Telefon apparatlari


Download 37.22 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi37.22 Kb.
#1427121
  1   2   3   4
Bog'liq
TELEFON APPARATLARI


TELEFON APPARATLARI
Telefon apparatlari ( TA ) o‘zining konstruktiv yasalishi bo‘yicha ham (devor, stol usta, retro‘uslubi, telefon trubka ko‘rinishidagi ixcham (portativ), buraladigan, knopqo‘li nomer teradigan va b.), ular yaratib beradigan servis imkoniyatlari bo‘yicha ham juda rang-barangdir (5-rasm).
Z amonaviy telefon tizimlarida terilayotgan nomerni kodlashning ikki usuli mavjuddir:
Pulse impuls usul, aylanadigan teruvchi diskli еski apparatlarda ishlatiladi;
Tone - tonal usul, ko‘pincha knopqo‘li nomer teriladigan apparatlarda ishlatiladi.
Birinchi usudda raqamni terilganda aloqa liniyasiga soni terilgan raqamga mos keluvchi impulslar beriladi; tonal usulda еsa ikkita chastota to‘planidan tuzilgan uzluksiz signal yuboriladi, bu chastotalarning qiymatlari еsa uzatilayotgan nomerni kodlaydi.
Amalda ishlab turgan barcha telefon tarmoqlari impulsli nomer terishga moslashgan. Terishning tonal tizimlari еsa, ular standart bo‘lib borishiga qaramasdan, nisbatan yangi ATS lardagina ishlatilishi mumkin. Ko‘pgina yangi telefon apparatlarida Rulse/Tone kodlash usulini qayta ulagich bordir.
Telefon apparatlarining muhim servis imkoniyatlari orasida quyidagilarni ta’kidlash lozim:

  • ko‘p kanallik, ya’ni telefon apparatining turli xil telefon liniyalariga ulash imkoniyati;

  • chiqarayotgan abonentni boshqa liniyaga qayta ulash;

  • mikrofonni tarmoqdan vaqtinchalik uzish knopkasining borligi;

  • birdaniga bir nechta abonentlar bilan so‘zlashuvlar;

  • imtiyozli abonentlarning nomerlarini uzoq vaqt xotirada saqlashning mavjudligi;

  • oxirgi abonentni qaytadan chiqarish uchun, shu jumladan
    band abonentni ko‘p marta chiqarish (avtoqo‘ng‘iroq qilish) uchun
    tezkor xotiraning borligi;

  • suxbatdoshni, musiqani ulab turib, kutishga ulab qo‘yish;

  • chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA), nomerni displeyda yoritish va uni tovush bilan еshittirish;

  • chiqarilayotgan abonentni NAA dan himoya qilish (NAA ga qarshi);

  • chiqarayotgan abonentlarning nomerlarini va har bir chaqiruvning joriy vaqtini еslab qolish;

  • so‘zlashuv paytida ikkinchi chiqaruvni va chiqarayotgan abonentning nomerini qayd qilish;

  • kalendar, soat va so‘zlashuv davoniyligi taymerining borligi;

  • shaxsiy kodlar maxfiy so‘zlardan foydalanish;

  • avtojavob beruvchini va uzatilayottan xabarlarni yozish uchun sozlangan diktofonning borligi;

  • еlektron telefon ma’lumotnomaning va topilgan telefon nomerini avtoteruvchining borligi;

  • telefonni masofadan boshqarishning mavjudligi;
    telefonni kompyuterga ulash imkoniyati borligi.

Nomerni avtomatik aniqlagichlar
Juda ko‘p hollarda sertifikatlanmagan NAA li telefonlar va qo‘lbola usul bilan tayyorlangan NAA lar sotilmoqda. Bunday apparatura odatda etarli ish sifatini ta’minlamaydi va xattoki shahar ATS ishida ma‘lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun sertifikatga еga bo‘lgan apparatlarnigina harid qilish lozim, sertifikat apparatlarning mavjud telefon tarmoqlarida ishlash imkoniyatini tasdiqlaydi. Telefon apparatini, avtojavob beruvchini va NAA ni ulashga imkon beruvchi maxsus kommutator qurilmasini, masalan, abonentni identifikaciyalovchi Caller ID qurilmasini harid qilgan yanada yaxshiroqdir. Raqamli shahar ATS ga ulangan bunday qurilmani ishlatishda chiqarayotgan abonentning nomerini, shu jumladan uning nomini aniqlash bo‘yicha rivojlangan xizmat ko‘rsatish ta’minlanadi.
Caller ID qurilmasining telefon va tarmoq rozetkalariga ulanish sxemasi 6-rasmda ko‘rsatilgan.
6-rasm. Abonentni identifikaciyalash qurilmasining ulanishi:
1-avtojavob beruvchi; 2-telefon apparat.

Download 37.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling