Tayanch so‘zlar: boshoqli don ekinlari, suv, sug‘orish rejimi, nav, gidrogel, tuproq


Download 26.78 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi26.78 Kb.
#1631636
  1   2   3   4   5   6

Boshoqli don ekinlarida gidrogel qo‘llab suv sarfi samaradorligini o‘rganish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi

ANNOTATSIYASI
Tayanch so‘zlar: boshoqli don ekinlari, suv, sug‘orish rejimi, nav, gidrogel, tuproq, bo‘kuvchanlik, sintetik polimer, unumdorlik, hosildorlik, samaradorlik.
Tadqiqotning dolzarbligi: Bugungi kunda O‘zbekistonda foydalaniladigan suvning qariyb 20% respublika hududida shakllanib, qolgan 80% transchegaraviy daryolar – Amudaryo va Sirdaryodan olinadi. Mamlakatda bir yilda o‘rtacha 44-48 milliard kub metr suv ishlatilib, suv resurslarining asosiy qismi yoki 85% ortig‘i qishloq xo‘jaligida sug‘orish maqsadlariga sarflanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda 2019 yil 27 sentabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida o‘tkazilgan “Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini keng qo‘llashdagi muammolar va ularning yechimi” mavzusida ochiq darsda ma’lum qilindi.
Soha mutaxassislari fikriga ko‘ra, ayni paytda 3 million 200 ming gektar yerga 46 milliard kub metr suv sarflanib, uning 60% ekinlarga yetib boryapti. Jami 180 ming kilometr sug‘orish tarmoqlarining 23% beton qoplamali bo‘lib, ular ham 30-35 yildan buyon deyarli yangilanmagan. Bu esa suvdan samarali foydalanish, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish, ayniqsa, tomchilatib, yomg‘irlatib, tuproq ostidan, egatlarga plyonka to‘shab va ko‘chma egiluvchan plastik quvurlar yordamida, gidrogel kristalini qo‘llab sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanishni talab etadi.
Dunyoda bug‘doy yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash hisobiga sifatli va mo‘l hosil olishga katta ahamiyat berilmoqda. Ekinlarning oziqlanishi va to‘g‘ri parvarishlanishi, ayniqsa sug‘orish suvi taqchil hududlarda, dehqonlar uchun sermahsul hosil olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zida, suvsizlik tufayli o‘simliklarning nobud bo‘lishga guvoh bo‘lamiz. Biroq, dehqonchilikda gidrogel nomli vositaning paydo bo‘lishi bu va boshqa muammolarning oldini olishga katta yordam bermoqda. Afsuski, ko‘pchilik gidrogel va uning foydali xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumotlarga ega emas. Gidrogel sug‘orish vaqtida ham vaqtni, ham suvni tejaydi. Shuningdek, mineral o‘g‘itlarga sarflanuvchi mablag‘larni ham tejaydi.
Hozirgi davrda g‘alla hosildorligining oshishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillardan biri, vegetatsiya davri davomida yuzaga kelayotgan suv taqchilligi bo‘lsa, ikkinchisi, aksariyat fermer xo‘jaliklarida g‘allani sug‘orishda mahalliy tuproq va gidrogeologik sharoitlarni, ularning o‘sishi va rivojlanishining o‘tish fazalari davrida suvga bo‘lgan haqiqiy talablarning hisobga olinmasligidir. G‘allani sug‘orish jarayonidagi tuproqga solinayotgan o‘g‘itlarning, begona o‘tlar va hasharotlarga qarshi qo‘llanilayotgan zaharli kimyoviy moddalarning bir qismi yerosti suvlariga yuvilib tushib, ularni ekologik-meliorativ holatining yomonlashuviga olib kelmoqda. Yuqorida keltirilgan sabablar, sug‘oriladigan yerlarga ajratilayotgan suv zaxiralaridan samarali foydalanish, ekologik vaziyatga salbiy ta’sir etmaydigan agrotexnologik tadbirlar tizimini, gidrogel sun’iy polimer kristallaridan foydalanib sug‘orish usullari va tartiblarini ilmiy asoslash va amaliyotga tatbiq etishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853-son «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 26.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling