Tangacha qanotlilar turkumi Ikki qanotlilar turkumi Pardaqanotlilar turkumi
Download 1.04 Mb.
|
kurs ishi Tangaqanotlilar turkumini o`rganish. Tunlamlar va kuyalar oilasi vakillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kapalaklar , tangachaqanotlilar
Mavzu: Tangaqanotlilar turkumini o`rganish. Tunlamlar va kuyalar oilasi vakillari Reja: Kirish Asosiy qism 1.1 Tangacha qanotlilar turkumi 1.2 Ikki qanotlilar turkumi 1.3 Pardaqanotlilar turkumi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kapalaklar, tangachaqanotlilar (Lepidóptera) — toʻliq metamorfoz bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumi. Mezozoyning boshlarida kelib chiqqan; asosiy oilalari paleogenning boshlarida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, boʻr davridan maʼlum. Koʻpchilik kapalaklarning ogʻiz organlari yuksak ixtisoslashgan soʻruvchi hartumdan iborat boʻlib, boshining ostki tomonida spiral shaklda oʻralib turadi. Pardasimon qanotlari rangli tangachalar bilan qoplangan. Qanotlarining rangi, ayniqsa, ularning turli rangda tovlanishi rangsiz tangachalarning yorugʻlik nurini har xil burchak ostida singdirishi bilan, qora, sariq va boshqa rangli dogʻlar esa pigment bilan bogʻliq. Moʻylovlarining shakli va uzunligi har xil. Yozilgan qanotlari 3,2 mm dan (mitti kuyachalar) 300 mm gacha (tunlamlar). Tuxumlarining shakli har xil boʻlib, sistematik ahamiyatga ega. Qurtlarida 3 juft koʻkrak oyokdari bilan birga 5 juft soxta qorin oyoqlari ham boʻladi. Gʻumbaklari yopiq (koʻpincha, pilla ichida), tuban vakillarida ochiq (erkin) boʻladi. Kapalaklar odatda, tuban kapalaklar (teng qanotlilar) va yuksak kapalaklar (har xil qanotlilar) kenja turkumlariga boʻlinadi. Ayrim hollarda ogʻiz organlari kemiruvchi tipda boʻlgan tishli kuyalar alohida kenja turkumga ajratiladi. Kapalaklar turkumining sistemasi aniq ishlab chiqilmagan, 100 dan 200 gacha oilaga ajratiladi. 140 mingga yaqin turi maʼlum. Kapalaklar faunasi, ayniqsa, tropik mintaqada xilma-xil. Oʻzbekistonda 1500 ga yaqin turi aniklangan. Tunlam kapalaklar, odimlovchilar, barg oʻrovchilar oilalari, olovrang kapalaklarlar, kuyalar katta oilalari, ayniqsa, turlarga boy. Koʻpchilik kapalaklar shomda yoki kechasi, ayrimlari kunduzi faol hayot kechiradi. Voyaga yetgan kapalaklar gul nektari yoki oʻsimlik (baʼzan qayvonlar) shirasi bilan oziqlanadi. Koʻpchilik kapalaklar imagosining ogʻiz organlari reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi (afagiya). Tishli tunlamlar gul changi bilan oziklanadi. Kapalaklar voyaga yetgan davrida bir necha kun, hatto bir necha soatdan (oziqlanmaydigan turlari) bir necha oygacha (voyaga yetgan davrida qishlaydigan kapalaklar) yashaydi. Koʻpchilik kapalaklarning qurtlari fitofag, lekin saprofaglar, kerotofaglar (yung va patxoʻrlar), yirtqichlar, hatto parazitlar (tropikada) ham uchraydi. Yillik rivojlanish sikli turlicha; koʻpchilik turlari (monovoltinlar) yilda bir marta, boshqalari (bi-va polivoltinlar) ikki yoki koʻp marta nayel beradi; daraxtlarning yogʻochlik qismida rivojlanadigan turlari generatsiyasi 2—3 yil davom etadi. Odatda, qurtlik davrida, baʼzi turlari imago yoki tuxum davrida qishlaydi. Ayrim turlarining diapauzasi turli rivojlanish davrlarida oʻtadi. Baʼzi kapalaklar, ayniqsa choʻlda tarqalgan turlari yezda ham diapauzaga oʻtadi. Koʻpchilik kapalaklar (aksariyat, ixtisoslashganlari) oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. Tut, aylant va xitoy dub ipak qurtlari kapalaklari ipak olish maqsadida qoʻlda boqiladi. Koʻpchilik kapalaklar qurtlari (tunlamlar, kuyalar va boshqalar) qishloq xoʻjaligi ekinlari, oʻrmonchilik xoʻjaliklari (odimlovchilar, barg oʻrovchilar va boshqalar), oziq-ovqat zahiralari, yung va moʻynadan tayyorlangan mahsulotlarga (kuyalar, tunlamlar va boshqalar) katta ziyon keltiradi. Oʻzbekiston qududida kapalaklarning 100 dan ortiq turi mevali daraxtlar va qimmatbahr yovvoyi oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Baʼzi turlari (masalan, kuzgi, undov, gʻoʻza, kichik quruqlik tunlamlari va boshqalar) gʻoʻza hamda unga yoʻldosh ekinlar zararkunandalaridir. Koʻpchilik kapalaklar, ayniqsa, kunduzgi turlarining soni yashash muhitining buzilishi, zaharli kimyoviy moddalar va oʻgʻitlarning qoʻllanilishi tufayli keskin kamayib bormoqda. Kapalaklarning bir qancha turlari muhofaza qilinadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling