lm aganda  yoki  yetishmaganda  suv  inshootlari  loyihalanadi.  Inshootlar 
soni 
va 
o'lcham lari 
bog'ni 
sug'orish, 
dorilash, 
qishloq 
xo'jalik 
mashinalariga  quyish,  ichish  va  boshqa  zaruratlar  uchun  suvga  bo'lgan 
talabdan  kelib  chiqib  aniqlanadi.  Suv  inshootlari  iloji  boricha  bog'ning 
brigada massivi  markazida joylashtiriladi.
Katalog: filesarchive
filesarchive -> O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
filesarchive -> B u X o r o o z I q o V q a t V a y e n g I l s a n o a t t e X n o L o g I y a s I i n s t I t u t I r. A. X a I t o V, V. E. R a d j a b o V a
filesarchive -> Ipak qurti seleksiyasi.pdf [Aeratsiya stansiyalari]
filesarchive -> Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi.pdf [Aerologik asboblar]
filesarchive -> Osimliklarni biologik himoya qilish vositalari.pdf [Agrotexnik himoya usuli]
filesarchive -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va à b t 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
filesarchive -> 10-168 Tuproqshunoslik.pdf [Agrotuproq rayonlashtirish]
filesarchive -> Qishloq xojaligi asoslari.pdf [Almashlab ekish rotatsiyasi]
filesarchive -> Umumiy va qishloq xojaligi fitopatologiyasi.pdf [Aralash ekinlar]
filesarchive -> Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi.pdf [Aralash silos]

Download 82.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling