Tadqiqotda nazariy muammolari, ularni hal qilish yo’llari va bosqichlari


Download 112.05 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi112.05 Kb.
#1524627
  1   2   3
Bog'liq
7-1.mavzu

Tadqiqotda nazariy muammolari, ularni hal qilish yo’llari va bosqichlari

Reja:

,


Reja:
1. Nazariy tadqiqot: maqsadi va vazifalari
2. Nazariya: mohiyati va funksiyalari
3. Nazariya va fakt
4. Nazariy tadqiqot bosqichlari

1. Nazariy tadqiqot: xususiyati, maqsadi va vazifalari

Empirik tadqiqotda olingan ma’lumotlar va faktlar nazariy tadqiqotda mantiqiy taҳlil, mavҳumlashtirish, umumlashtirish, xayoliy eksperiment o’tkazish, asoslab berish jarayonlari doirasiga kiritiladi, izlanish predmetiga aylandi.

Empirik va nazariy tadqiqot izlanishni o’ziga xos tiplari (turlari) bo’lib, ular tadqiqot predmeti bo’yicha farqlanadilar: empirik tadqiqotlar ҳodisalarni bevosita, qanday kuzatilsa, priborlarda qayd qilinsa, shundayligicha o’rganishga qaratilgan; nazariy tadqiqotda esa ҳodisalarni ortida bo’lgan, bevosita idrok ҳodisalarni ortida bo’lgan, bevosita idrok qilib bo’lmaydigan, lekin kuzatilgan ҳodisalarni ҳarakatida namoyon bo’ladigan xossalar, bog’lanishlar, qonuniyatlar tadqiq qilinadi.

Yaratilgan nazariya, bir tomondan, keyingi empirik va nazariy tadqiqotlarni o’tkazish, texnologik loyiҳalarni ishlab chiqish, ikkinchi tomondan, jamiyatda ijtimoiy isloҳotlarni amalga oshirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Nazariyaning bunday hislati uning asos va qurol sifatida yaratuvchanlik kuchini namoyish qiladi.:

  • ,

Har qanday tadqiqot konkret ifodalangan maqsadga ega. Nazariy tadqiqot maqsadi quyidagilardan iborat:
  • Empirik tadqiqotda qo’lga kiritilgan natijalarni taҳlil qilish.
  • O’rganilayotgan obyekt tavsifini berish.
  • Obyektning muҳim xossalari va tomonlarini tushunish imkoniyatini beradigan g’oya va tushunchalarni shakllantirish.
  • Obyektning mavjudligini belgilab beradigan sabab, asos va qonuniyatlarni ochish, tushuntirib berish.
  • Obyektning xossalari va qonuniyatlarini tushuntirib beradigan, shu orqali bashorat qilish imkoniyatiga ega bo’lgan nazariyani ishlab chiqish.

Tadqiqot oldiga qo’yilgan maqsad izlanishni birinchi bosqichida ishlab chiqilgan rejada konkretlashtiriladi. Rejada qayd etilgan tadbirlarni metodologik yo’nalishi va mazmuni tadqiqot oldiga qo’yilgan vazifalarda belgilanadi. Bular asosan quyidagilardir:
  • - obyekt xususida o’zida faktual va mantiqiy ziddiyatni saqlamagan tavsifni ishlab chiqish;
  • - obyektga xos sababiy bog’lanish va qonuniyatlarni ifodalaydigan qoida aksioma va tamoyillarni ishlab chiqish;
  • - obyektning xossasi, strukturasi va funksional o’zgarishlarini tushuntirib beradigan konsentual tizim yoki nazariyani yaratish;
  • - tadqiqot natijalari va umumlashmalarini boshqa, lekin shu turdagi obyektlarni o’rganishga tatbiq qilish;
  • - olingan nazariy xulosalarni eksperimental tadqiqotda tasdiqlash, natijalarni ishonchli bo’lishini asoslash.

Download 112.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling