T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r sit e t I s. Avezba y ev, T. Karabayeva


Download 82.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana16.02.2017
Hajmi82.64 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

  Y e r ellipsoidi.
Geodeziyada  yer  sirti  nuqtalarining  o 'm i  koordinatalar  yordam ida 
aniqlanadi.  Yer  sirtidagi   nuqtaning  o'm i  uning  geografik  koordinatalari  -  
kengligi  (p  va  uzoqligi  Я  bilan  aniqlanadi  (13-  rasm).  EQ  ekvator  tekisligi 
bilan  A^nuqtadan  tushirilgan  shovun  chiziq  orasidagi  
 burchakka geografik 
kenglik  deyiladi.  Uning  qiymati  ekvatordan  shimolga  va janubga  0  dan  90° 
gacha  o'zgaradi.  Yeming  aylanish  o ‘qi  ЛЛ,  o'tadigan  tekisliklam ing  yer 
sirti  bilan  kesishishidan  hosil  bo'lgan  R N R t.  RMR)  chiziqlarga  m eridian 
deyiladi.  Bosh  meridian  tekisligi  RNR\  bilan    nuqta  meridiani  R M R 
tekisligi  orasidagi  ikki  qirrali  burchakka  geografik  uzocjlik  deyiladi.  Uning 
qiymati  Grinvich  meridianidan  sharqqa  va  g'arbga  0  dan  180°  gacha 
o'zgaradi.  Kenglik  va  uzoqlik  astronom ik  kuzatishlar natijasida topiladi.
P
13- rasm
  G e o g ra fik   koordinatalar.
Kichik  joylam ing  planini  tuzishda  to 'g 'ri  burchakli  koordinatalar 
sistemasidan  foydalaniladi  (14-  rasm).  Bu  sistemada abssissalar o 'q i  sifatida 
meridian  yo’nalishi  qabul  qilingan.  XI  nuqtaning  o 'm i  koordinatalar 
tekisligida Mm=x abssissa  va  М т /- у  ordinata bilan aniqlanadi.
Nuqtaning  yer  yuzasidagi  haqiqiy  o'm in i  aniqlash  uchun  nuqtaning 
ellipsoiddan  balandligini  ham  aniqlash  kerak.  Nuqtaning  dengiz  yuzasi 
(salhi)dan  bo'lgan  balandligi  mutlaq  (absolyut)  bahmdlik  deyilib,  .V  harfi 
bilan  belgilanadi.  H am do'stlik  davlatlarida sathiy  dengiz yuzasi  deb  Boltiq

в)
14- rasm.
  Y assi  koordinatalar:
a   -  to   g 'r i  b u rc h a k li;  b  -  zo n ali;  v  -  qulbli.
dengizidagi  Kronshdat  gidrometrik  posti  futshtogi  (mis  taxta)  reykadagi 
suvning  o'rtacha  balandligini  ko'rsatuvchi  nol  belgisi  qabul  qilingan. 
Nuqtaning mutlaq  balandligi   ning  qiymati  son  bilan  ifodalanib,  nuqtaning 
o'm ini  aniqlashda  uchinchi  koordinata  vazifasini  bajaradi.  Bir  nuqtaning 
ikkinchi  nuqtaga  nisbatan  bo'lgan  balandligi  nisbiy balandlik  deb  ataladi  va 
h harfi  bilan  belgilanadi:  h=NB-H„ (15  - rasm).
15- rasm.
  Y e r sirti  A   va  В   nu qlala rin in g balandliklari.
N a z o r a t   u c h u n   s a v o ll a r :
1. 
G e o d e z iy a   fa n in in g m a z m u n i,  a lia m iy a ii v a   v a z ila la ri  h a q id a  n im a la m i  b ila siz ?
2. 
G e o d e z iy a   fa n in in g  tu rlari  v a  b o s h q a   fa n la r b ila n   a lo q a lari  n im a la rd a n   ib o rat?
3. 
G e o g ra fik   k en g lik   va u z o q lik  d e g a n d a  n im a n i  tu sh u n asiz ?
4. 
G e o d e z iy a   fa n in in g  aso sc h ila ri  va  u la m in g   x iz m a tla ri  h a q id a  n im a la m i  b ilib  o ld in g iz ?
3. 
K o o rd in a ta la r sistem asi  d e g a n d a  n im a n i  tu sh u n asiz ?

2.  Topografik  plan,  masshtab,  profil
Yer yuzasidagi  maydonlar chegarasi,  bino,  kanal,  past-balandliklar, 
soy  kabi  o b ’ektlar  m a’lum  qoidalar  asosida  qog'ozda  plan  yoki  xarita 
shaklida tasvirlanadi.
Yeming  egriligi  hisobga  olinmagan  holda joyning  kichik  bo'lagini 
kichraytirib,  unga  o'xshash  holda  gorizontal  tekislikka  tushirilgan  tasvirga 
plan  deyiladi.  Planda  joy  tafsiloti  to ‘la  ko‘rsatilib,  past-balandligi  (relefi) 
ko'rsatilm asa,  u  kontur yoki  tafsilot plani deyiladi.  Planda joy  tafsiloti  bilan 
birga jo y  relefi  ham  tasvirlansa,  u  topografik pla n deb yuritiladi.
Xarita  matematik  yo'l  bilan  tuzilgan,  shartli  belgilar  vositasida yer 
yuzasining  tekislikdagi  umumlashtirilgan  tasviri  bo'lib,  unda  tabiat  va 
jam iyatda  bo’ladigan  har  xil  voqea  va  hodisalam ing  tarqalishi,  holati  va 
ulam ing bir-biriga  bog'liqligi  tasvirlanadi,  m aqsadga  muvofiq qilib tuziladi.
B a’zi  bir  manbalarda  butun  Yer sirti  yoki  uning  katta  bo'lagini  yer 
egriligini  hisobga  olgan  holda  m a’lum  bir  matematik  qonuniyat  asosida 
tekislikka  kichraytirib  tushirilgan  tasviri  xarita  deb  yuritiladi.  Xarita  bilan 
plan  bir-biridan  quyidagi  belgilar  bilan  farqlanadi:  xaritada  yem ing 
sharsimonligi  e ’tiborga  olinadi.  planda  esa  yo'q.  Xaritada  meridian  va 
parallel  chiziqlari  chizilib.  to 'r hosil  qilinadi,  planda  esa  to 'r  chizi I ish i  shart 
emas.  Plan  hamma  joyda  bir  xil  yirik  m asshtabda  tuziladi,  xaritada  esa 
masshtab  hamma  joyda  bir  xilda  bo'lavem iaydi.  Planda  yer  yuzasining 
birorta  kichkina  qismi  tasvirlansa,  xaritada  alohida  davlatlar,  q it’alar  va 
butun  yer  yuzi  tasvirlanadi.  Xaritada  shartli  belgilar  qabul  qilingan  katta- 
likda  chiziladi,  planda  esa  ular ba’zan  har xil  kattalikda  ishlatilishi  mumkin. 
Xarita  faqat  davlat  tashkilotlari  tomonidan  tuziladi,  planni  esa  xohlagan 
kishi  istagan  masshtabida tuzishi  mumkin.
Yer  yuzasining  berilgan  yo'nalishi  bo'yicha  vertikal  kesimini 
kichraytirib,  qog'ozga  tushirilgan  tasviri  (gorizontal  proeksiyasi)ga  profil 
deyiladi.
Kartografik  proeksiyalar.  Yer  yuzasini  tekis  yuzada  to 'g 'rid an - 
to 'g 'ri  tasvirlab  bo'lm aydi.  Buning  uchun  yem ing  tabiiy  yuzasi  ellipsoid 
yuzada,  undan  keyin  esa  tekis  yuzada  tasvirlanadi.  Bu  ish  murakkab 
matematik hisoblashlami  taqazo etadi.
Yeming  qavariq  yuzasi  (ellipsoidi)ni  tekis  yuza,  ya’ni  xaritada 
tasvirlash  usuliga kartografik proeksiya deb  y uritiladi.
Kartografik  proeksiya to 'g 'risid a  yetarli  darajada bilimga ega bo'lgan 
kishi  xaritadagi  xatoliklami,  ulam ing  turlari  va  tarqalishini  to'liq  tasavvur 
qila  oladi.  Yeming  sharsimon  yuzasini  m utlaqo  o'zgartirm asdan  bir  xil 
m asshtabda  faqat  globusda  aks  ettirish  mumkin.  Yer  yuzasini  tekis  yuzaga 
yoyib  tasvirlaganda  quyidagi  xatolik  (buzilish)lar  kelib  chiqadi:  1)  burchak 
xatoligi;  2) oraliq  xatoligi;  3)  maydon  xatoligi; 4)  shakl  xatoligi.

Bu  xatoliklarni  vujudga  kelishi  va  ulaming  Yer  shari  bo'yicha 
xaritada  tarqalishini  ko'rgazm ali  qilib  ko'rsatish  uchun  globus  meridianlar 
bo'yicha  zonalar  (tilimlar)ga  bo'linib,  ekvator  chizig'i  bo'yicha  yoyiladi, 
natijada  tilimlar  orasida  ochiq  joylar  hosil  bo'ladi.  Ushbu  ochiq  joylar 
tekislikdagi  xaritada  xatoliklarni  tashkil  etadi.
Xarita o 'z   maqsadiga  к о т а   har  xil  proeksiyalarda tuziladi.  Yer sirtini 
topografik 
xaritalarda 
lasvirlashda 
K.F.Gaussning 
teng 
burchakli 
ko'ndalang  silindrik  proeksiyasi  qabul  qilingan.  Bunda  zonali  to 'g 'ri 
burchakli  koordinatalar  sistemasi  qo'llanilib,  yer  ellipsoidi  Grinvich 
meridianidan  boshlab 6°  yoki  3°  li  zonalarga bo'linadi.
Har  bir  zonaning  o 'rta  meridiani  o 'q   meridian  deyiladi.  6-  rasmdagi 
PQ P)Q i  -  yer  shari.  ABB\A\  -  ko'ndalang  silindr.  1,  2,  3,  58,  59,  60  zonalar 
nomeri  bosh  meridiandan  boshlanib,  sharqqa  tomon  o'sib  boradi.  Zonaning 
o 'q   meridianida  tasvir joylashganda  uning  umumiy  ko'rinishi  o'zgarm aydi. 
Eng  katta  o'zgarish  (xalo)  zonaning  ikki  yonidagi  m eridianlaming  ekvator 
bilan  kesishgan  nuqtasida  bo'ladi.  Bu  xatolik  xaritalarda  hisobga olinmaydi, 
lekin  yirik  masshtabli  planda  hisobga  olinadi,  yoki  6°  li  zona  o 'm ig a  3°  li 
zona qabul  qilinadi.
Zonalar  ko'ndalang  silindr  sirtga  o 'q   meridianlari  bo'yicha  urinma 
qilib  proeksiyalanadi  va  tekislikka  yoyiladi.  Har  qaysi  zonaning  koordinata 
boshi  o 'q   meridianning  ekvator  bilan  kesishgan  nuqtasida  bo'ladi  (16- 
rasm).  So'ngra  silindr  kesilib.  tekislikka  yoyiladi.  Bunda  yer  sharining 
silindr  yon  sirtiga  tegib  turgan  joylari  (chiziq)da  xatolik  bo'lm aydi,  lekin 
undan  uzoqlashgan sari  xatolik  qiymati  oshib  boradi.
16- rasm
  K o 'n d a la n g  silin d rik  proeksiva.
Agar  yem ing  aylanish  o ’qi  silindr  o'qining  ustiga  ustma-ust 
tushmasdan,  unga  perpendikulyar  bo'lsa.  ko'ndalang  silindrik  proeksiya 
hosil  bo'ladi.  Unda  ham  meridian  va  parallellar  bir-biriga  perpendikulyar 
to 'g 'ri  chiziqlardan  iborat  bo'ladi.  Topografik  xaritalarda  zonaning 
koordinata  o'qlariga  parallel  qilib  har  kilometrdan  chiziqlar  o'tkaziladi  va

kvadrat  toT  (katak)lar  hosil  qilinadi.  u  kilometr  to  ri  deyiladi.  Bu  toT  
yordamida  istalgan  nuqtaning  to 'g 'ri  burchakli  va  geografik  koordinatasini 
aniqlash  mumkin.  Xarita  masshtabiga  qarab  kilometr  chiziqlar  turlicha 
masofalarda  o'tkaziladi.  Mazkur  proeksiyadan  yirik  masshtabli  topografik, 
jum ladan  qishloq  xo'jalik  xaritalarini  tuzishda ham  foydalaniladi.
Topografik  xaritalarning  nomenklaturasi. 
1:1000000  masshtabli 
topografik  xarita  Xalqaro  xarita  hisoblanadi.  M amlakatimiz  hududi  va 
umuman  Yer  shari  ushbu  masshtabdagi  xaritada  bir  nechta  varaqlarda 
tasvirlangan  bo’ladi.  Ko’p  varaqli  xaritalarning  alohida  sahifalari  harf  va 
sonlar bilan  belgilanadi.  Bunday  belgilash  tizim iga nomenklatura deyiladi.
1:1000000  masshtabdagi  xarita  varaqlari  meridianlar  bo'yicha  6°  va 
kenglik  bo'yicha  4 C  o'lcham ga  ega.  Bunday  4°  li  qatorlar  ekvatordan 
shimoliy  va  janubiy  qutblargacha  bo'linadi  hamda  ular  lotin  alifbosining 
bosh  harfi  A  dan  V  gacha  belgilanadi.  Yer  shari  uzoqligi  180°  li 
meridiandan  boshlab  g'arbdan  sharqqa  tomon  har  6°  dan  o'tkazilgan 
m eridianlar  arab  raqamlari  bilan  belgilangan  60  ta  kolonnaga  bo'linadi  (17- 
rasm). 
Masalan, 
Toshkent 
shahri 
joylashgan 
xarita 
varag'ining 
nomenklaturasi  K-42  ko’rinishida  yoziladi.  1:1000000  masshtabdagi  bir 
varaqqa  4  ta  1:500000  masshtabdagi,  9  ta  1:300000  masshtabdagi,  36  ta 
1:200000  masshtabdagi  va  144  ta  1:100000  masshtabdagi  xarita  varag'i 
to 'g 'ri  keladi.  1:100000  masshtabdagi  I  varaqning  nomenklaturasi  K-42- 
114  ko'rinishida yozilishi  mumkin.
17- rasm.
  X a rita   v a ra g 'in in g   nom enklaturasi.
Bitta 
1:100000  masshtabdagi  xarita  varag'iga  4  la 
1:50000 
masshtabdagi  xarita  varaqlari  to ’g'ri  keladi.  Ular  kirill  alifbosining  bosh 
harflari  А,  Б,  В,  Г   bilan  belgilanadi.  Varaq  nomenklaturasi  К.-42-114-Б 
ko'rinishida  yoziladi.  Bitta  1:50000  masshtabdagi  xarita  varag'iga  1:25000 
masshtabli  xarita  varag'idan  4  tasi  (а,б,в,г) joylashishi  mumkin,  bunda u  K-

4 2 -1 14-Б-а  nomenklaturaga  ega  bo'ladi.  Bitta  1:25000  masshtabdagi  xarita 
varag'iga  4  ta  1:10000  masshtabdagi  xarita  varaqlari  to 'g 'ri  keladi.  Ular 
arab  raqamlari  1,  2,  3,  4  bilan  belgilanadi  va  uning  nomenklaturasi  К -42- 
114-Б-а-З  ko'rinishida  yoziladi.  1:100000  masshabli  xarita  varag'iga  256  ta 
(1  dan  256  gacha)  1:5000  masshtabli  plan  varaqlari  [K-42-114-(256)] 
to 'g 'ri  keladi.  Bitta  1:5000  masshtabli  plan  varag'iga  9  ta  (а,  б,  в,  г,  д,  e,  ж.
з,  и)  1:2000  masshtabli  plan  varag'i joylashishi  mumkin  (K-42-114-(256-a) 
va h.k.
Jamoa  (shirkat)  xo’jaligi  plani  yoki  fermer  xo'jaligi  aks  ettirilgan 
planni  topish  uchun  uning nomenklaturasini  bilish  lozim  bo'ladi.
Geodeziyada  qo'llaniladigan  o ’lchov  birliklari.  Geodezik  ishlami 
bajarishda  chiziqning  uzunligi,  maydonning  yuzi,  burchak,  havo  bosimi  va 
harorati  kabi  kattaliklar  o'lchanadi.  Joyning  uzunligini  o'lchashda  metr, 
geodezik hisob-kitob  ishlarida esa santimetr va millimetr qo'llaniladi.
Geodezik  ishlarda  burchak  qiymati  gradus,  minut.  sekund  va  ba’zan 
radian  va grad birliklarida aniqlanadi.
Burchak  o'lchash  asboblarining  aksariyati 
gradus 
va  minut 
o'lchoviga  moslashtirilgan.  Gradus  o'lchovida  aylana  360  gradusga,  1 
gradus 60  minutga,  1  minut 60  sekundga teng.
Radian  o'lchovi  asosan  matematik  hisoblash  ishlarida  foydalaniladi. 
Radian  o'lchovida  burchak  qiymati  р=180°/л-  ifodasi  yordamida  aniqlanadi 
(tt = 3 ,14).  1  radian p  =57,3°=3438,3'=206265"  ga teng.
Ayrim  xorijiy  davlatlarda  burchaklar  grad  (detsimal)  sistemada 
ifodalanadi.  Grad  o'lchovida  aylana  400  gradga,  to 'g 'ri  burchak  esa  100  ta 
teng  bo'lakka  bo'linadi  hosil  bo'lgan  bo'lak  (birlik)ka  grad  lg  deyiladi.  Bir 
grad  100  ta  gradlar  minutiga  (1 g= 100'),  bita  grad  minuti  esa  100  ta  gradlar 
sekundiga (1 ' = 100") teng.
Radian  o'lchovidan  gradus  o'lchoviga  o'tishda  quyidagi  munosa- 
batdan  foydalaniladi:
.  
180°
P = ------- P
n
b u yerd a   p -   burchakning radian  qiymati; [3 -  burchakning gradus qiymati.
M asalan,  burchakning  radian  qiymati  p  =1,65  bo'lsa,  gradus  qiymati 
P = (180°/3,14)-1.65=94,545°* 94,54" ni tashkil  etadi.
Agar burchakning gradus  qiymati /? =37°14'  bo'lsa,  u  minut hisobida 
P  = 37°14'=2234'  ga  teng  bo'ladi.  Burchakning  radian  qiymati  esa 
quyidagini tashkil  etadi:
2234’
 =  —
= 0,6497963'
3438'

Maydon  vuzasi  kvadrat  metr  (m 2),  gektar  va  ar  birliklarida 
aniqlanadi:
100 m  •  100 m -=  10000  m2 =  1  ga;  10  m  ■
  10  m =  100 m2  =  1  ar.
Geodezik  tayanch  tarmog'i.  Ekvatordan  kengligi  va  bosh  Grinvich 
meridianidan  uzoqligi,  ya’ni  x,y  koordinatalari  hamda  balandliklari  m a’lum 
va  turli  masofalarda  yerga  doimiy  o ‘m atilgan  tayanch  nuqtalar  tarm og'i 
davlat geodezik tarmoqlari deb yuritiladi.
Davlat 
geodezik 
tarmoqlari 
uzoq 
muddatda 
o 'z  
holatini 
o'zgartirm asiigi  uchun  markazlar ustiga  signallar  va piramidalar o ‘matiladi.
Davlat  balandlik  geodezik  tarm og'i  punktlari  devoriy  reperlar  va 
markalar,  tuproqli 
reperlar  bilan  mahkamlanadi.  Hamma  geodezik 
tarmoqlar  haqidagi  m a'lum otlar maxsus  kataloglarga kiritiladi.
Masshtab.  Joyda  o'lchangan  gorizontal  va  vertikal  uzunliklami  bir 
necha  niarta  к ichraytirib  qog'ozga  tushirish  orqali  plan,  xarita  va  profll 
chiziladi.  Yer yuzasidagi  chiziq  uzunligi  gorizontal  qo'yilishining  qog‘ozda 
kichraytirilib  tushirilishiga  masshtab  deyiladi.  Masshtab  nemischa  masstab 
so'zidan  olingan  bo'lib,  "o'lchov  tayog'i"  degan  m a'noni  bildiradi.  Tekis 
joydagi  chiziqning  gorizontal  qo'yilishi  uning  yer  yuzasidagi  haqiqiy 
uzunligidan  kam  farq  qiladi.  Shuning  uchun  ham  masshtabni  yer yuzasidagi 
chiziqning  qog'ozda  kichraytirilish  darajasi  deb  tushunish  mumkin. 
Plandagi  kesma  uzunligi   ni  shu  kesm aning joydagi  uzunligi  D  ga  bo'lgan 
nisbati  (d/D) plan m asshtabi deyiladi.
Masalan,  plandagi  d= \0  sm  uzunlik joyda  D=200  m.  ga  teng  bo'lsa, 
planning sonli  masshtabi
_    _  10  _ 
10 

D ~   200  ""  20000  ”  2000 
b o'ladi,  y a ’ni  plan  chizishda joyda  o'lchangan  chiziq  uzunligi  2000  marta 
kichraytirilib,  qog'ozga tushirilgan  hisoblanadi.
Kichraytirish  darajasini  son  yoki  chiziq  bilan  ifodalash  mumkin, 
shunga  ko 'ra  masshtab  sonli  va  grafikaviy  bo'ladi.  Masalan,  1:10000 
masshtabda  joydagi  chiziq  uzunliklarining  gorizontal  qo'yilishi  10000 
marta  kichraytirilgan,  y a’ni  chizmadagi  1  sm  kesma joyda  10000  sm  yoki 
100  m.ga  teng.  M asshtablar  sonli,  chiziqli  va  ko'ndalang  ko'rinishlarda 
ifodalanishi  mumkin.

Nashr  qilingan  topografik  planlar  sonli  m asshtabda  ko'rsatiladi. 
Masalan,  1:10000;  1:25000;  1:50000.  Yer  tuzishni  loyihalash  ishlarida 
1:10000,  1:25000  va  1:50000  kabi  masshtablar  qo‘llaniladi.  Masshtabning 
maxrajida  kichik  son  b o ‘lsa  masshtab  yirik,  katta  son  b o 'lsa  mayda 
masshtab deyiladi.
M asshtab  va  undan foydalanish.  Son  bilan  ifodalangan  masshtab 
sonli masshtab deb  yuritilib,  kasming  suratida 
1
,  maxrajida joydagi  masofa 
plan  yoki  xaritada  necha  marta  kichraytirganligini  ko'rsatuvchi  son 
yoziladi, ya'ni
1/M  =  d / D ,
bu yerda  M  -  sonli  masshtab  maxraji;   - plandagi  masofa  uzunligi,  sm;  D  - 
shu  masofaning yer yuzasidagi  uzunligi,  sm.
Plandagi  2  nuqta  orasidagi  d  masofa  (sm  hisobida)  berilgan  bo‘Isa, 
uning  Yer  yuzasidagi  D  uzunligini  aniqlash  uchun  plan  masshtabi    ga 
ko‘paytiriladi.  Masalan,  planda  2  nuqta  orasidagi  masofa  d= 3,28  sm.ga, 
xarita  masshtabi  esa  M  1:10000  ga  teng  boMsa,  ushbu  nuqtalar  orasidagi 
m asofaning  yer yuzasidagi  uzunligi  D=  d M  =  3,28-10000  =  32800  sm=328 
m.  ga teng bo'ladi.
Agar  plandagi  2  nuqta  orasidagi    masofa  (sm  hisobida)  hamda 
m asofaning  yer  yuzasidagi  uzunligi    (m  hisobida)  berilgan  bo‘lsa,  xarita 
yoki  plan  masshtabini  aniqlash  uchun  quyidagi  ifodadan  foydalaniladi:
M -   d / D .
Masalan,  d= 4,8  sm,  £>=1200  m= 120000  sm.ga  teng  bo‘lsa,  plan 
masshtabi  ЛУ=4,8/120000=4,8  :  4,8/120000  :  4,8=1/25000 ni  tashkil  etadi.
Yer yuzasida  olingan  2  nuqta  orasidagi  masofaning  berilgan  plandagi 
  uzunligini  aniqlash  uchun  u  plan  masshtabiga  bo'linadi.  Masalan,  yer 
yuzasidagi  masofa  D=64,8  m  =  648  sm,  plan  masshtabi  1:1000  b o is a ,  u 
holda quyidagiga teng boMadi:  d=D/M=64S0l 1000^6,48 sm.
B a'zida  masshtab  chiziq  bilan  ifodalanadi,  bunday  masshtab  chiziqli 
masshtab  deb  ataladi.  Chiziqli  masshtabni  yasash  uchun  A V   chiziq  A 
uchidan  boshlab 
1
  yoki 
2
  sm.li  kesmalarga  bo‘linadi. 
2
  sm.li  kesmalarga 
boMingan  chiziqli  masshtab  normal  masshtab  deb  yuritiladi.  18-  rasmda 
keltirilgan  chiziqli  masshtabdagi  kesmalar  1  sm.dan  bo'lingan.  Birinchi

kesmaning  o ‘ng  uchi  nolinchi  shtrix  hisoblanadi.  Birinchi  kesma  10  ta  teng 
bo'lakka  bo'linadi.  Kesmalarni  biridan  ikkinchisini  yaqqol  ajratib  turish 
maqsadida  ular  oq  va  qora  ranglarga  bo'yab  qo'yiladi.  Kesmalar  uchiga 
joyda  to 'g 'ri  keladigan  metrlar  soni  yoziladi.  Masalan,  masshtab  1:5000 
bo'lsa,  1  sm.da  50  m  bor.
|«----------- 128 м --------------
18- rasm
  (   hi/.iqli  masshtab.
Joyda  o'lchangan  228  metrli  chiziqni  planga  qo'yish  uchun 
o'lchagichning  bir  uchini 
200
  metrli  bo'lakka,  ikkinchi  uchini  esa  noldan 
chapga  5  bo'lakka qo'yiladi.  Ushbu  masshtabdagi  har bir mm  bo'lak  5  m.ga 
teng  bo'lib,  5  ta  bo'lak  25  m.ni  tashkil  etadi.  Qoldiq  3  m  ko'zda  cham alab 
suriladi.  Bunda o'lchash  xatoligi  3-5  m.ni tashkil etadi.
Z  
0  


6  
8
19 -rasm
  K o 'n d a la n g  masshtab.
Aniq  hisoblashlar  uchun  ko'ndalang  masshtabdan  foydalaniladi. 
K o'ndalang  masshtabni  (19-  rasm)  chizish  uchun  balandligi  2,5-3  sm, 
uzunligi  10  sm.dan  iborat  to 'g 'ri  to'rtburchak  chizamiz.  Hosil  bo'lgan 
to 'g 'ri  to'rtburchakni  5  ta vertikal  (2  sm .dan) va  10  ta gorizontal  bo'laklarga 
bo'lam iz.  Birinchi  kesmaning  o 'n g   uchini  nolinchi,  keyingi  uchlariga  2,  4, 
6

8
  sm  deb  yozib  qo'yiladi.  Birinchi  kesmani  2  mm.dan  qilib,  10  ta  teng 
bo'lakka  bo'lam iz,  kesma  asosidagi  nolinchi  b o 'lak   bilan  tepa  qismidagi 
birinchi  bo'lak  tutashtiri-ladi  va  natijada  qiya  chiziq  -  tranversal  chizig'i 
hosil  bo'ladi.
K o'ndalang  masshtabning eng kichik  bo'lagi  0,02  sm.ni  tashkil  etadi. 
Tranversal  chiziqning  kengayib  borishi  masshtab  asosining  o'ndan  bir 
ulushiga  tengdir.  Misol  tariqasida  48,6  m  bo'lgan  masofani  1:1000
247

masshtabli  planga  tushirish  tartibi  bilan  tanishamiz.  Mazkur  masshtabga 
ko‘ra  ko'ndalang  masshtabdagi  har bir 
2
  sm.li  bo'lak 
20
  m.ga, 
2
  mm 
2
  m.ga 
va  0,2  mm  esa  0.2  m.ga  teng.  Dastlab  o'lchagichning  o'ng  oyog'ini  4 
raqamiga (2-20=40  m),  chap  oyog'i  uchini  esa  to'rtinchi  qiya  chiziq  asosiga 
qo'yiladi  (4-2=8  m)  bu  40+8  48  m.ga  teng  bo’ladi.  Endi  qolgan  0,6  m.ni 
aniqlash  kerak.  Ushbu  m asshtabda  har  bir  kichik  bo'lak 
2
  m.ga  tengligini 
hisobga  olsak,  tranversal  chizig'ining  kengayishi 
0,2
  m.ga  teng  bo'ladi. 
Bundan  0,2-3=0
,6
  m.  Demak.  o'lchagichni  to'rtinchi  qiya  chiziq  bo’ylab 
uchinchi  gorizontal  chiziqqa  ko'taram iz  va  yulduzcha  yoki  harflar  (Al-J 
bilan  belgilab  qo'yiladi.  Jami  masofa joyda  48,6  m.ni,  xaritalarda  esa  4.86 
sm.ni tashkil  etadi.
Ko'ndalang  masshtabdan  har xil  masshtabdagi  topografik  planlarda 
o'lchash  ishlari  olib  borishda  ham  foydalaniladi.  Masalan,  joyda  658,6  m 
masofani 
1:10000
  masshtabda  tuzilayotgan  topografik  planga  kichraytirib 
tushirish  kerak  bo'lsin.  Buning  uchun  o ’lchagichning  o ’ng  oyog'ini 

raqamiga  (bu  600  m.ga  teng),  chap  oyog'i  uchini  esa  ikkinchi  qiya  chiziq 
asosiga  qo'yiladi:  bu  40  m.ga  teng.  Qolgan  18,6  m.ni  plandagi  uzunligini 
aniqlash  uchun  tranversal  chiziqning  kengayishini 
2
  m.ga  tengligini 
inobatga olib,  9- chiziqqacha  ko'tariladi,  bu  18  m.ga teng b o ’ladi,  qoldiq  0,6 
m.ni  esa  ko'zda  chamalab  qo'yam iz,  y a ’ni  keyingi  chiziqning  yarmi 
1
  m.ga 
teng  bo'lgani  uchun  uning  yarmidan  kam rog'i  yulduzcha  yoki  harflar  (SD) 
bilan  belgilab qo’yiladi.
Har  qanday  masofani  o'lchash  m a'lum   darajadagi  aniqlikni  talab 
qiladi.  M asshtabning  0,1  mm.ga  to 'g 'ri  keladigan  yer  yuzasidagi  masofa 
shu  masshtabning  aniqligi  bo'ladi.  Planda  0,1  mm.dan  kichik  bo'lgan 
kesmani  oddiy  ko'z  bilan  chamalab  ko'rib  bo'lm aydi.  O 'lchash  aniqligi 
nazariy jihatdan  1:5000  masshtabli  planlarda  0,5  m.ni,  1:10000  masshtabli 
planlarda esa  1  m.ni,  1:50000  planlarda esa  5  m.ni  tashkil  etadi.
Topografik  planlarda  ishlatiladigan  sharili  belgilar  va  ulardan 
foydalanish.  Topografik  planlardagi  tasvirlar  turli  xil  chiziqli  va  maydonli 
belgilar,  harflar,  raqamlar,  geografik  ob'ektlam ing  nomlari  va  tushuntirish 
xatlaridan  iborat  bo’lib,  bularning  hammasi  shartli  belgilar  deb  yuritiladi. 
Shartli  belgilar  yordamida  planda  o b ’ektlam ing  joylashishi,  bir-biri  bilan

o 'zaro  bog'liqligi,  miqdor  va  sifat  ko'rsatkichlari  tasvirlab  beriladi. 
Tabiatdagi  ko'zga  ko'rinm aydigan  narsalar  ham  xaritada  shartli  belgilar 
yordamida  ko'rsatilishi  mumkin.  Masalan,  nuqtalam ing  mutlaq  balandligi, 
suv  havzalarining  chuqurligi,  magnit  og'ish  burchagi,  yeming  geologik 
o'tm ishi  va  boshqalar.
Topografik  planlaming  shartli  belgilari  masshtabli,  masshtabsiz  va 
tushuntiruvchi  belgilarga  bo'linadi.  Plandagi  tafsilotlam ing  shakli  va 
kattaliklarini  plan  masshtabida  tasvirlashda  masshtabli  shartli  belgilardan 
foydalaniladi.  Masshtabli  shartli  belgilar  maydonli  va  chiziqli  bo'ladi. 
Maydonli  shartli  belgilar  bilan  o'rm onlar.  shudgorlar,  ekin  dalalari,  ko'llar, 
botqoqliklar,  aholi  yashaydigan  joylar,  bog'lar  va  boshqalar  tasvirlanadi. 
Maydonli  shartli  belgilar  yordamida  tasvirlangan  ob'ekllarning  maydonini 
aniq  hisoblasa  bo'ladi.
M aydonlaming  yuzasi  rang  yoki  shtrix  bilan  bo'yaladi,  b a’zan  esa 
ularga  qo'shim cha  ravishda  tushuntirish  xati  yoki  miqdoriy  ko'rsatkichlar 
ham •  beriladi.  Masalan,  o'rm on  maydoni  tasvirlangan  bo'lsa,  undagi 
daraxtlar  turi,  balandligi,  yo'g'onligi  va  zichligini  qo'shim cha  holda  berish 
mumkin.
Daryolar,  yo'llar,  chcgaralar,  elektr,  aloqa,  vodoprovod  tarmoqlari  va 
shu  kabi  boshqa  ob’ektlar  chiziqli  shartli  belgilar  bilan  tasvirlanadi.  Bunda 
tafsilotlam ing  faqat  uzunligi  va  shaklini  masshtab  asosida  berish  mumkin. 
Lekin  ulam ing  kengligini  masshtab  asosida  ko 'rsatib   bo'lm aydi.  Masalan, 
temir  yo'llar,  avtomobilb  yo'llari  va  boshqalar.  Lekin  shunday  chiziqli 
shartli  belgilar  borki,  ular  ob’ektning  m iqdor  ko'rsatkichlarini  bildiradi. 
Masalan,  topografik  planlarda  bir  xil  balandlikka  ega  bo'lgan  nuqtalami 
birlashtiruvchi  chiziqlar  -  gorizontallar;  bir  xil  bosimga  ega  bo'lgan 
nuqtalami  tutashtiruvchi  chiziqlar  -  izobaralar;  bir  xil  temperaturaga  ega 
bo'lgan 
nuqtalami 
tutashtiruvchi 
chiziqlar 

izotermalar 
shular 
jumlasidandir.
Tafsilotlar  masshtabsiz  shartli  belgilar  bilan  tasvirlanganda  qabul 
qilingan 
masshtab 
hisobga 
olinmaydi. 
Y o'l 
belgilari, 
kilometr 
ko'rsatkichlari,  trigonometrik  punktlar,  alohida  turgan  daraxtlar  va 
boshqalarning  shartli  belgisi  masshtabsiz  berilsa,  o b ’ektlar  qo'shim cha

ta’rif,  tushuntiruvchi  bdlgilar  yordam ida  tasvirlanadi.  Masalan,  suvning 
oqim yo'nalishi  strelka bilan,  oqim tezligi  esa  raqam  bilan  ko'rsatiladi.
f l f l ‘C T I   I I /  
foybiri  u   %r»ju%lar
DO SlLIlt л.;,
G A G A R fH
0‘nqo'fy’on
M d - . r ,
? 0 i.v)  d m   I   im   i h o l M   М ’ Ь* 
h i
2li й :и '  l i * i   j.  id :  *  w f M d n i i   !ч)  . ^
1
.
! 4 - d i i l   L t n i   \ o f i j J . 4 i   h .   k u i   ч ^ Ы 'ч ,
Vo’l unnoqlari
V 4:1 ■
»
;iir  I/i!  UT-:' y i . 
'
 ivhi^r 

Katalog: filesarchive
filesarchive -> O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
filesarchive -> B u X o r o o z I q o V q a t V a y e n g I l s a n o a t t e X n o L o g I y a s I i n s t I t u t I r. A. X a I t o V, V. E. R a d j a b o V a
filesarchive -> Ipak qurti seleksiyasi.pdf [Aeratsiya stansiyalari]
filesarchive -> Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi.pdf [Aerologik asboblar]
filesarchive -> Osimliklarni biologik himoya qilish vositalari.pdf [Agrotexnik himoya usuli]
filesarchive -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va à b t 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
filesarchive -> 10-168 Tuproqshunoslik.pdf [Agrotuproq rayonlashtirish]
filesarchive -> Qishloq xojaligi asoslari.pdf [Almashlab ekish rotatsiyasi]
filesarchive -> Umumiy va qishloq xojaligi fitopatologiyasi.pdf [Aralash ekinlar]
filesarchive -> Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi.pdf [Aralash silos]

Download 82.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling