Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet1/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik


Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O.X.Yakubov, Samarqand davlat universiteti "Informatika" kafedrasi mudiri, dotsent I.B. Aminov

Ma’sul muxarir: fizika-matematika fanlari


doktori, professor F.B.Badalov

Darslik informatika va hisoblash texnikasi fanining mazmuni, hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi, IBM PC turidagi kompyuterlar va uning dasturiy ta’minoti, xususan MS DOS operatsion tizimi, NC qobiq dasturi, Windows operatsion tizimi, Microsoft Word va Excel dasturlari, Paint grafik muharriri, Microsoft Access dasturi, Internet Explorer va elektron pochta xizmatidan foydalanishni o’z ichiga oladi. Shuningdek, darslikda algoritmlash asoslari va Paskal algoritmik tili bayon qilingan. Barcha mavzular bo’yicha nazorat uchun savol va mashqlar to’plami keltirilgan.


Darslik oliy o’quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan kollej, litsey o’quvchilari va faoliyati zamonaviy kompyuterlar bilan bog’liq bo’lgan keng omma hamda ilmiy hodimlar foydalanishlari mumkin.


Xolmatov T.X. va boshq. Informatika: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik / T.X. Xolmatov, N.I. Taylaqov, U.A. Nazarov; (ma’sul muharrir F.B. Badalov).-T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2003.- 256 b.
1.1.,2 Muallifdosh.
BBK 32.81ya73+32.973ya73
0601000000 ® «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi»
2003 Davlat ilmiy nashriyoti, 2001
jjo — ZUUJ
© «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti. o’zgarishlar bilan,
ISBN 5-89890-075-6 g- 2003
Kirish
Mamlakatimizda mulkchilikning xususiy va aralash shakllariga o’tish, energetik xom ashyo resurslaridan unumli foydalanish davrida kompyuter texnologiyalaridan milliy iqtisodiyotni boshqarishda foydalanish tobora muhim bo’lib bormokda. 1993-1995 yillarda davlat boshqarma va bank muassasalarining informatsion tizimlarini kompyuterlashtirishga asosiy e’tibor berildi. Soliq qo’mitasi ma’lumotlarini yig’ish va tahlil qilishning yagona tizimi, abiturientlarni testlar asosida qabul qilish kompyuter tizimi yaratildi. Hisob va statistikaning xalqaro tizimiga mos taxdil qilish va statisti-ka davlat muassasalari kompyuter tarmog’i yangi texnik darajada tashkil etilmokda. Tarmoqlarga xizmat ko’rsatish tizimi avtomatlashtirilgan, xususiylashtirish va mablag’ ajratish jarayonlarini ma’lumot bilan ta’minlash va telekommunikatsion fondli tizimlari yaratilgan. Deyarli barcha tijorat banklari to’lovlari respublika miqyosidagi elektron tizimiga bog’langan. Tadbirkorlikning takomillashuvi kompyuter texnikasidan xom ashyo va tovar mahsulotlarini hisoblash sohasida foydalanishga sharoit yaratib berdi.
Chet elda puxta ishlangan ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni kompyuterlar yordamida boshqarish texnologiyalari — xorijiy mablag’lar bilan ishga tushirilgan yetuk sanoat korxonalarining asosidir. "Zarafshon-N’yument" birlashmasi va "SamKochAvto", "O’zDEU avto" zavodlari, .'O’zDEU elektroniks" zavodi, "Buxoro neftni qayta ishlash birlashmasi" shular jumlasidandir.
Respublikaning ko’pchilik shahar va viloyatlarida radiotelefon va peydjing aloqa tizimlari ishlamoqtsa. Oxirgi 3 yil maboynida kompyuter sanoati xalqaro ko’rsatkichlar bo’yicha ishlashga o’tmokda. O’zbekistonda kompyuterni jon boshiga hisoblash ko’rsatkichi yildan-yilga ortib bormokda.
Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlar, O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" ta’lim tizimidagi o’quv muassasalari pedagoglari va talabalari oldiga muhim vazifa qo’yadi.
Jamiyatimiz XXI asrga qadam qo’ydi. Yangi asr o’z navbatida jamiyatimiz zimmasiga muhim masalalarni hal etishni yuklamoq da. Ishlar majmuini hal qilish har bir fuqaroning shaxsiy ishtirokiga va ijodiy ma’suliyatli munosabatiga bevosita bog’liq.
Darslikda davlat ta’lim standarti asosida Informatika fanidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan quyidagi bilim va ko’nikmalar o’z ifodasini topgan:

  • axborot o’lchov birliklari xususiyatlari;

  • informatika fani taraqqiyoti;

  • SHEHMning umumiy tuzilishi;

  • kompyuterning yaratilish tarixi;

  • kompyuterni ishga tushirish va o’chirish;

  • kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari;

  • MS DOS operatsion tizimi, uning buyruklari va arxivlash dasturlari;

  • NC qobiq dasturi, uning buyruklari, NCda fayllar ustida bajariladigan amallar, funktsional tugmachalar va ulardan foydalanish, ayrim amaliy dasturlar hamda ularning qo’llanishi;

  • Windows operatsion tizimi, uning imkoniyatlari, afzalliklari va o’ziga xos xususiyatlari;

  • Windows Commander qobiq dasturida ishlash;

—matn muharriri imkoniyatlari, MS Word dasturida ishlash;

  • elektron jadvallar, MS Excel dasturida ishlash;

  • kompyuter grafikasi, MS Paint dasturida ishlash;

  • axborotlar ombori, MS Access dasturida ishlash;

  • xalqaro informatsion tarmoklar, MS Internetda ishlash;

  • elektron pochta xizmatidan foydalanish va hokazo.

Darslik o’n to’rt bob va ilova qismidan tashkil topgan.
Birinchi bob "Informatika, hisoblash texnikasi, uning arifmetik asosi" deb nomlanib, unda fanning mazmuni, hisoblash texnikasining rivojlanish bosqichlari, kompyuterning yaratilish tarixi hamda EHMning arifmetik asosi bayon qilingan.
Ikkinchi bobda IBM PC kompyuteri haqida asosiy ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi bob kompyuter bilan dastlabki muloqat, uni yuklash, o’chirish, klaviatura bilan ishlash, fayl va katalog tushunchalari tavsifiga bag’ishlangan.
To’rtinchi bobda MS DOS operatsion tizimi, uning asosiy buyruklari tavsifi keltirilgan.
Beshinchi bob Norton Commander (NC) qobiq dasturida ishlash, NC imkoniyatlari, menyusi va asosiy buyruqlari tavsifiga bag’ishlangan.
Oltinchi bob Microsoft Windows operatsion tizimi, uni yuklash va undan chiqish, ishchi stoli, topshiriklar jadvali, Windows Commander dasturlarida ishlash tartiblariga bag’ishlangan.
Yettinchi bobda Word matn muharriri, uning imkoniyatlari va unda matnli ma’lumotlarni qayta ishlash (kiritish, saklash, chop qilish va hokazo) haqida ma’lumot berilgan.
Sakkizinchi bobda Paint grafik muharriri, uning imkoniyatlari tavsifi keltirilgan.
To’qqizinchi bobda jadvalli ma’lumotlar, xususan, Microsoft Excel elektron jadvalida ma’lumotlarni qayta ishlash, uning imkoniyatlari, ishlash tartiblari ochib berilgan.
O’ninchi bobda ko’rgazmali namoyish va slaydlar tashkil etish, Power Point dasturi tavsifi berilgan.
O’n birinchi bob Microsoft Access dasturida ishlash tartiblariga bag’ishlangan.
O’n ikkinchi bobda global tarmoq, ya’ni INTERNET va elektron pochtada ishlash tartiblari haqida ma’lumot keltirilgan.
O’n uchinchi bobda algoritmlash asoslari, algoritmnint xossalari, ifodalanish usullari, masalalarniyechish algoritmlarini tuzish bayon qilingan.
O’n to’rtinchi bobda esa Paskal algoritmik tili (asosiy tushunchalari, standart funktsiyalari, asosiy operatorlari) haqida nazariy ma’lumotlar misollar yordamida bayon qilingan.
Darslik qo’lyozmasi bilan tanishib chiqib, uning sifatini yaxshilashga yaqindan yordam bergan SamDAQI "Informatika" kafedrasi o’qituvchisi O.S.Axmedov va shu kafedra xodimi O’.R.Aliqulovga mualliflar samimiy minnatdorchilik bildiradilar.
;.. Mualliflar

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling