Tasdiqlayman” maktab direktori D. Ochilov


Download 14.86 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi14.86 Kb.
#1716411
Bog'liq
9-maktab tig\', davomat tadbiri.


Tasdiqlayman”
maktab direktori
__________D. Ochilov
13” sentabr 2023yil


Narpay tumanidagi 9-umumta`lim maktabida o`tkazildan
Profilaktika kuni” tadbir
BAYONNOMASI
13” sentabr 2023-yil Toshko’prik MFY
Yig`ilish raisi: maktab direktori D. Ochilov
Yig`lish ishtirokchilari: Toshko’prik MFY profilaktika inspektori, maktab amaliyotchi psixologi J. Abdullayev MMIBDO` S. Umirov, CHQBT rahbari Sh. G’aniyev 8-11 sinf o`quvchilari, sinf rahbarlari, maktab pedagoglari.
KUN T A R T I B I:

  1. Davomat

  2. Tig` tadbiri

­­
ESHITILDI:
Yig`ilishni maktab direktori D. Ochilov kirish so’zi bilan ochdi va unga rahbarlik qildi. Profilaktika isnpektori so`zga chiqib, O’quvchilar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, giyohvandlik, diniy ekstremizm, yo`l harakati xodisalarining oldini olish to’g`risida ta’lim muassalarda o’quvchilar o’rtasida sodir etilgan jinoyat uchun jazo muqarrarligi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda har bir fuqaro mas’ulligini tushuntirish bo’yicha mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish, sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar hamda ularning kelib chiqishiga sabab bo’layotgan omillarni o’quvchilar va ularning ota-onalari o’rtasida muhokama qilish amaliyotini joriy etish, maktabda o’quvchilar davomatini qat’iy nazoratga olish, o’quvchilarning kunlik umumiy davomatini sinf jurnallari va maktab davomat daftariga qayd etish, maktabga kelmagan o’quvchilar ro’yxatini shakllantirish va sabablarini aniqlash, sababsiz darsda qatnashmayotgan o’quvchilarni maktabga qaytarish choralarini ko’rish, maktabga muntazam kelmayotgan o’quvchilarni maktabga qaytarish choralarini ko’rish, surunkali dars qoldirayotgan o’quvchilar ro’yxatini shakllantirish va dars qoldirish sabablarini aniqlash, ularga tarbiyachi-murabbiylar biriktirish va doimiy nazoratga olish, respublikaning boshqa tuman, viloyatlari va mamlakatimizdan tashqariga ishlashga ketgan hamda o’qqishdan bo’yin tovlagan o’quvchilar to’g`risida mahalla va ichki ishlar idoralariga ma’lumot kiritish, darslarga surunkali qatnamayotgan o’quvchilarning ota-onalari bilan tushuntiruv profilaktik suhbatlarni olib borish va bolalarning maktabga qaytarilishiga erishish, farzandining uzluksiz ta’limga jalb etilishiga qarshilik ko’rsatayotgan ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan qonuniy asosda keskin choralar ko’rish bo’yicha huquq-tartibot organlariga taklif kiritish, o’quvchi-yoshlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilish va u bilan bog`liq jinoyatlar sodir etish yo’liga kirishiga sabab bo’layotgan omillarni aniqlash, aniqlangan har bir omilga qarshi manzilli profilaktik tadbirlar belgilash kabi tadbirlarni to’liq amalga oshirish vazifalarini ijrosini so’zsiz ta’minlash tavsiya va topshiriqlari berildi.
Muzokaralarda maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari S. Umirov so’zga chiqib, o’quvchilar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlarni to’liq amalga oshirish choralari ko’rilganligini bildirib o’tdi.
Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, yig`ilish
Q A R O R Q I L A D I :

  1. O’quvchilar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish to’g`risidagi ma’ruzalar ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. O`quvchilarning davomatini jiddiy nazorat ostiga olish maqsadida barcha maktab rahbarlariga sinflar taqsimoti qilinsin va vakillik matktab buyrug`i asosida belgilansin va shu sinflar nazorati vakillar zimmasiga to`laqonli yuklatilsin.

  3. Mazkur yig`ilish qarorining ijrosini nazorat qilish maktab direktori zimmasiga yuklatilsin.

Maktab direktori D. Ochilov
MMIBDO` S. Umirov
CHQBT rahbari Sh. G’aniyev
Download 14.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling