Talonchilik yo'li bilan talon taroj qilganligi uchun jinoiy javobgarlik munadrija I bob o'zlashtirish yoki rastrata qilish jinoyati va uni tergov qilishning nazariy asoslari kirish


Download 50.07 Kb.
bet1/6
Sana20.11.2023
Hajmi50.07 Kb.
#1789010
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TALONCHILIK YO\'LI BILAN TALON TAROJ QILGANLIGI UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK


TALONCHILIK YO'LI BILAN TALON TAROJ QILGANLIGI UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK
MUNADRIJA
I BOB O'ZLASHTIRISH YOKI RASTRATA QILISH JINOYATI VA UNI TERGOV QILISHNING NAZARIY ASOSLARI KIRISH
1.1 O'zlashtirish yoki rastrata qilish jinoyatining jinoiy-huquqiy tasnifi
1.2 O'zlashtirish yoki rastrata qilish jinoyatini tergov qilishning ilmiy-nazariy asoslari
II BOB O'ZLASHTIRISH YOKI RASTRATA QILISH JINOYATINI TERGOV QILISHNING AMALIY ASOSLARI
2.1 O'zlashtirish yoki rastrata qilish jinoyatini tergov qilish yuzasidan tergov qilishni rejalashtirish va o'tkaziladigan tergov harakatlari tasnifi
2.2 O'zlashtirish yoki rastrata qilish jinoyatini tergov qilishga qo'llaniladigan zamonaviy usullar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Ijtimoiy munosabatlar rivojlangani singari jamiyatdagi munosabatlar tizimi murakkablashib, turli-tuman ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Ijtimoiy munosabatlar o’z navbatida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda vujudga kelib, insonlar tabiatini o’zaro bog’laydi. Ijtimoiy munosabatlar bevosita insonning dunyoqarashi, fikrlash madaniyatiga ta’sir ko’rsatsa, iqtisodiy munosabatlar inson mavjudligining moddiy kafolati sanaladi. Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borar ekan, turmush tarzi, yashash darajasi, davlatning turli jabhalardagi qudrati rivojlanadi, takomillashib boradi. Shu bois, iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirmasdan turib, ko’plab qo’yilgan davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshirish imkonsizdir. Mamlakatlar o’z qonunchiligiga iqtisodiyot negizini muhofaza etadigan yuridik normalarni shuning uchun ham eng asosiy normalar qatorida belgilaydi. Shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-55-moddalarida mulk shakllarining tengligi, xususiy mulkning daxlsizligi, mulkdorning o’z mulkidan o’zining xohishiga ko’ra foydalanishi, mulk shakllarining davlat himoyasi ostida ekanligi belgilab qo’yilgan. 1 Mulkning daxlsizligi tushunchasi Qadimgi Rimning 12- jadval qonunida ham o’z ifodasini topgan. 2 Fransiyada 1789-yilda qabul qilingan “Inson va fuqaro huquqlari to’g’risida”gi Deklaratsiyaning 17- moddasida “mulk daxlsiz va muqaddas huquq bo‘lib, undan hech kim mahrum etilishi mumkin emas, qonuniy ravishda belgilangan jamoat zarurati aniq taqozo qilgan hollar bundan mustasno, shuningdek, adolatli va oldindan tovon to‘lash sharti bilan ushbu huquq cheklanishi yoki mahrum qilinishi mumkin” 3 deya belgilangan. 1948-yil 10- dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi to’g’risida”gi xalqaro hujjatning 17- moddasida “ Har kim, xoh yakka, xoh birgalikda, mulkka egalik qilish huquqiga ega. Hech kim o'zboshimchalik bilan o'z mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas” 4deb mustahkamlab qo’yilgan. Bundan tashqari, 1966-yilda qabul qilingan “Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquqlar to’g’risida”gi xalqaro Paktning 6-moddasida shaxsning bevosita bir qator doimiy iqtisodiy huquqlari kafolatlanishi ham bejiz emas. 5 Germaniya Federativ Respublikasining 1949-yil 13-mayda qabul qilingan Konstitutsiyasining 14-moddasida “mulkchilik huquqi kafolatlanadi, mulkchilikdan foydalanish jamiyat manfaatiga zarar yetkazmasligi va ijobiy holatlarga xizmat qilishi kerak” 6 ligi aytib o’tilgan. Jamiyat iqtisodiy negizi bo’lgan mulkchilik shakllarining daxlsizligi Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 35-moddasida, 7 Qozog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida 8 , 1947-yil 27-dekabrda qabul qilingan Italiya Konstitutsiyasining 42-moddasida9 , Yaponiya Imperiyasi Konstitutsiyasining 29-moddasida10 , Janubiy Koreya Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasida11 , Singapur Respublikasi Konstitutsiyasining 160-moddasida12 keltirib o’tilgan. Birinchidan, har bir davlat mulk shakllarining tengligiga bevosita yuridik mazmun bag’ishlar ekan, unga qarshi qaratilgan har qanday ijtimoiy xavfli qilmishga qarshi keskin kurash olib boradi. Mulkka qarshi qaratilgan talon-taroj jinoyatlari jamiyat iqtisodiy negiziga qarshi qaratilgan eng xavfli jihatlardan biridir. Shu bois, ko’plab mamlakatlar, shu jumladan, bizning respublikamizda ham mulkka qarshi qaratilgan talon-taroj jinoyatlari, ayniqsa o’zganing mulkini o’zlashtirish yoki rastrata orqali talon-taroj qilish jinoyatiga qarshi keskin chora-tadbirlar ko’riladi. Bu borada prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “…oldimizda turgan yana bir vazifa xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirishga halaqit berayotgan barcha to’siq va cheklovlarni barataraf etishdan iboratdir” 13 deya bildirgan fikrlari nihoyatda o’rinlidir. Ikkinchidan, tadqiqot ishimizning dolzarbligining yana bir jihati, mamlakatimizda talon-taroj jinoyatlari, xususan biz tadqiqot olib borayotgan o’zlashtirish yoki rastrata qilish yo’li bilan o’zganing mulkini talon-taroj qilish jinoyatining kundan kunga o’sib borayotganidir. Xususan, o’zlashtirish yoki rastrata qilish yo’li bilan talon-taroj qilish jinoyati yuzasidan 2015-yilda 3883 ta ish, 7595 nafar shaxsga; 2016- yilda 4020 ta ish, 8442 nafar shaxsga; 2017-yilda 3286 ta ish, 6458 nafar shaxsga; 2018-yilda 1927 ta ish, 3491 nafar shaxsga; 2019-yilda 1620 ta ish, 2992- nafar shaxsga nisbatan ish ko’rilgan bo’lsa, bu ko’rsatgich 2020-yilda 2583 ta jinoyat ishi sudda ko’rish uchun tayinlangan. 14 Uchinchidan, tadqiqot ishimizning yana bir dolzarbligi shundaki, aynan o’zlashtirish yoki rastrata qilish yo’li bilan o’zganing mulkini talon-toroj qilish jinoyatining jinoiy-huquqiy, kriminologik jihatlari mavzusi doirasida ko’plab tadqiqot ishlari olib borilib, mazkur jinoyatni tergov qilishning kriminalistik jihatlariga kamdan kam hollarda e’tibor berilayotgani va deyarli tadqiqot ishlarining olib borilmayotganligidadir. Hozirgi kunda ilmiy adabiyotlarda mazkur jinoyatni tergov qilishning metodikasi, tergov harakatlarini o’tkazishning eng samarali taktikasi, tergov vaziyatlari va isbot qilinishi lozim bo’lgan holatlar borasida yetarli manba va xulosalarning mavjud emasligi ham tadqiqot ishimizning ahamiyatini oshiradi. Tadqiqot ishimiz bevosita sud-tergov faoliyatida mazkur jinoyatni jinoyat ishini qo’zg’atishdan boshlab toki uni ayblov xulosasi va ayblov dalolatnomasi bilan sudga chiqarish jarayonigacha amalga oshiriladigan tergov qilishning metodologiyasini o’z ichiga qamrab olganligi bilan ham ahamiyatlidir.


Download 50.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling