Targ‘ibot tadbiri


Download 7.61 Mb.
Sana18.11.2023
Hajmi7.61 Mb.
#1783683
Bog'liq
TARG\'IBOT TADBIRI BAYONNOMASI-1

2023 yil 10 aprel kuni Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti va O’zbekiston Liberal Demokratik partiyasi hamkorligida “Biz erkinlik uchun ovoz beramiz!” shiori ostida o’tkazilgan targ‘ibot tadbiri BAYONNOMASI




10.04.2023 Toshkent shahri


Targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan joy: Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi 60A uy,Toshkent moliya instituti E-bino ma’ruzalar zali.
Qatnashdilar: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi O’zbekiston Liberal Demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Fayzieva Dilorom Xusniddinovna, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohatlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Axmedov Durbek Qudratillaevich, Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputatlari, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti dekani Rustamov Davron Rustamovich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Axmedov Hasan Ruzibayevich, fakultet tyutorlari hamda 1-kurs talabalari.

Kun tartibi:


1.Bugungi kunda yangi tahrirdagi konstitutsiyaning qabul qilinishiga sabab bo’lgan zaruriyatlar nimalarda namoyon bo’lmoqda.
2.Xalq konstitutsiyasi deya e’tirof etilayotgan yangi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati hamda undagi o’zgarishlar va yangiliklar to’g’risida talaba yoshlarga atroflicha ma’lumotlar berish.
Targ’ibot tadbirini ochib berish uchun so’z olgan Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti dekani Rustamov Davron Rustamovich: “Bugun ozod va obod vatanimizning barcha hududlarida 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkaziladigan referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bugungi tadbirimiz ham mana shunday ommaviy targ‘ibot tadbirlarining davomi bo‘lib, unda Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakultetiting professor o‘qituvchilari va siz aziz talaba-yoshlarimiz ishtirok etmoqdasiz” deya o’z nutqlarini boshladilar. So’ngra yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini va Referendum o‘tkazilishining tartibi hamda qonuniy asoslari yuzasidan tadbir ishtirokchilariga atroflicha ma’lumotlar taqdim etish maqsadida tadbirga taklif etilgan mehmonlarga ketma-ket so’z berdilar.
Tadbir davomida so’zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Fayziyeva Dilorom Xusniddinovna yangi konstitutsiyamizda belgilanayotgan davlatimizning tashqi siyosatidagi ustuvor yo’nalishlar bo’yicha tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berdilar. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyusion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir.



So‘nggi olti yilda erishgan yutuqlarimizni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so‘z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani va boshqa ijobiy harakatlar ortga qaytmasligining konstitutsiyaviy himoyasini ta’minlash zarur. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo‘yish talab etilmoqda.





Hammamiz guvohi bo‘layapmizki, dunyoda har kuni kutilmagan xavf-xatar va tahdidlar yuzaga chiqyapti. Bugungi ziddiyatli jarayonlar, iqtisodiy qarama-qarshiliklar qachon va nima bilan tugashini bashorat qilib bo‘lmaydi. Hatto, ayrim davlatlarning dunyo xaritasida qolish-qolmasligi savol ostida qolayotgani ham sir emas. Jahondagi qariyb 100 million odam o‘z hayotini saqlash uchun boshqa yurtlarda boshpana izlab yurgani, oziq-ovqat yetishmasligi, energiya resurslari taqchilligi, pandemiya kabi global muammolar rivojlangan davlatlar aholisini ham jiddiy o‘ylantirmoqdaki, bularning bari bizga ham ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emas. Qolaversa, mintaqamizdagi vaziyat ham bizni jiddiy tashvishga solmay qo‘ymaydi, yonginamizda qariyb 50 yillik notinchlik davom etayotganligiga to’xtaldilar.
Tadbirda so’z olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohatlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Axmedov Durbek Qudratillaevich esa, yangi konstitutsiyamizda nazarda tutilayotgan ijtimoiy va yoshlar masalalarga urg’u berdilar.
Jumladan o’z nutqida mamlakatimiz har jihatdan katta davlatga aylanayotganiga e’tibor qaratdilar. Aholimiz 2040 yilga borib 50 millionga yetadi, jamiyatning yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil qiladi. Ularga munosib hayot sharoiti yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo‘lishi lozim.
Bular va boshqa ko‘pdan-ko‘p muammolar yechimi mustahkam huquqiy poydevorni – O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini taqozo etadi.
Xususan, “Inson qadri uchun” tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shart. Shu bois, Konstitutsiya loyihasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
Ta’lim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi, o‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ladi
Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.






Oxirgi olti yilda oliygohlar soni 77 tadan 210 taga, ularga qabul esa, 5 baravarga ortib, talabalar soni 1 millionga, oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 38 foizga oshdi. Davlat grantlari soni ham 2 baravar ko‘payib, 40 mingtaga yetdi, shundan, magistratura uchun 5 baravar ko‘paydi.


Alohida ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim va tarbiyaning tashkil etilishi, ularni hamma qatori umumiy maktablarda ham o‘qishini yo‘lga qo‘yilishi Yangi O‘zbekistonda inson qadri tamoyilining amaliy ifodasi hisoblanadi.





Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi. Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga yaqqol ishoradir. Deputatlar aholimizning 18 milliondan ortig‘i yoshlar ekanligi, ushbu ko‘rsatkich 2040 yilga borib, 25 millionga yetishini hisobga olib, Konstitutsiyaga yoshlar masalasiga alohida bob kiritilayotgani muhim ahamiyatga egaligini alohida ta’kidladilar.



Muhokamalar davomida yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish, ularning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan rivojlanishi, o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini davlat o‘z zimmasiga olishi yoshlar hayotda o‘zlarini to‘laqonli namoyon etish imkoniyatini ta’minlashi ta’kidlandi.





Tadbir yakunida fakultet dekani Rustamov Davron Rustamovich bugungi tadbir har tomonlama mazmunli o’tganligini, talaba-yoshlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishganini ta’kidlab, o’zlarining qimmatli vaqtlarini ayamasdan tashrif buyurgan mehmonlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi O’zbekiston Liberal Demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolariga talabalar va institut rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirdi.


Yoshlar bilan ishlash bo’yicha
dekan muovini H. Axmedov


Tyutor A.M.Mavlonov
Download 7.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling