Tasviriy san’at kafedrasining navbatdan tashqari yig‘ilish bayonnomasi


Download 22.44 Kb.
bet1/4
Sana11.01.2023
Hajmi22.44 Kb.
#1088713
  1   2   3   4
Bog'liq
tanlov bayonnoma


TASVIRIY SAN’AT KAFEDRASINING
NAVBATDAN TASHQARI YIG‘ILISH BAYONNOMASI

26.06.2022 yil Farg‘ona shahri

QATNASHDILAR: kafedra mudiri–B.Qurbonova, katta o‘qituvchi – Z.Boboyeva, o‘qituvchilar- I.Yuldashev, M.Axmedbekova, O.Soliyev, A.A’zamjonov, R.Soxibov, M.Yunusaliev, A.Ma’murov, N.Madaminov, S.Sulaymanova, N.Axmedova, B.Alizafarov, D.Omonov, M.O‘rinov, S.Kosimov, Q.Tursunov, N.Arziyevalar.




KUN TARTIBI:

1-masala. “Farg’ona haqiqati” ro’znomasining 2022-yilning 21-iyun 49 (24646) sonida Tasviriy san’at kafedrasi katta o’qituvchiligi lavozimini egallash uchun tanlov xaqida.
Eshitildi: B.Qurbonova – kafedra mudiri.
Tasviriy san’at kafedrasida katta o’qituvchi lavozimi uchun talabgor M.T.Yunusaliyev 2019 yildan buyon Farg’ona davlat universitetida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 2019-2022 o’quv yillaridagi ilmiy va pedagogik faoliyati davomida Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida 6 ta tezis, Respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 2 ta maqola, xalqaro ilmiy anjumanlarda 5 ta ilmiy maqola, 1 ta o’quv qo’llanma e’lon qildi.
Kafedradagi o’zaro darslarga kirish, ochiq darslar va ma’ruzalar o’tkazish hamda ularni tahlil qilishda, har bir o’quv yili davomida shaxsiy ish rejasida ko’rsatilgan me’yorlarni bajarib kelmoqda.
So’ngra so’z M.T.Yunusaliyevga berilib, uning ilmiy-uslubiy faoliyati haqida xisoboti tinglandi. Shu davr mobaynida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishining bakalavriat talabalariga “Materialshunoslik va rangtasvir texnikasi”, “Kompozitsiya”, “Chizmatasvir”, “Rangtasvir” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib borayotganligi va ushbu fanlardan ishchi o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy majmualar tayyorlaganligini aytib o’tdi.
Shuningdek, universitet, fakultet, kafedra ma’naviy-ma’rifiy tashkiliy ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Farg’ona Politexnika institute Qurilish fakulteti Arxitektura kafedrasi o’qituvchisi S.Kosimov 2018 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Hozirgi vaqtda Xalqaro miqyosda 7 ta ilmiy maqola, Respublika ilmiy-jurnalida 1 ta 1 ta o’quv-uslubiy ko’rsatmalari chop etilgan.
S.Kosimov Dastgohli rangtasvir yo’nalishi talabalariga “Rangtasvir” va “Materialshunoslik va rangtasvir texnikasi”, “Kompozitsiya” fanlarida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib bormoqda. Chizmachilik asoslari hamda Chizma geometriya fanlaridan ishchi dasturlar, o’quv-uslubiy majmualar tayyorladi.
2020 yil sentabr oyida Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Hududiy xalq ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining professor-o’qituvchilari yo’nalishi bo’yicha malaka oshirdi. Kafedra hamda fakultet miqyosida o’tkazilib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tashkiliy ishlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Download 22.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling