TARBIYA JARAYONINING MOHIYATI VA MAZMUNI.TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI
AMALIY MASHG’ULOTINING REJASI
1.Tarbiya mohiyati va mazmuni
3. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari
Tayanch iboralar: Tarbiya, ta’lim, mohiyat, mazmun, tarbiya turlari, tarbiya vazifalari, qonuniyat, tamoyil, rag’batlantirish, jazolash, sharllantirish.
Amaliy mashg’ulotining maqsadi: Tarbiya mohiyati va mazmuni hamda maqsadi va vazifalarini o’rganish, amaliyotda qo’llash ko’nikmasi tarkib toptirish.
1.Quyidagolarga ta’rif bering?
Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi.
Tarbiyaning vazifasi – Aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, ma’naviy tarbiya, jismoniy tarbiya, estetik tarbiya, fuqarolik tarbiyasi, siyosiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, mafkuraviy tarbiya, vatanparvarlik tarbiyasi
Tarbiya qonuniyati – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan barqaror aloqalar.
Tarbiya tamoyili – bu tarbiyaviy ishning yo’nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo’yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir
Do'stlaringiz bilan baham: |