Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati


Download 231.96 Kb.
bet1/12
Sana21.01.2023
Hajmi231.96 Kb.
#1107483
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati
Imlo.mus.ish, 1-amaliy mashg`ulot. Arab yozuvi, musulmon kitobatchiligi an�ana, 1-amaliy mashg`ulot. Arab yozuvi, musulmon kitobatchiligi an�ana, Matematika savodxonlik oshirish, Bazar ekanomikasi Kaliev Jamshid, Gidrometallurgiya zavodi, madaniyat2, qaror fayli, inqiroz, Mavzu Tasavvuf ilmi paydo bo lishi, 104 - Guruh talabasi Nayimova Madina Keys-stadi, 104 - Guruh talabasi Nayimova Madina madaniyat2, 104 - Guruh talabasi Nayimova Madina madaniyat mi, 1-mavzu, 2 мавзу

TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI



15.1.Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi
Ushbu bo`limda biz tashqi ta’sirlar iqtisodiy farovonlikka qanday ta’sir ko`rsatishini o`rganish uchun 7-bobdagi farovonlik iqtisodiyoti usullaridan foydalanamiz. Bu tahlil nima uchun tashqi ta’sirlar bozorlarni resurslarni samarasiz taqsimlashiga olib kelishini aniq ko`rsatadi. Bobning oxirida, biz bu turdagi bozor muvaffaqiyatsizliklarini shaxslar va jamiyat siyosatchilari bartaraf qiladigan turli yo`llarni ko`rib chiqamiz.
Farovonlik iqtisodiyoti: Eslatma
Biz 7-bobdan farovonlik iqtisodiyoti asosiy darslarini eslashdan boshlaymiz. Tahlilimizni aniq qilish uchun biz ma’lum bozor – alyuminiy bozorini ko`rib chiqamiz. 1-rasm alyuminiy bozori talab va taklif chizig`ini ko`rsatadi.
Agar 7-bobdan eslasangiz, talab va taklif chizig`i harajatlar va daromadlar haqida muhim ma'lumotlarni o`z ichiga oladi. Alyuminiy uchun talab chizig`i iste'molchilar to`lashga tayyor narxlarda o`lchanadigan alyuminiy miqdorini aks ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, talab chizig`i balandligi chekli xaridor to`lashga tayyor bo`lgan narxni ko`rsatadi. Boshqa so`z bilan aytganda, u iste'molchiga oxirgi sotib olingan alyuminiy birligining narxini ko`rsatadi. Xuddi shunday, taklif chizig`i alyuminiy ishlab chiqarish harajatlarini aks ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, taklif chizig`i balandligi chekli sotuvchi harajatlarni ko`rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, u ishlab chiqaruvchi uchun oxirgi sotilgan alyuminiy birligining harajatlarini ko`rsatadi.
Hukumat aralashuvi bo`lmasa, narx alyuminiy uchun taklif va talab muvozanatini to`g`irlaydi. Ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan alyuminiyning bozordagi miqdori 1-rasmdagi Qbozor sifatida ko`rsatilgan bozor muvozanatida u ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning umumiy ortiqchaligini maksimallashtirishi ma’nosida samaralidir. Bu shuni anglatadiki, bozor resurslarni shunday taqsimlaydiki, alyuminiyning iste'molchilar ushun umumiy qiymatidan ishlab chiqaruvchilar sotadigan alyuminiyning umumiy harajatlari ayrilgani (qiymat – harajat) maksimal darajaga yetadi.

Download 231.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling