Ta’lim metodlari va vositalari


Download 216.13 Kb.
bet1/3
Sana25.10.2023
Hajmi216.13 Kb.
#1719432
  1   2   3
Bog'liq
umumiy pidagogika


Ta’lim metodlari va vositalari.

1. Metod tushunchasi va mohiyati
2. Ta’lim metodlari evolutsiyasi
3. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi
4. Ta’lim vositalari
5. Ta’lim metodlari va vositalarini tanlash.

1. Metod tushunchasi va mohiyati


Metod – yunoncha atama bo'lib, aynan nimagadir yo'l ma'nosini anglatadi.
Ta'lim metodi – zamonaviy darajada o'quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan pedagogik va o'quvchilarning o'zaro bog'liq faoliyat usullaridir (V.I.Zagazinskiy); ta'lim metodlari – o'quv jarayonining murakkab tarkibiy komponenti bo'lib, o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining barcha yo'nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o'rtasida ko'p sonli aloqa va bog'lanishlarni yuzaga keltiradi (G.I.Xukina);
O'qitish usullarini quyidagilarga bo’lish mumkin:
-tafakkur, xotira, diqqat va xayolning alohida operatsiyalarini tarkib toptiradigan va faollashtiradigan usullar;
-fikrlash faoliyatida muammoli va izlanishli vaziyatlarni vujudga keltiradigan usullar;
-o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish bilan bog'liq kechinmalari va hissiyotlarini faollashtiradigan usullar;
-nazorat va o'quvchilarning o'zini-o'zi nazorat qilish usullari;
-o'qitish jarayonida o'quvchilarning jamoaviy va shaxsiy o'zaro munosabatlarini boshqarish usullari.
2. Ta’lim metodlari evolutsiyasi
Ta’lim metodlari — tarixiy kategoriya hisoblanadi. Fan-texnika
taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganlik darajasi pedagogik jarayon maqsadi, mazmuni, vositalariga ta’sir qiladi. Ularning o'zgarishi bilan ta’lim metodlari ham o'zgaradi.

Amerikalik pedagog K. Kerr « ta’lim metodlari sohasidagi tub burihshlarni » to’rt bosqichga ajratadi. Kishilik jamiyatining dasdabki rivojlanish bosqichida bolalarni asosiy o'qituvchilari ota-onalar hisoblangan. Birinchi tub burilish ularning o'rniga professional o'qituvchilarning kelishi davri. Ikkinchi tub burilish og'zaki so'zni, nutqni yozuv bilan almashinuvi bilan bog'liq. Uchinchi tub burilish ta'limga bosma so'zning kiritihshi davri. To'rtinchisi ta'limni avtomatizatsiyalashtirish va kompyuterizatsiyalashtirish bilan bog'liq.

Download 216.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling