19-Maruza; O‘rish apparatlari, turlari va asosiy parametrlari. Motovilo. Vazifasi, turlari, tuzilishi, sozlanishi, kinematikasi


Download 1.27 Mb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1470762
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19-maruza.


19-Maruza; O‘rish apparatlari, turlari va asosiy parametrlari. Motovilo. Vazifasi, turlari, tuzilishi, sozlanishi, kinematikasi
O‘rish apparatlari tirakli va tiraksiz qirqish prinsipiga asoslanganTiraksiz o‘rish (qirqish) apparatlari rotatsion-diskli va rotatsion-barabanli (219- rasm) bo‘lishi mumkin. Bu apparatlarning qirqish elementlari — pichoq 2va3 lar sharnir yordamida disk 1 va baraban 4 ga biriktirilgan.
Bunday apparatlarda katta tezlik bilan harakatlanayotgan pichoqlar zarbasi ta’sirida poyalar uzib olinadi. Disk yoki baraban bilan aylanma harakati natijasida pichoqning chiziqli tezligi 50-60 m/s bo‘lishi talab qilinadi. Bunday apparatlar bilan ishlaydigan o‘rish mashinalarining tezligini oshirish imkoniyati mavjud.Ularning tuzilishi sodda bo‘lib, puxta ishlaydi, ammo poyalarni maydalab yuboradi, shuningdek, ko‘p energiya sarflaydi. Poyalar qo‘shimcha maydalanishi sababli ko‘proq isrofgarchilikka yo‘l qo‘yiladi.
Rotatsion-diskli (219- a rasm) apparatlar gazonlarni o‘radigan maxsus o‘rish mashinalarida ishlatiladi.



219- rasm.Tiraksiz o‘rish apparatlari:
a— rotatsion diskli (vertikal o‘qda aylanadi); b rotatsion barabanli (gorizontal o‘qda aylanadi); 1 — disk; 2,3— pichoqlar;
4 — baraban; 5 — ajratgich.


Rotatsion-barabanli (219- b rasm) o‘rish apparatlari esa silosga o‘radigan kombaynlarda ishlatiladi.




Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling