Takroriy ekinlar


Download 35.38 Kb.
bet1/4
Sana03.11.2023
Hajmi35.38 Kb.
#1741857
  1   2   3   4
Bog'liq
Yerlarni takroriy ekinlar ekihga tayyorlash


Takroriy ekinlar 1) daladagi asosiy ekin hosili oʻribyigʻib olinganidan keyin oʻrniga ikkinchi marta ekiladigan ekinlar; ekilgan yilining oʻzidayoq hosil beradi. Yerdan unumliroq foydalanishga va maydon birligidan koʻproq miqdorda qishloq xoʻjaligi. mahsuloti olishga imkon beradi. Kuzi iliq, uzoq davom etadigan sernam rayonlarda va sugorma dehqonchilik mintaqalarida qoʻllaniladi. Oʻrta Osiyoda angʻiz ekinlar ekiladi (mas., kuzgi arpa oʻrib olinganidan keyin oʻrniga boshqa don ekini — makkajoʻxori, joʻxori, noʻxat, mosh ekiladi) va 2hosil olinadi (don yoki koʻk massa). Bu joylarda oʻrib olinadigan ekinlar ham ekiladi. Asosiy ekin fiziologik yetilmasdan (mas., koʻk ozuqa uchun kuzgi javdar) oʻrib olinganidan keyin oʻrniga ozuqa uchun makkajoʻxori ekish ham mumkin; 2) bir ekinning oʻzini bir maydonga bosim ikki yoki bir necha yil mobaynida qayta ekish. Gʻoʻza, iyuli, bugʻdoy va boshqa ekinlar yetishtiryshga ixtisoslashtirilgan zonalarda keng qoʻllaniladi. Oʻgʻitlar yetarli va sugoriladigan sharoitlarda takror ekilganda hosildorlik pasaymaydi. Bu usul almashlab ekishga kirmaydigan uchastkalarda ham qoʻllaniladi. Mas., bir dalada surunkasiga 2—3 yil kanop yetishtirish shular jumlasiga kiradi.
TAKRORIY EKIN SIFATIDA KARTOSHKA YETISHTIRILMOQDA
AGRO.UZ > YANGILIKLAR > FOTOREPORTAJLAR > TAKRORIY EKIN SIFATIDA KARTOSHKA YETISHTIRILMOQDA
AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > TAKRORIY EKIN SIFATIDA KARTOSHKA YETISHTIRILMOQDA
Avg 23, 2022Posted by: Media-markazFotoreportajlar

Kartoshka dunyo dehqonchiligida maydoni bo‘yicha bug‘doy, sholi, makkajo‘xoridan keyingi o‘rinda, ahamiyati jihatdan ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu mahsulot B1, B3, PP, K kabi vitaminlar hamda mineral tuzlar, elementlar manbaidir. Ayniqsa, yosh pishmagan tuganaklari C vitamini yoki askorbin kislotasini o‘zida ko‘p miqdorda saqlaydi. Tuganaklar pishganda va saqlash mobaynida C vitaminning miqdori kamayib boradi. Kartoshka foydaliligi va to‘yimliligi bois, uni “ikkinchi non” ham deyishadi.



2022-yil hosili uchun fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining g‘alladan bo‘shagan maydonlariga takroriy ekin sifatida 26,9 ming gektarga kartoshkaning yangi serhosil “Surya”, “Spunta”, “Ranomi”, “Passion”, “Malis”, “Luizana”, “Orea” va “Konstanse” kabi yuqori avlodli xorijiy navlari ekildi.
Ushbu maydonlardan 519,9 ming tonna mahsulot yetishtirish prognoz qilingan.


Download 35.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling