"Tasdiqlayman" Andmi ilmiy ishlar va innovatsiyalar


Download 13.92 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi13.92 Kb.
#1292319
Bog'liq
ekspert xulosasi

“Tasdiqlayman”


AndMI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo'yicha prorektori. i.f.d., prof. U.Madrahimov
________________ “_____” __________2022 y.

CHOP ETISH MUMKINLIGI TO'G'RISIDA


EKSPERT XULOSASI

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Andijon mashinasozlik instituti huzuridagi ekspertiza hay'ati (rais) dotsent, i.f.f.d. (PhD) N.X.Xalilov va Buxgalteriya hisobi va menejment kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi K.Alijonovaning “Sanoat korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish” nomli maqolasini ko'rib chiqib, shunday xulosaga keldiki, unda 95-qoidaning 3-bobida ko'zda tutilgan ma'lumotlar aks etmagan.


Materialni nashr etish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi (boshqa tashkilotlar)dan ruxsat olish kerak emas.
Xulosa:Ushbu maqolani ochiq chop etish mumkin.

Komissiya raisi i.f.f.d.: N.Xalilov


A'zolar: dotsent, i.f.n.: M.Dadajonova
Dotsent, i.f.f.d: M.Joʻraxonov

Andijon Mashinasozlik Instituti “Buxgalteriya hisobi va menejmenti” kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi K.E.Alijonovaning “Sanoat korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi ilmiy maqolasiga
TAQRIZ
Umuman olganda, kadrlar muammosini oʻrganish keng miqyosli masala hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyo mamlakatlarining bir-biriga siyosiy-iqtisodiy ta’siri kuchaygan murakkab bir davrda mamlakatda iqtisodiy rivojlanish va oʻsishga erishish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash ustuvor masalalardan biridir.Sanoat korxonalarini rivojlantirish uchun, eng avvalo, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish dolzarb vazifadir. Mehnat resurslari takomillashuvi oʻz navbatida korxonalarda maxsulot sifati yaxshilanishiga, mehnat unumdorligi oshishiga korxonaning raqobatbardoshligi oshishi natijasida bozorda oʻz oʻrniga ega boʻlishiga va boshqa koʻplab koʻrsatkichlarning ijobiy oʻzgarishiga ta’sir qiladi.
Maqolada korxonada mehnat resurslarini tanlash, korxona faoliyatini samarali tashkil etish, kadrlarni samarali boshqarish asosida ular bilan hamjihatlikda korxonani yanada rivojlantirish haqida fikr yuritilgan.
Korxonada xodimlarni boshqarish yoʻnalishlari mavzusidagi maqolada motivlashtirish, rag’batlantirish va jazo strategiyasi jazolash, raqobatni kuchaytirish ish orqali motivlashtirish, yutuqni tan olish va taqdirlash, xodimlarni oʻqitish va yuksaltirish, salbiy ta’sirni cheklash va me’yorlash, guruh mehnatini rag’batlantirish va mukofotlash kabi usullar yoritib oʻtildi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, K.E.Alijonova tomonidan tayyorlangan “Sanoat korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida yozilgan ilmiy maqolani chop etishga tavsiya etaman.
Buxgalteriya hisobi va menejmenti”
Kafedrasi dotsenti, i.f.n: M.M.Dadajonova
Download 13.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling