Tashabbuskor va salohiyatli talabalarning Buxoro shahriga sayohatini tashkil etish to‘g‘risida


Download 16.82 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.82 Kb.
#1564833
Bog'liq
buxoro buyruq


Tashabbuskor va salohiyatli talabalarning Buxoro shahriga sayohatini
tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston” universitetinitashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158-son hamda “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va ularning ijtimoiy hayotini faollashtirish maqsadida buyuraman:


1. “Yangi Oʻzbekiston” universiteti (keyingi oʻrinlarda – Universitet)
faoliyatiga yaqindan koʻmak berib kelayotgan tashabbuskor va salohiyatli
talabalarning joriy yilning 3,4 -iyun sanasida Buxoro shahriga sayohati (keyingi oʻrinda – Sayohat) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar: Sayohat dasturi 1-ilovaga muvofiq:
Sayohatga jalb etiladigan talabalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Sayohatga mas’ul sifatida Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshligʻi S.Jonuzoqov belgilansin hamda joriy yilning 3-4 iyun sanasida Buxoro shahriga xizmat safariga yuborilsin.
4. Mas’ullarga (S.Jonuzoqov):
Sayohat dasturini amalga oshirishda barcha tashkiliy masalalarni hal etish;
Sayohat doirasida talabalar xavfsizligi hamda belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
Sayohat tafsilotlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;
Sayohat yakuni bilan uch kun muddatda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot kiritilish vazifasi yuklatilsin.
5. Mas’ullarning xizmat safari dam olish kunlariga toʻgʻri kelganligi bois Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga koʻra ularning oʻz xohishiga binoan joriy yil mobaynida otgul berilsin.
6. Hisob-kitob bo‘limi (Sh.Sag‘dullayev) Sayohat hamda Mas’ullar xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni o‘rnatilgan tartibda Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplash choralarini ko‘rsin.
7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.


Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158-son qarori bilan tasdiqlangan “Yangi O‘zbekiston” universitetining faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 14-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qarori, “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari boʻyicha prorektorining
2023-yil __-maydagi 03-03/5-2787- sonli bildirishnomasi.



Innovatsiya va tadqiqot ishlari boʻyicha prorektor



B. Yuldashev

Download 16.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling