Tayyorladi: Abduqodirova Marjona


Download 16.58 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.58 Kb.
#227363
TuriReferat
Bog'liq
ALISHER NAVOIY





REFERAT

Tayyorladi: Abduqodirova Marjona

Tekshirdi: Xudoyqulova Dildora

ALISHER NAVOIY

(1441 – 1501)

Sharqda xamsachilikning o‘ziga xos tarixi va an‘anasi mavjud. “Xamsa” yozishni ozarboyjonlik ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Lekin u har asarini avvaldan niyat qilib, ma‘lum bir reja asosida yaratmagan. Dehlaviydan qariyb 200 yil keyin yana bir buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bu Navoiy edi. Alisher Navoiyning “Xamsa”si boshqalardan farqli ravishda muallifning ona tilida – turkiy tilda yozildi. Buni o‘zbek kitobxonlarining ortib borayotgan ehtiyoji, o‘zbek adabiy tili va adabiyotining taraqqiysi hamda istiqboli talab qilar edi. Bunday ulkan, katta jasorat talab qiladigan ma‘suliyatli ishga daho ijodkor Navoiygina jur‘at qila olardi. Adibning fikricha, xalqqa uning o‘z tilida, unga manzur bo‘lgan asar yaratish lozim. Shuning uchun “ Layli va Majnun” xotimasida Nizomiy va Dehlaviyni ta‘riflar ekan, turkiy ( o‘zbek ) tilda, “Xamsa” yozishning sabibini shunday izohlaydi:

…Gar muktalari1 jahonni tutdi,

G‘avg‘olari ins – u jonni tutdi.

Chun forsiy erdi nukta shavqi,

Ozroq edi andi turk zavqi.

Ul til bila bo‘ldi malfuz2

Kim forsiy anglar o‘ldi mahfuz3.

Men turkcha boshlabon rivoyat,

Qildim bu fasonami4 hikoyat.

Kim shuxrati jahonga to‘lg‘ay,

Turk eliga dog‘i5 bahra bo‘lg‘ay…



“Xamsa” – Navoiy dahosining mahsuli, ayni paytda millatimiz tafakkuri ko‘lami hamda ma‘naviy qudratining timsoli. Yurtboshimiz ta‘kidlaganidek: “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyat tarixida butun bir davrni tashkil etadigan shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimiz g‘ururi, sha‘nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san‘atkoridir. Ta‘bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilde so‘zlovchi biron – bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e‘tiqod bilan qaramasa”1. Chunki Navoiyni bilish o‘zlikni bilish, Navoiyni sevish va millatni sevish. Navoiyga sadoqat va eng ezgu insoniy qadriyatlariga sadoqat demakdir.
Download 16.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling