Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish


Download 194.89 Kb.
bet1/36
Sana21.11.2023
Hajmi194.89 Kb.
#1792965
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini


TAYYOR MAHSULOT (TOVAR, ISH, XIZMAT)LAR VA ULARNING SOTILISHINI HISOBGA OLISH

17.1.Tayyor mahsulot haqida tushuncha va uning turkumlanishi.


17.2.Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni baholash.
17.3.Tayyor mahsulot (tovar)larning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi.
17.4.Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar sotilishini xujjatlashtirish.
17.5.Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni turli shartlar bilan realizatsiya qilishni hisobda aks ettirish.
17.6.Konsignatsiya muomalalarini hisobda aks ettirish.
17.7.Tayyor mahsulot (tovar)lar qaytishini hisobga olish.


Tayanch so‘z va iboralar: ombor xo‘jaligi, xo‘jalik shartnomasi, inkotermis, logistika, tayyor mahsulot, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat, tayyor mahsulotlarni sotish, tayyor mahsulotlarni baholash, buyurtmachi va xaridorlar, ulgurji narx, chakana narx, sotishning sof qiymati, tayyor mahsulotlarni ortish va jo‘natish


17.1.Tayyor mahsulot haqida tushuncha va uning turkumlanishi.


O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida mamlakat ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash borasida ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Bular jumlasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 noyabr, PF-5587-son “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktabr, PQ-3978-son “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi, PQ-4069-son “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2019 yil 16 sentabr, PQ-4453-son “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi, PQ-4337-son “Eksport faoliyatinini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlarini kiritish mumkin. Mazkur qarorlarning hayotga tatbiq etilishi bozor iqtisodiyoti shaoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ko‘proq miqdorda foyda olish maqsadida o‘z ichki imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishga imkoniyat yaratmoqda. Ammo hozirgi sharoitda respublikamizda aksariyati tovar ishlab chiqaruvchi sub’ektlar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida uni faqat vositachi tashkilotlarga yetkazib berish bilan cheklanmokda. Bu esa bozorda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sotish jarayoniga, oxir-oqibatda, ularning moliyaviy natijasiga salbiy ta’sir etmokda. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy sub’ektlar faoliyatining samarali davom etishida xo‘jalik mablag‘larining doimiy harakati ta’minlanishi talab etiladi. Xo‘jalik mablag‘lari tarkibida tayyor mahsulot muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan va iqtisodiyot tarmoklarining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda hisob va tahlilni tashkil etish muhim vazifalardan biridir. Ushbu masalalar, ayniqsa, tayyor mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishi hamda moliyaviy natijalarning shakllanishi hisobi va tahlili sohasida dolzarb bo‘lib, qisqa muddatlarda hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar jumlasiga kiradi.
Bozor qonunlari amal qila boshlashi, raqobatchilik muhiti tarkib topishi va erkin tadbirkorlik uchun hamma yo‘llar ochilishi bilan ayni qonunlarga rioya qilgan holda ishlab chiqarish tarkiban o‘zgartiriladi.Iqtisodiyotni moderinizatsiya qilish, klasterlarni tashkil qilish va raqobatga bardosh bera oladigan hamda xaridorlarning iste’mol talablarini qondirishni ta’minlaydigan mahsulot ishlab chiqarishdir.
Bozor munosabatlari shakllantirilayotgan hozirgi sharoitda mahsulot talab va taklifni hisobga olgan holda, raqobatbardosh bo‘lishi va umumqabul qilingan andozalarga javob berishini nazarda tutgan holda ishlab chiqarilishi lozim.Respublikaning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, importni qisqartirish va eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishning rivojlantirilishi muhim hisoblanadi.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish aholining ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.
Tayyor mahsulot deb, korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib bo‘lgan, tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari xo‘jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi.
Moliyaviy natijalar - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektshshg ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘shshg oshshpi yoki kamayshpidir. Buxgalteriya hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
Foydaning iqtisodiy mohiyati - moddiy ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlar faoliyati jarayonida yaratilgan foyda. Ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va tabiiy resurslar) va ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarning foydali ishlab chiqarish faoliyati birikishi natijasida mahsulot ishlab chiqariladi, u iste’molga berilganda tovar bo‘lib sotiladi.
Korxonada sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot (ish, xizmat) tovar mahsuloti deb nomlanadi. Tovar mahsuloti (ish, xizmat) tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • buyurtmachi va xaridorlarga sotilgan tayyor mahsulot (ish, xizmat) va korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot;

  • xalq iste’moli tovarlari, chiqindilardan tayyorlangan ishlab chiqarish-texnika maqsadlariga mo‘ljallangan buyumlar, yarim fabrikatlar hamda mahalliy xom ashSdan xalq iste’moli uchun tayyorlangan nooziq-ovqat (turlari) tovarlari;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari;

  • sanoat xususiyatidagi ishlar va xizmatlar;

  • o‘z kapital qurilish ehtiyejlariga sotiladigan mahsulot, ish va xizmatlar;

  • o‘z xizmatidagi ishlab chiqarishlar va xo‘jaliklar ehtiyoji uchun berilgan mahsulot, sanoat xususiyatidagi bajarilgan ish va xizmatlar;

  • sanoat xususiyatiga ega bo‘lmagan ishlar va xizmatlarning amalga oshirilishi, qiymati xaridorlar tomonidan to‘langan va komplektlash uchun sotib olingan buyumlar;

  • o‘z kuchi bilan chetga bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari.

Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi. Tayyor mahsulotning turkumlanishi bo‘yicha turli iqtisodchi olimlar turlicha fikr bildirganlar. Masalan, S. Qodirxonov fikricha: «Joylashgan joyiga qarab tayyor mahsulot omborlardagi tayyor mahsulot, jo‘natilgan mol (tovar)lar va mas’ul saqlashga qabul qilingan mollarga bo‘linishi mumkin»1.
Ombordagi mahsulot deganda ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib texnika nazorati bo‘limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo‘ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi.
Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste’molchilarga jo‘natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to‘lanmagan yo‘ldagi mahsulotga aytiladi.
Mas’ul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga jo‘natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko‘ra (sifatiga ko‘ra xaridorning talabini qondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib qolgan, ya’ni bir korxonaning o‘rniga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas’ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi.
Bunga ko‘shimcha ravishda ko‘rgazmaga ko‘yilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko‘rgazmaga ko‘yilgan tayyor mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotlaridir.



Download 194.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling