Tabiiy tosh materiallar. Sun’iy kuydirilgan materiallar va buyumlar-sapol buyumlar haqida umumiy tushuncha
Download 2.14 Mb.
|
TABIIY TOSH MATERIALLARI VA ULARNING TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog’ jinslarining tarkib topishi va tavsifi Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari
TABIIY TOSH MATERIALLARI VA ULARNING TURLARI1.Tog’ jinslarining tarkib topishi va tavsifi, Qurilishda ishlatiladigan tog’ jinslari 2.Tabiiy tosh materiallarini qazib olish va ishlov berish, Tabiiy tosh materiallari va buyumlarini tashish, saqlash, ularni yemirilishdan himoyalash usullari. 3.Mahalliy tabiiy tosh materiallarsh 4.Sopol buyumlar haqida umumiy tushuncha Tog’ jinslarining tarkib topishi va tavsifi Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslariTog’ jinslaridan faqat mexanik usulda ishlov berish yo’li bilan (maydalash, parchalash, arralash, jilvirlash, jilolash va boshqa yo’llar bilan) olinadigan qurilish materialllari tabiiy tosh materialalar deb ataladi. Bunday ishlov berish natijasida tabiiy tosh materiallar tog’ jinsining fizik-mexanik xossalarini qariyib to’la saqlab qoladi. Tog’ jinslari yer qobig’ini yuzaga keltiruvchi mustaqil geologik jinslarni hosil qiladigan, ma’lum darajada o’zgarmas tarkibli minerallarning tabiiy agregatlaridan iboratdir. Bitta mineraldan iborat tog’ jinslari oddiy yoki monomineral jinslar deb, bir necha mineraldan iborat tog’ jinslari esa murakkab, yoki polimineral jinslar deb ataladi. Mineral (lotin tilida minera - ruda) – kimyoviy tarkibi va fizik xossalari bo’yicha taxminan bir jinsli tabiiy jism bo’lib, yer qobig’ida sodir bo’ladigan har xil fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’ladi. Har qaysi mineral ma’lum kimyoviy tarkib va fizik-mexanik xossalar bilan tavsiflanadi. Kelib chiqishi bo’yicha tog’ jinslari magmatik (otqindi), cho’kindi va metamorfik kabi uch guruhga bo’linadi. Magmatik tog’ jinslari-olov suyuq massa-magmaning sovishi natijasida hosil bo’lgan. Magma yer qobig’ini yorib chiqib yer yuzasida yoyiladi yoki yer qobig’i ustida soviydi. Magmaning sovish sharoitlariga qarab u chuqurlikda sovigan (intruziv) va otilib chiqib sovigan (effuziv) jinslarga bo’linadi.
Metamorfik yoki ko’rinishi o’zgargan tog’ jinslari cho’kindi yoki magmatik tog’ jinslarining yuqori harorat, yuqori bosim va boshqa omillarning ta'sirida o’z ko'rinishlarini o’zgartirishlari natijasida yer po’stining qalinligida hosil bo’lgan. Bunday sharoitlarda minerallar erimasdan qayta kristallanadi, bu esa hosil bo’lgan jinslar zichligining dastlabki jinslar zichligiga nisbatan ortishiga yordam beradi. Odatda, metamorfik tog’ jinslari slanets tuzilishiga ega bo’ladi, lekin birlamchi jinslar strukturasini saqlab qolishlari mumkin.Gabbro-eng mustahkam va turg‘un magmatik tog‘ jinsi bo‘lib, dala shpati (plagioklaz) va qoramtir rangli minerallardan (avgit va olivindan) iborat Chaqiq cho'kindi tog’ jinslarining uvalanib ketadigan turlari (qum, shag'al) hamda sementlangan turlari (qumtosh, konglomeratlar, brekchilar) qurilishda keng ko’lamda ishlatiladi. Gilli cho'kindi tog’ jinslari jumlasiga kaolinit, kvars, slyuda, dala shpati va boshqalarning juda mayda zarrachalaridan iborat bo’lgan mayda chaqiqli qatlamlari kiradi. dolomit, magnezit, gips angidrit Ximogenli cho’kindi jinslar ohaktosh, ohaktosh-chig’anoqtosh, bo’r, trepel, diatomit Organogen cho’kindi jinslar gneyslar, gilli slanetslar, marmarlar va kvarsitlardir Metamorfik tog’ jinslari Tabiiy tosh materiallarini qazib olish va ishlov berish Tabiiy tosh materiallari va buyumlarini tashish, saqlash, ularni yemirilishdan himoyalash usullariTosh qazib olish. Qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan tog’ jinslarini qazib olish usullari ularning joylashish sharoitlari, mustahkamligi va qattiqligi, shuningdek, yasaladigan buyumlarning shakli hamda o‘lchamlariga bog’liq. Tog’ jinslari uncha chuqur joylashmagan yoki yer yuzasiga yaqin joylashgan hollarda, ularni qazib olish ochiq usulda olib boriladi. Chuqur joylashgan tog’ jinslari tosh maydalanadigan joylar yoki shaxtalarda yerosti usulida qazib olinadi. Tosh materialllar va buyumlar ishlab chiqarish uchun avvalo tog’ jinsini qazib olish va unga ishlov berish zarur. Mayda tosh yoki xarsang tosh uchun mo’ljallangan zich tog’ jinslari, odatda, portlatish usulida qazib olinadi, lekin tog’ jinslaridan katta o’lchamli plitalar va bloklar tayyorlashda ushbu usul qo’llanmaydi, chunki jinslarda darzlar paydo bo’lishi mumkin. Alohida bloklar massivdan tosh tarashlash va qo’porish mashinalari, shuningdek, maxsus asboblar yordamida arralab yoki sindirib olinadi.Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling