Tarmoqni boshqarish tizimi (Network Management System, nms)


Download 13.75 Kb.
bet1/5
Sana08.11.2023
Hajmi13.75 Kb.
#1754341
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarmoqni boshqarish tizimi (Network Management System, nms)-fayllar.org


Tarmoqni boshqarish tizimi (Network Management System, nms)

17-Ma’ruza


Tarmoqni boshqarish. Tarmoqni boshqarishda qo‘llaniladigan asosiy protokollar, taqsimlangan tarmoqlarni boshqarish. DNS , ICMP va SNMP.
Reja:
1.Tarmoqni boshqarish.
2. Tarmoqni boshqarishda qo‘llaniladigan asosiy protokollar, taqsimlangan tarmoqlarni boshqarish.
3. DNS , ICMP va SNMP
Tarmoqni boshqarish tizimi
Tarmoqni boshqarish tizimi (Network Management System,
NMS) - bu dasturiy vositalar to'plami bo’lib, u kommunikatsion
qurilmalarni boshqarish va tarmoq trafigini nazorat qilish uchun
moljallangan.Odatda boshqarish tizimi avtomatlashtirilgan ish tartibida ishlaydi, avtomatik ravishda tarmoqni boshqarish bo‘yicha oddiy harakatlami bajarib, murakkab yechimlarini qabul qilishni esa axborot tizimlari tomonidan tayyorlagan ma’lumotlarga asosan mutaxassisga qoldiradi.
“Menejer - agent - boshqariluvchi obyekt” sxemasi. Har qanday tarmoqni boshqarish tizimining asosiy elementi “Menejer -agent- boshqariluvchi obyekt” muloqot sxemasidir. Bu sxema asosida amaliy jihatdan har qanday murakkablikdagi soni ko‘p agentli, menejerli va resursli tizimni qurish mumkin.
Tarmoq obyektlarini boshqarishni avtomatizatsiyalashtirish
mumkun bo’lishi uchun qandaydir boshqariluvchi obyektning modelini yaratiladi, uni boshqaruvchi axborotning ma’lumotlar bazasi deb, nomlanadi (Management Information Base, МШ). MIB faqat obyektni nazorat qilishga kerak bo’lgan ko'rsatgichlami aks ettiradi. Masalan, yo'naltiruvchining (marshrutizator) modeli quyidagi ko‘rsatgichlami o‘ziga mujassamlashtirgan: portlar soni,uning turi, yo‘naltirish jadvali, va bu portdan o'tgan kanal, tarmoq va transport protokol bosqichlaridan o‘tgan paketlar va kadrlar soni
1-rasm. “Menejer - agent - boshqariluvchi obyekt” muloqotining sxemasi.
SNMP protokoli
SNMP protokoli. Menejer va agent standart protokol orqali
muloqot qiladi, uning vazifasini tarmoqni boshqarishning oddiy
protokoli (Simple Network Management Protocol, SNMP) bajaradi. Bu protokol MLB da saqlanayotgan ko'rsatgichlar qiymatini menejerga so‘rashga imkon beradi va shuningdek obyektni boshqarish uchun asos bo‘luvchi axborotni agentga berdi. Protokolning xususiyati bu uning juda ham oddiyligidir - u bor yog’i bir necha buyruqlardan iborat.
Get-request - menejer tomonidan qandaydir obyektni nomi
orqali agentdan obyekt qiymatini olishda ishlatiladi.
GetNext-request - obyekt jadvalini ketma-ket ko‘rishda (uning nomini ko‘rsatmasdan) menejerga keyingi obyekt qiymatini olish uchun imkon beradi.
Get-response - bu buyruq yordamida SNMP-agent menejerga
Get-request yoki GetNext-request buyrug‘iga javob beradi.
Set - menejerga qaysidir obyektning qiymatini o‘zgartirishga
ruxsat beradi. Set buyrug‘i yordamida qurilmani boshqarish amalga oshiriladi. Qurilmani boshqarish uchun ishlatiladigan obyekt qiymatining ma’nosini agent “tushunishi” kerak va bu qiymatlar asosida aniq boshqarish ta’sirlarini amalga oshirishi kerak – portni o‘chirishi, VLAN ning maium yo‘lidagi portni yozish va hokazo. Set buyrugi shart berish uchun ham layoqatli, uni bajarishida SNMPagent menejerga tegishli xabarni jo‘natishi kerak. Quyidagi voqealarga e’tibomi aniqlash mumkin: aloqaning uzilishi, aloqaning tiklanishi, eng yaqin yo‘naltirgichni yo‘qotish va hokazo. Agarda bu voqealardan birortasi sodir bolsa, u holda agent uzilishni havola qiladi.
Trap - agent tomonidan ishlatilib, alohida holat hosil
bo‘ lganligi haqida menejerga xabar berish uchun ishlatiladi.

Download 13.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling